Qоzоqbоy yO‘ldоshеv, vаlijоn qоdirоv, jаlоlbеk yO‘ldоshbеkоv



Download 3,46 Mb.
Pdf ko'rish
bet58/291
Sana17.07.2021
Hajmi3,46 Mb.
#121644
1   ...   54   55   56   57   58   59   60   61   ...   291
Bog'liq
9-sinf Adabiyot darslik (yangi)

     
Savol va topshiriqlar:
1.  Shoir Ogahiyning qanday tarjima asarlarini bilasiz? Ular haqida 
ma’lumot bering.
2.  Ogahiyning adabiyotimiz tarixida tutgan o‘rnini qanday baholaysiz?
3.   Ogahiyning yetuk inson va iste’dodli adib bo‘lib yetishuvida u 
     voyaga yetgan muhitning ahamiyati to‘g‘risida mulohaza yuriting.
OGAHIY LIRIKASIDAN
G‘AzALLAR
Baland aylab quyoshga poya
1
 navro‘z,
Ko‘tardi yer yuzidin soya navro‘z.
Kelib fayz-u nishot-u
2
 aysh birla,
Muhayyo qildi elga voya
3
 navro‘z.
1
Poya – qadr, daraja; 
2
Nishot – shodlik; 
3
Voya – 1) muqaddima; 2) bahra.


100
Tarab tiflin
1
 tug‘urdi dahr zoli
2
,
Ango bo‘ldi magarkim doya navro‘z.
Qilibdur mahliqolarning yuzini
Latofat mushafig‘a oya navro‘z.
Kiyib ahli g‘ino
3
 yuz rang xil’at,
To‘lo boshdin ayoq peroya
4
 navro‘z.
Hama o‘ynab olib qo‘lg‘a yumurta
5
,
Mening ilgimda yoqtur xoya
6
 navro‘z.
Diramdur
7
 moyai ishrat ulusg‘a,
Vale men bo‘lmisham bemoya navro‘z.
Janobi shahg‘a keldim bu jihatdin,
Ko‘zim yoshig‘a toya-toya navro‘z.
Ki shoyad o‘zgalardek Ogahiyni
Tarabnok aylagay beg‘oya navro‘z.
Mana,  shoirning  “navro‘z”  radifli  g‘azali  matni  bilan  tanishdik. 
Bu she’r tabiat lirikasining go‘zal namunasi sanaladi. Unda tashxis 
san’atidan foydalangan holda shoir bu bahoriy ayyomni madh eta-
di. Oldingi mavzularni o‘rganish, lirik asarlarni tahlil qilish asnosida 
tashxis haqida yetarli tushunchaga ega bo‘ldingiz. 
Dastlabki ikki baytda navro‘z ayyomi jonlantirilib, u quyoshni 
baland qadr va martabaga yuksaltirdi va bu bilan yer yuzidan soyani 
ko‘tardi, deb tasvirlanadi. U yurtga uch narsa: fayz, shodlik (nishot) 
va aysh bilan kirib keldi-da, bu uch xushbaxtlikni muhayyo qilib, ular-
dan elni bahramand qildi. Mazkur baytlarda navro‘z o‘zidagi bor yax-
shi narsalarni boshqalarga chin ko‘ngildan ulashayotgan va bundan 
o‘zi ham g‘oyat zavqlanayotgan tanti va saxiy kishiga qiyoslangan. 
Keyingi baytdagi tashxis ham yanada o‘ziga xosdir:
1
Tif – go‘dak, chaqaloq; 
2
Zol - kampir; 
3
G‘ino – boylik; 
4
Peroya – ziynat, bezak; 
5
Yu-
murta – tuxum; 
6
Xoya – tuxum; 
7
Diram – tanga (pul).


101
Tarab tiflin tug‘urdi dahr zoli,
Ango bo‘ldi magarkim doya navro‘z.
Tushunilishi qiyin bo‘lgan so‘zlar ma’nosi aniqlab olinadi: ta-
rab  –  shodlik;  tifl  –  bola,  go‘dak;  tug‘urdi  –  tug‘di,  dunyoga  keltirdi; 
dahr – dunyo; zol – kampir. Demak, ushbu misralardan quyidagicha 
ma’noni uqish mumkin: Dahr (dunyo) kampiri shodlik chaqalog‘ini  
tug‘arkan (dunyoga keltirar ekan), navro‘z unga doyalik qildi. Tashxis 
uchun tabiatdagi o‘zgarishlar  asos qilib olingan: dunyo otliq kampir-
ning tug‘ishi va unga navro‘zning doyaligi. Shuningdek, tashbih bu 
san’at bilan baqamti qo‘llangan. Shodlik – chaqaloq, chunki u bosh-
lanayotgan bahor tufayli kishilar ko‘nglida tug‘ilib kelayotibdi. Dunyo 
– kampir, chunki u yaratilish jihatdan eng qadimiy. Navbatdagi baytda 
ko‘klam go‘zalligi islomiy tushunchalar vositasida ochiladi:
Qilibdur mahliqolarning yuzini 
Latofat mus’hafig‘a oya navro‘z.
“Mus’haf” Qur’onga ishora bo‘lib, bu muqaddas kitob shu nom 
bilan ham ulug‘lanadi. Ikkinchi satrdagi “oya” esa oyat (Qur’on oyati) 
ning talaffuzdagi shaklidir. Shoir navro‘ziy latofatni Mus’hafga teng-
lashtiradi. Bu – tashbih, lekin uni mubolag‘a deb qabul qilish to‘g‘ri 
bo‘lmaydi.  Chunki  Qur’on  ham,  tabiat  go‘zalligi,  jumladan,  bahor  la-
tofati ham Yaratganning ijodidir. Ularning har ikkisi birday go‘zal 
va muqaddas. Bir xil qimmatdagi voqelikni qiyoslashda bo‘rttirish 
bo‘lmaydi. Shunday qilib, navro‘z latofati Mus’haf bo‘lsa, mahliqolar-
ning yuzi undagi oyatlardir. Tasavvufga ko‘ra inson go‘zalligi ilohiy 
husnning jilvasi yoki soyasi ekan, mahliqolarni oyatga mengzashda 
hech qanday shakkoklik yo‘q. 
Keyingi baytlarda peyzaj (tabiat tasviri) ijtimoiy mavzuga alma-
shadi. Ularda badavlat odamlar (ahli g‘ino)ning bu ko‘ngilli ayyomda 
“yuz rang xil’at” (turli xil kiyimlar) kiyishi, boshdan oyoq ziynatlanishlik, 
turli ko‘ngilocharliklar bilan zavqlanishlari bayon etiladi. Ishrat uchun 
moya bo‘lgan dirham ularning qo‘lida o‘ynasa, shoirning qo‘lida bu 
moya yo‘q. Shu bois, o‘tinch bilan shoh huzuriga kelishi mubolag‘a 
bilan tasvirlanadi.


102
Janobi shahg‘a keldim bu jihatdin,
Ko‘zim yoshig‘a toya-toya navro‘z.
Moddiy yordam so‘rab shoh huzuriga kelayotgan lirik qahramon 
o‘z zabun ahvoliga shunchalar yig‘laydiki, hatto o‘zining ko‘z yoshlari-
ga toyib-toyib ketadi (Ko‘z yoshlar tufayli oyoq osti loy bo‘lgan). Shu 
o‘rinda savol paydo bo‘lishi mumkin: bir vaqtlari yuqori davlat vazi-
falarida ishlagan, xonga yaqin bo‘lgan shoir shu qadar qashshoqla-
shib, ko‘z yoshlariga toyib ketadigan darajada notavon bo‘lib qolgan-
mi? Davlat ishlaridan ketgach, Ogahiyning moddiy ahvoli oldingiday 
bo‘lmaganligi tabiiy. Lekin uning g‘azalda aytilganiday qashshoq, 
nota vonligi bu shoirona mubolag‘adir. Shu o‘rinda 

Download 3,46 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   54   55   56   57   58   59   60   61   ...   291




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish