Atrof-tabiiy muhitning ifloslanishi oqibatlarini bartaraf qilish choralarini ko‘rmaslik (Jinoyat
kodeksining 195-moddasi).
Atrof-tabiiy muhitni ifloslantirish (Jinoyat kodeksining 196-moddasi).
Yer, yer osti boyliklaridan foydalanish shartlarini yoki ularni muhofaza qilish talablarini buzish (Jinoyat
kodeksining 197-moddasi).
Ekinzor, o‘rmon yoki boshqa dov-daraxtlarga shikast yetkazish yoki ularni nobud qilish (Jinoyat
kodeksining 198-moddasi).
O‘simliklar kasalliklari yoki zararkunandalari bilan kurash talablarini buzish (Jinoyat kodeksining 199-
moddasi).
Veterinariya yoki zootexnika qoidalarini buzish (Jinoyat kodeksining 200-moddasi).
Zararli kimyoviy moddalar bilan muomalada bo‘lish qoidalarini buzish (Jinoyat kodeksining 201-
moddasi).
Hayvonot yoki o‘simlik dunyosidan foydalanish tartibini buzish (Jinoyat kodeksining 202-moddasi).
Suv yoki suv havzalaridan foydalanish shartlarini buzish (Jinoyat kodeksining 203-moddasi).
Alohida muhofaza etiladigan tabiiy hududlarning tartibini buzish (Jinoyat kodeksining 204-moddasi).
Ekologiya sohasidagi jinoyatlarning obyekti bo‘lib, yer, yer osti boyliklari, suv, o‘simlik va hayvonot
dunyosi, atmosfera havosi hamda insonlarning hayoti va sog‘lig‘idir.
Obyektiv tomondan ekologiya sohasidagi jinoyatlar harakat yoki harakatsizlik orqali tabiatdan
foydalanish va tabiiy muhitni muhofaza qilish qoidalarining buzilishida ifodalanadi. Ekologiya sohasidagi
jinoyatlar moddiy tarkibli bo‘lib, muayyan oqibatlarning kelib chiqishini talab qiladi. Insonning o‘limi,
odamlarning ommaviy ravishda kasallanishi, ekologiyaga salbiy ta’sir qiladigan darajada atrof-muhitning
o‘zgarib ketishi, hayvonlar, parandalar yoki baliqlarning qirilib ketishi, ko‘p miqdordagi zarar yoki boshqa
og‘ir oqibatlarni bunday oqibatlarga misol qilib ko‘rsatishimiz mumkin.
Subyektiv tomondan qasd yoki ehtiyotsizlikdan sodir etiladi. Subyekti Jinoyat kodeksining 193–195-
moddalarida nazarda tutilgan jinoyatlar uchun 18 yoshga, qolganlari uchun 16 yoshga to‘lgan aqli raso
jismoniy shaxslr hisoblanadi.
A. Atrof-tabiiy muhitning ifloslanishi oqibatlarini
bartaraf qilish choralarini ko‘rmaslik
(Jinoyat kodeksining 195-moddasi)
Jinoyatning obyekti atrof-muhit, shuningdek, insonning sog‘lig‘i yoki hayotidir.
Obyektiv tomondan jinoyat mansabdor shaxsning ekologiyasi ifloslangan joylarni zararsizlantirish yoki
boshqacha tarzda tiklash ishlarini o‘tkazishdan bo‘yin tovlashi yoki bunday ishlarni yetarli darajada
bajarmasligi natijasida odamlarning ommaviy ravishda kasallanishi, hayvonlar, parrandalar yoki baliqlarning
qirilib ketishi yoxud boshqacha og‘ir oqibatlarning ro‘y berishida ifodalanadi.
Bo‘yin tovlash deganda, mansabdor shaxsning zararsizlantirish yoki boshqa tiklash ishlarini o‘tkazish
bo‘yicha o‘zining yoki uning zimmasiga yuklatilgan majburiyatlarni bajarmasligi tushuniladi.
Zararsizlantirish yoki boshqa tiklash ishlarini yetarli darajada bajarmaslik deganda, shu ishlarning qisman
yoki boshqa vaqtda yoxud sifatsiz o‘tkazilishi tushuniladi. Zararsizlantirish deganda, ekologik ifloslangan
joydagi avariya oqibatlarini bartaraf etishga qaratilgan maxsus ishlarni amalga oshirish tushuniladi.
Boshqacha tarzdagi tiklash ishlari mansabdor shaxsning zarar yetgan joyning dastlabki ekologik holatini
tiklash yoxud joyning ekologik ifloslanganligi oqibatlarini bartaraf etishga qaratilgan har qanday harakatlarni
amalga oshirishidan iborat bo‘ladi. Bu jinoyat moddiy tarkibli jinoyat hisoblanadi. Atrof-muhitning
isfloslanishi oqibatlarini bartaraf qilish choralarini ko‘rmaslik tufayli odamlarning ommaviy ravishda
kasallanishi, hayvonlar, parrandalar yoki baliqlarning qirilib ketishi tarzidagi oqibatlarning yuzaga kelishi
(Jinoyat kodeksining 195-moddasi, 1-qismi) va o‘limning yuz berishi (Jinoyat kodeksining 195-moddasi, 2-
qismi) jinoiy qilmishni Jinoyat kodeksining 195-moddasi bo‘yicha kvalifikatsiya qilish uchun zaruriy shart
bo‘lib hisoblanadi.
Subyektiv tomondan ushbu jinoyat qasddan (egri qasddan) yoki ehtiyotsizlikdan sodir etilishi mumkin.
Jinoyatning subyekti faqat mansabdor shaxs bo‘lishi mumkin. Zararsizlantirish yoki boshqacha tarzdagi
tiklash ishlarini o‘tkazish mansabdor shaxsning xizmat vazifalari doirasiga kirgani yoki kirmaganidan qat’iy
nazar, u mazkur jinoyatning subyekti bo‘lishi mumkin.
1. Atrof-muhitni muhofaza qilish va tabiatdan foydalanish sohasidagi jinoyatlar qaysi jinoyatlardan iborat?
2. Atrof-muhitni muhofaza qilish va tabiatdan foydalanish sohasini tartibga soluvchi qanday qonunlarni bilasiz?
3. Atrof-muhitni muhofaza qilish va tabiatdan foydalanish sohasidagi jinoyatlarning obyekti nima?
4. Atrof-muhitni muhofaza qilish va tabiatdan foydalanish sohasidagi jinoyatlarning obyektiv tomondan qanday oqibatlarni
nazarda tutadi?
5. Atrof-muhitni muhofaza qilish va tabiatdan foydalanish sohasidagi jinoyatlarning subyektiv tomoni.
6. Atrof-muhitni muhofaza qilish va tabiatdan foydalanish sohasidagi jinoyatlar subyekti kimlar bo‘lishi mumkin?
7. Atrof-tabiiy muhit zararlanishining oldini olmaganlik qanday jinoiy oqibatlarni vujudga keltiradi?
8. Atrof-muhitning zararlanishi deganda nima tushuniladi? Ushbu ifloslanishning sabablari qanday bo‘lishi mumkin?
9. Atrof-muhitni zararlantirganlik uchun jinoiy javobgarlikning shartlarini ko‘rsating.
5-bob. HOKIMIYAТ, BOSHQARUV VA JAMOAТ BIRLASHMALARI ORGANLARINING
Do'stlaringiz bilan baham: