tashxis (shaxslantirish) san’ati deb ataladi. Yana bir
holat.
Dunyoda qizil gul paydo bo‘lishiga mazkur baytda aytilganidek,
oshiqning chamanda ma’shuqa ta’rifini
qilishiga aloqasi bormi? Yo‘q,
albatta. Aslida, bu go‘zalgacha ham chamanzorda qizil gullar bor edi.
Shoir esa men sevgilimning ta’rifini ovoza qilganimdan keyin gulning
uyalishidan borliqda qizil gul paydo bo‘ldi deydi. Yo‘q joydan shoirona
lutf bilan aloqadorlik tiklangan. Bu kabi bir narsa (tasvir, holat)ni unga
aloqasi bo‘lmagan boshqa narsa bilan izohlash husni ta’lil (chiroyli
dalillash) deyiladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |