“O’zbekistonning eng yangi
tarixi” fanidan sessiya oraliq
savollariga javob. ( 4-variant)
TA’LIM SHAKLI: SIRTQI
YO’NALISH: MATEMATIKA VA
INFORMATIKA
GURUH: 103
Mamatkarimov Shaxzod
1-topshiriq:O’zbekiston Respublikasi “Mustaqillik Deklaratsiyasi”ning mazmun-
mohiyatini yoriting.
Mustaqillik deklaratsiyasi
(1990-yil 20-iyun) — Oʻzbekiston SSR Oliy
Sovetining 2-sessiyasida qabul qilingan. U Oʻzbekistonning mustaqillikka
erishishida muhim qadam boʻldi. M.D.da "Oʻzbekiston Sovet Sotsialistik
Respublikasi Oliy Kengashi oʻzbek xalqining davlat qurilishidagi tarixiy
tajribasi va tarkib topgan boy anʼanalari, har bir millatning oʻz taqdirini oʻzi
belgilash huquqini taʼminlashdan iborat oliy maqsad haqi, Oʻzbekistonning
kelajagi uchun tarixiy masʼuliyatni chuqur his etgan holda xalqaro huquq
qoidalariga, umumbashariy qadriyatlarga va demokratiya prinsiplariga
asoslanib, Oʻzbekiston Sovet Sotsialistik Respublikasining davlat
mustaqilligini eʼlon qiladi", deb yozib qoʻyilgandi. Ana shu hujjat asosida
Oʻzbekistonning iqtisodiy va siyosiy hayotiga doir masalalar mustaqil tarzda
hal qilina bordi va 1991- yil 31- avgustida "Oʻzbekiston Respublikasining
Davlat mustaqilligi asoslari toʻgʻrisida" qonun qabul qilindi .
O‘zbekiston Sovet
Sotsialistik Respublikasi Oliy Soveti: o‘zbek xalqining davlat qurilishidagi tarixiy
tajribasi va tarkib topgan boy an’analari, har bir millatning o‘z taqdirini o‘zi belgilash
huquqini ta’minlashdan iborat oliy maqsad haqi, har bir kishining farovon hayot
kechirishini ta’minlashni oliy maqsad deb bilgan holda, O‘zbekiston xalqlarining
kelajagi uchun tarixiy mas’uliyatni chuqur his etgan holda, xalqaro huquq
qoidalariga, umumbashariy qadriyatlarga va demokratiya prinsiplariga asoslanib,
O‘zbekiston Sovet Sotsialistik Respublikasining Davlat mustaqilligini e’lon qiladi.
O‘zbekiston SSRning demokratik davlat mustaqilligi respublikaning o‘z hududida
barcha tarkibiy qismlarida va barcha tashqi munosabatlardagi tanho hokimligidir.
O‘zbekiston SSRning davlat hududi chegarasi daxlsiz va bu hudud xalqning
muhokamasiga qo‘yilmay turib o‘zgartirilishi mumkin emas. O‘zbekiston SSRda
davlat hokimiyati uning hududiga kiradigan barcha tarkibiy va bo‘linmas qismlari
ustidan amalga oshiriladi va shu hududda yashaydigan aholiga taalluqlidir. SSSR
Oliy Soveti qabul qiladigan qarorlar O‘zbekiston SSR Konstitutsiyasiga muvofiq
O‘zbekiston SSR Oliy Soveti tomonidan tasdiqlanganidan keyingina O‘zbekiston SSR
hududida kuchga ega bo‘ladi. O‘zbekiston SSR davlat hokimiyati vakolatiga
O‘zbekiston SSR ichki va tashqi siyosatiga tegishli barcha masalalar kiradi.
O‘zbekiston SSR xalqaro huquqning asosiy prinsiplarini tan oladi va hurmat qiladi.
O‘zbekiston SSR ittifoqdosh respublikalar va boshqa davlatlar bilan o‘zining siyosiy,
iqtisodiy, madaniy va boshqa munosabatlarini shartnomalar asosida belgilaydi va
amalga oshiradi. O‘zbekiston SSR o‘zining taraqqiyot yo‘lini, o‘z nomini belgilaydi
va davlat belgilarini (gerb, bayroq, madhiya) o‘zi ta’sis etadi. Qoraqalpog‘iston
Muxtor Sovet Sotsialistik Respublikasi mustaqilligini Muxtor Respublika
Konstitutsiyasi ta’min etadi. O‘zbekiston SSR uning Asosiy Qonuni va O‘zbekiston
SSR Konstitutsiyasi asosida Qoraqalpog‘iston MSSR manfaatlarini himoya qiladi.
O‘zbekiston SSRning qonun chiqaruvchi hokimiyati O‘zbekiston SSR davlat
mustaqilligini amalga oshirish uchun zarur bo‘lgan qonunlarni ishlab chiqadi.
O‘zbekiston SSRning siyosiy va iqtisodiy sistemalari tarkibini va qurilishini
belgilaydi.O‘zbekiston SSR Oliy Soveti umumxalq muhokamasi asosida demokratik
huquqiy davlat tuzishga qaror qilganini bildiradi, O‘zbekiston SSRda yashayotgan
barcha millat va elatlarning qonuniy siyosiy, iqtisodiy, etnik, madaniy huquqlariga
hamda ona tillari rivojlantirilishiga kafillik beradi. Ushbu Deklaratsiya O‘zbekiston
SSRning yangi Konstitutsiyasini hamda yangi ittifoq shartnomasini ishlab chiqish
uchun asosdir.
6-sentyabr—Oʻzbekiston Respublikasi Mudofaa ishlari vazirligi
tashkil etildi. 14-sentyabr—Toshkentda Oʻzbekiston kommunistik
partiyasining oxirgi favqulodda 23-sʼyezdi boʻlib, unda KPSS tarkibidan
chiqish va sifat jihatidan yangi siyosiy tashkilot — Oʻzbekiston Xalq
demokratik partiyasi (Oʻzbekiston XDP) ni tuzish haqidagi Bayonot qabul
qilindi. 26-sentyabr — Oʻzbekiston Respublikasi Milliy xavfsizlik xizmati
tuzildi. 26 sentyabr — Toshkentda Jahon oʻzbeklari (turkistonliklar)ning
xalqaro anjumani oʻtkazildi.
30 sentyabr
— Oʻzbekiston Respublikasi Oliy
Kengashining navbatdan tashqari 7-sessiyasida Oʻzbekiston Respublikasi
davlat mustaqilligi asoslari toʻgʻrisidagi qonunga konstitutsiyaviylik
maqomini berish toʻgʻrisida Oʻzbekiston Respublikasi qonuni qabul qilindi.
Inson huquqlari va erkinliklari toʻgʻrisida Deklaratsiya ratifikatsiya etildi.
24-
oktyabr
— Oʻzbekiston Respublikasi Bojxona qoʻmitasi tuzildi.
1-noyabrda
—
Toshkentda Oʻzbekiston Xalq demokratik partiyasining 1-taʼsis qurultoyi
boʻlib oʻtdi (15 noyabrda roʻyxatga olingan). 18-noyabr —Oʻzbekiston
Respublikasi Oliy Kengashining 8-sessiyasida "Oʻzbekiston Respublikasining
Davlat bayrogʻi toʻgʻrisida"gi qonun qabul qilindi.29-noyabr — Toshkentda
Oʻzbekiston xalq artisti Sulaymon Yudakov memorial muzeyi ochildi. 25-
dekabr — Oʻzbekiston Respublikasi Jahon intellektual mulk tashkilotiga aʼzo
boʻldi. 29-dekabr — Respublikaning davlat mustaqilligi toʻgʻrisida umumxalq
referendumi va Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti saylovi boʻlib oʻtdi.
Oʻzbekiston xalqi respublika Oliy Kengashi eʼlon qilgan Oʻzbekiston
Respublikasining davlat mustaqilligini maʼqulladi. Birinchi marta yashirin
ovoz berish yoʻli bilan oʻtkazilgan toʻgʻridan-toʻgʻri umumiy va alternativ
asosdagi saylovda I.A.Karimov Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti etib
saylandi.
2-topshiriq: Oʻzbekiston Respublikasi Konstitusiyasining I-bo‘limi mazmunini
yoriting.
O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi O‘n ikkinchi chaqiriq O‘zbekiston
Respublikasi Oliy Kengashining o‘n birinchi sessiyasida 1992- yil 8- dekabrda
qabul qilingan.
(2002 yil 27 yanvarda o‘tkazilgan umumxalq referendumi natijalariga ko‘ra
hamda uning asosida O‘zbekiston Respublikasining 2003- yil 24- aprelda
qabul qilingan Qonuniga muvofiq O‘zbekiston Respublikasining
Konstitutsiyasi XVIII, XIX, XX, XXIII boblariga o‘zgartishlar va qo‘shimchalar
kiritilgan. O‘zbekiston Respublikasining 2007 yil 11 aprelda qabul qilingan
Qonuni bilan O‘zbekiston Respublikasining Konstitutsiyasi 89-modaasiga,
93- moddasining 15-bandiga, 102-moddasining ikkinchi qismiga tuzatishlar
kiritilgan. O‘zbekiston Respublikasining 2008- yil 25 -dekabrda qabul
qilingan Qonuni bilan O‘zbekiston Respublikasining Konstitutsiyasi 77-
moddasining birinchi qismiga o‘zgartish kiritilgan. O‘zbekiston
Respublikasining 2011- yil 18- aprelda qabul qilingan Qonuni bilan
O‘zbekiston Respublikasining Konstitutsiyasi 78, 80, 93, 96 va 98-
moddalariga o‘zgartish va qo‘shimchalar kiritilgan. O‘zbekiston
Respublikasining 2011- yil 12- dekabrda qabul qilingan Qonuni bilan
O‘zbekiston Respublikasining Konstitutsiyasi 90-moddasining ikkinchi
qismiga tuzatish kiritilgan. O‘zbekiston Respublikasining 2014- yil 16-
aprelda qabul qilingan Qonuni bilan O‘zbekiston Respublikasining
Konstitutsiyasi 32, 78. 93, 98, 103 va 117-moddalariga o‘zgartish va
qo‘shimchalar kiritilgan. O‘zbekiston Respublikasining 2017-yil 6-aprelda
qabul qilingan Qonuni bilan O‘zbekiston Respublikasining Konstitutsiyasi 80,
81, 83, 93, 107, 110 va 111-moddalariga o‘zgartishlar va qo‘shimcha
kiritilgan. O‘zbekiston Respublikasining 2017- yil 31- mayda qabul qilingan
Qonuni bilan O‘zbekiston Respublikasining Konstitutsiyasi 80, 93, 108 va
109-moddalariga o‘zgartishlar kiritilgan. O‘zbekiston Respublikasining 2017-
yil 29-avgustda qabul qilingan Qonuni bilan O‘zbekiston Respublikasining
Konstitutsiyasi 99 va 102-moddalariga o‘zgartishlar kiritilgan.)
O’zbek xalqi:
inson huquqlariga va davlat suvereniteti g‘oyalariga sodiqligini
tantanali ravishda e’lon qilib,
hozirgi va kelajak avlodlar oldidagi yuksak
mas’uliyatini anglagan holda, o‘zbek davlatchiligi rivojining tarixiy tajribasiga
tayanib,
demokratiya va ijtimoiy adolatga sadoqatini namoyon qilib,
xalqaro
huquqning umum e’tirof etilgan qoidalari ustunligini tan olgan holda,
respublika
fuqarolarining munosib hayot kechirishlarini ta’minlashga intilib,
insonparvar
demokratik huquqiy davlat barpo etishni ko‘zlab,
fuqarolar tinchligi va milliy
totuvligini ta’minlash maqsadida,
o‘zining muxtor vakillari siymosida Oʻzbekiston
Respublikasining
mazkur
Konstitutsiyasini
qabul
qiladi.
1-modda.
Oʻzbekiston — suveren demokratik respublika. Davlatning “O‘zbekiston
Respublikasi” va “O‘zbekiston” degan nomlari bir ma’noni anglatadi.
2-modda:Davlat xalq irodasini ifoda etib, uning manfaatlariga xizmat qiladi. Davlat
organlari va mansabdor shaxslar jamiyat va fuqarolar oldida mas’uldirlar.
3-modda: O‘zbekiston Respublikasi o‘zining milliy-davlat va ma’muriy-hududiy
tuzilishini, davlat hokimiyati va boshqaruv organlarining tizimini belgilaydi, ichki va
tashqi
siyosatini
amalga
oshiradi.
O‘zbekistonning davlat chegarasi va hududi daxlsiz va bo‘linmasdir.
4-modda: O‘zbekiston Respublikasining davlat tili o‘zbek tilidir. O‘zbekiston
Respublikasi o‘z hududida istiqomat qiluvchi barcha millat va elatlarning tillari, urf-
odatlari va an’analari hurmat qilinishini ta’minlaydi, ularning rivojlanishi uchun
sharoit yaratadi. 5-modda : O’zbekiston Respublikasi qonun bilan tasdiqlangan o’z
davlat
ramzlari
–
bayrog’I,
gerbi
va
madhiyasiga
ega.
6-modda: O‘zbekiston Respublikasining poytaxti — Toshkent shahri. 7-modda:
Xalq davlat hokimiyatining birdan bir manbaidir.O‘zbekiston Respublikasida davlat
hokimiyati xalq manfaatlarini ko‘zlab va O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi
hamda uning asosida qabul qilingan qonunlar vakolat bergan idoralar
tomonidangina amalga oshiriladi. Konstitutsiyada nazarda tutilmagan tartibda
davlat hokimiyati vakolatlarini o‘zlashtirish, hokimiyat idoralari faoliyatini to‘xtatib
qo‘yish yoki tugatish, hokimiyatning yangi va muvoziy tarkiblarini tuzish
Konstitutsiyaga xilof hisoblanadi va qonunga binoan javobgarlikka tortishga asos
bo‘ladi.
3-topshiriq:O‘zbekiston Respublikasi tashqi siyosatining asosiy tamoyillari haqida
ma’lumot yozing.
O’zbekiston tashqi siyosatining asosiy tamoyillari
Prezident Islom Karimov o’zining “O’zbekistonning o’z istiqlol va taraqqiyot
yo’li” va boshqa asarlarida mustaqil tashqi siyosat yuritish qoidalarini nazariy va
amaliy jihatdan puxta asoslab berdi. Tashqi siyosatga tinchlik, barqarorlik,
hamkorlik yo’li asos qilib olindi. O’zbekiston Respublikasi tashqi siyosatining asosiy
tamoyillari quyidagilardan iborat:
•mafkuraviy qarashlardan qafiy nazar hamkorlik uchun chiqlik,umuminsoniy
qadriyatlarga, tinchlik va xavfsizlikni saqlashga sodiqlik; •davlatlarning suveren
tengligi va chegaralar daxlsizligini hurmat qilish; •boshqa davlatlarning ichki
ishlariga aralashmaslik; •nizolarni tinch yo'l bilan hal etish; •kuch ishlatmaslik va
kuch bilan tahdid qilmaslik; •inson huquqlari va erkinliklarini hurmatlash; •ichki
milliy qonunlar va huquqiy normalardan xalqaro huquqning umum e'tirof etilgan
qoidalari va normalarining ustivorligi; •davlatning, xalqning oliy manfaatlari,
farovonligi va xavfsizligini ta'minlash maqsadida ittifoqlar tuzish, hamdo’stliklarga
kirish va ulardan ajralib chiqish; •tajovuzkor harbiy bloklar va uyushmalarga
kirmaslik; •davlatlararo aloqalarda teng huquqlilik va o’zaro manfaatdorlik, davlat
milliy manfaatlarining ustunligi; •tashqi aloqalarni ham ikki tomonlama, ham ko’p
tomonlama kelishuvlar asosida rivojlantirish, bir davlat bilan yaqinlashish hisobiga
boshqasidan uzoqlashmaslik. Mamlakatimizning jahon xalqlari tinchligi va
xavfsizligiga mos bo’lib tushgan tinchliksevar tashqi siyosati, uni jahonda mustaqil
davlat sifatida tezda tan olinishini ta'minladi. O’zbekiston Respublikasining davlat
mustaqilligini dunyodagi nufuzli davlatlar tan oldi, ularning 120 tasi bilan
diplomatik, siyosiy, iqtisodiy, ilmiy–texnikaviy va madaniy aloqalar o’rnatildi.
Toshkentda 43 mamlakatning elchixonasi ochildi. Bular jumlasiga AQSH, Turkiya,
Germaniya, Fransiya, Buyuk Britaniya, Xitoy, Hindiston, Pokiston va boshqalarni
kiritish mumkin. Shuningdek, O’zbekistonda 88 xorijiy mamlakatlar va xalqaro
tashkilotlarning, 24 hukumatlararo va 13 ta nohukumat tashkilotlarning
vakolatxonalari faoliyat ko’rsatmoqda. Dunyodagi 30 dan ortiq davlatda – AQSH,
Turkiya, Germaniya, Fransiya, Xitoy, Pokiston va boshqalarda O’zbekistonning
elchixonalari va konsulliklari ishlab turibdi.
O’zbekistonning BMTga a'zo bo’lishi
O’zbekiston Respublikasi davlat mustaqilligini qo’lga kiritgan dastlabki
kunlardanoq jahon hamjamiyatiga qo’shilish, xalqaro tashkilotlar bilan hamkorlik
qilish yo’lini tanladi va og’ishmay shu yo’ldan bormoqda. O’zbekiston Respublikasi
o’zining xohish–irodasi va taklifiga ko’ra 1992–yil 2–martda jahondagi eng nufuzli
xalqaro tashkilot– Birlashgan Millatlar Tashkilotiga qabul qilindi. Mamlakatimiz
jahon hamjamiyatining to’la teng huquqli a'zosi bo’ldi. Mamlakatimiz Prezidenti I.
A. Karimovning BMT Bosh Assambleyasining 1993– yilda bo’lgan 48– sessiyasida
ishtirok etishi va unda 27– sentabrda qilgan ma'ruzasi O’zbekistonni jahonga
ko’hna va yosh, navqiron davlat sifatida namoyon etdi. O’zbekiston Respublikasi
nomidan Markaziy Osiyoda xavfsizlik, barqarorlik va hamkorlik masalalari bo’yicha
BMT ning Toshkentda doimiy ishlovchi seminarini chaqirish, narkobiznesga qarshi
kurashni kuchaytirish, Orol muammosini hal etish va boshqa masalalar bo’yicha
bir qator takliflar o’rtaga qo’yildi. 1993–yil 24–oktabrda Toshkentda BMT ning
vakolatxonasi ochildi va u ish boshladi. O’zbekiston rahbariyati va BMT
rahbarlarining sa'y–harakatlari natijasida O’zbekiston BMT–ning Xalqaro
telekommunikatsiya uyushmasi, Xalqaro taraqqiyot assotsiatsiyasi, Qochoqlar ishi
bo’yicha oliy qo’mitasi, Jahon sog’liqni saqlash tashkiloti, Xalqaro fuqaro
aviatsiyasi tashkiloti, Xalqaro atom energiyasi agentligi, Aholi joylashish
jamg’armasi, Narkotik moddalarni nazorat qilish dasturi, Sanoat taraqiyoti
tashkiloti, Oziq–ovqat va qishloq xo’jaligi tashkiloti singari ixtisoslashgan
muassasalarga a'zo bo’ldi. 1994–yil oktabrning boshlarida BMT vakolatxonasining
yordami va ishtirokida Toshkentda bo’lgan jahon sayyohlik tashkilotining “Ipak
Do'stlaringiz bilan baham: |