ish haqida og‘iz ochgan edi, Mehinbonu jiyanini unga berishga
rozi bo‘ldi. Lekin Shirin bundan norozi bo‘lib, o‘zini-o‘zi o‘ldirdi.
Chunki Farhod degan yigitni sevar ekan. Oxirida ham “Farhod!
Farhod! deya jon berdi”.
Bu xunuk xabar Farhodning bag‘riga go‘yo o‘tkir pichoq
urdi. Fig‘on tortib, o‘rnidan turmoqchi bo‘ldi, lekin holsizlanib
yiqildi. Toshlar uzra talpinmoqqa – emaklashga tushdi, badani-
dagi suyaklar qisirlab, sinmoqqa tushdi, boshlarini toshlarga
urib, yig‘ladi. Uning holiga hatto tog‘ bilan vodiy ham majnun-
vor yig‘ladi.
Shundan keyin Farhod bu o‘tkinchi dunyoning o‘zi bilan
bog‘liq barcha jihatlari: – sahro, vodiy, tog‘, osmon, metin, te-
sha atrofidagi darrandalar-u parrandalar bilan vidolashdi, ular-
dan bergan azoblari uchun uzr so‘radi, hamdardlik, hamnafaslik
Do'stlaringiz bilan baham: |