O’zbekistonning eng yangi tarixi’’ fanidan sessiya oralig’i



Download 285,39 Kb.
Pdf ko'rish
Sana16.07.2021
Hajmi285,39 Kb.
#121290
Bog'liq
Документ(1)



 ,,O’zbekistonning eng yangi tarixi’’ fanidan sessiya oralig’i  

1-topshiriq:O’zbekistonning  birinchi  Prezidenti  Islom  karimovning,,O’zbekiston 

mustaqillikka  erishish  ostonasida”asarining  qisqacha  mazmunini  yoriting.        

1.

Ma’lumki Vatanimiz tarixida unutilmas davr bo’lgan, mamlakatimiz rahbarining 

O’zbekistonning o’z davlat mustaqilligini qo’lga kiritish arafasida va undan keyingi 

dastlabki  oylarida  olib  borgan  jo’shqin  va  serqirra  siyosiy-ijtimoiy  faoliyatini  aks 

ettirgan  bu  kitob  xalqimiz  tomonidan  katta  qiziqish  va  e’tibor  bilan  kutib 

olindi.Buning  asosiy  sababi  va  omillari  haqida  fikr  yuritganda,  ushbu  kitobning 

g'oyat  muhim  mavzu,ya’ni  qancha-qancha  ajdodlarimizning  asriy  orzusi  bo’lgan, 

bugungi kunda ko’pmillatli xalqimiz uchun eng ulug’, mavzu, ya’ni qancha-qancha 

ajdodlarimizning asriy orzusi bo’lgan, eng aziz qadriyatga, barcha ezgu maqsad va 

harakatlarimiz,  bunyodkorlik  ishlarimizning  hayotbaxsh  manbayiga  aylangan 

mustaqillikka erishish yo’lida 1989-1991-yillar mobaynida olib borilgan mashaqqatli 

kurashlar  tarixiga  bag’ishlanganini  alohida  ta’kidlash  lozim.  “O’zbek  xalqining 

vijdoni  pok.  Farg’ona  voqealari  o’zbek  xalqining  irodasi  bilan  sodir  bo’lmadi.  Bu 

voqealarga tuturiqsiz va g’arazli maqsadlarni ko’zlab, kim qanday bo’yoq bermasin, 

tarix albatta uzining adolatli hukmini chiqaradi. Baynalmilalchilik, mehmondo’stlik, 

yaxshilik, qalb saxovati hamisha o’zbek xalqiga xos fazilat bo’lib keldi. Xalqimiz hech 

qachon boshqa xalqlarga nisbatan dushmanlik kayfiyatida bo’lmagan. Bu qadimiy 

va hozirgi tariximizdan olingan ko’pgina misollar bilan isbot qilingan” (O’zbekiston 

Kompartiyasi  Markaziy  Komitetining  1989-yil  19-avgustidagi  XVI  plenumida  nutq 

etilgan). Islom Abdug’aniyevich, o’z  respublikangizdagi millatlararo munosabatlar 

holatiga qanday baho berasiz? --- Farg’ona voqealari, shuningdek, keyingi paytlarda 

ro’y bergan boshqa tartibsizliklar – bularning barchasi turli millat odamlarida bir-

biriga ishonchsizlik paydo qildi. Shunday bo’lishiga kim sababchi? Men hozir aniq-

ravshan  qilib  aytaman:  jamiki  noma’qulchiliklar  markazi  respublikamiz 

chegarasidan  tashqaridadir.  Bozor  munosabatlariga  o’tish  davrida  ittifoqdosh 

respublikalarning qil ustida turishi kimgadir kerak bo’lib qolganga o’xshaydi….. Ha, 

istalgan paytda aralashish va o’z  bilganlaricha hal etish uchun qulay vaziyat. Keyingi 

paytlarda Turkiston ittifoqi haqida ko’p gapirishyabti. O’tgan yil yozda Olmaotada 

Turkiston  respublikalari  rahbarlarining  uchrashuvi  uyushtirilganidan  keyin  bu 

haqidagi  ovozlar,ayniqsa,  kuchaydi…:  Shuningdek  bu  kitob  orqali  hurmatli 

prezidentimiz biz yoshlarga ham katta etibor berganligini va yoshlar uchun qanday 

imkonyatlar  yaratganligini  bilib  olishimiz  mumkin.  Kelajak  bugundan  boshlanadi. 

Hozir  tarbiya  masalasiga  e'tibor  qilinmasa, kelajak  boy  beriladi.  Tarbiyadan  hech 

narsani ayamaymiz. Ma'naviy va axloqiy poklanish, imon, insof, diyonat, ornomus, 

mehr-oqibat va shu kabi chinakaminsoniy fazilatlar o'z-o'zidan kelmaydi. Barchasi-  

ning  zaminida  tarbiya  yotadi.Shu  boisdan  tarbiyachilarga,o'qituvchilarimiza,o'quv 




yurtlari  domlalari,  professorlariga  moddiy  va  ma'-naviy  yordamimizni  sira 

ayamasligimiz kerak. Islom Karimov “zbekistonning yangi tarixi” kitobida yurtimiz 

tinchligini,osoyishtaligini qanday qilib asrash kerakligi haqida ham gapirib o’tganlar: 

Tinchlik,  totuvlik,  osoyishtalikni  saqlash  Prezidentning  bosh  vazifasidir.  Prezident 

tinchlik, totuvlik qo'rg'onining me'mori bo'lishi kerak, deb hisoblayman.Qayerdaki 

tinchlikka  putur  yetsa,  xalq  osoyishtaligi  xavf  ostida  qolsa, o'sha  joyda  Prezident 

posbon  bo'lishi  darkor.  Hozirgi  davrda  xalqimizni  katta  tashvishga  solayotgan 

narsa— bu jinoyatchilikning o'sishidir. Shu sababli bugun O'zbekistonning bu illatga 

qarshi  kurash  dasturi  ustida  ishlayapmiz.  Odam  o'ldirish,  talontorojlik,  o'g'rilik, 

poraxo'rlik,  chayqovchilikning  har  qanday  ko'rinishiga  barham  berish  choralarini 

ko'ramiz. Buning uchun qat'iy intizom talab etiladi. O'zbek nomini badnom qilish 

harakatlariga  qarshi kurashganliklari haqida ham ta’kidlab o’tilgan: O'zini adolatli 

deb  kelgan,  lekin  o'ta  adolatsiz  bo'lgan  Markaz  O'zbekistonga,  o'zbek  xalqiga 

qancha  tamg'a  bosmadi,  qancha  malomat toshlari otilmadi.  Lekin  mahkam  turib 

adolatga erishdik. O'zbek nomini badnom qilish harakatlariga zarba berdik. Bugun 

mana  shu  minbardan  sizlarga  yorug'  yuz  bilanaytamanki,  «paxta  ishi»  bilan 

qamalganlarning  hammasi  afv  etildi!  Menga  ana  shu  xayrli,  xosiyatli  ishlar  umid 

bag'ishlaydi deb ta’kidlaydi yurtdoshimiz Islom Karimov. Shuningdek prezidentimiz 

o’z  xalqini  qanchalik  e’zozlashini  o’z  bayonatida  aks  ettirgan:  Sizlar  bilan  birga 

bo'lish  xalq  bilan  birga  bo'lishdir.Xalq  bilan  birga  bo'lish  esa  uning  hayoti,  uning 

turmushi,  uning  dardi  bilan  birga  bo'lishdir.Xalqqa,  yurtga  xizmat  qilish  er  kishi 

uchun,  mard  kishi  uchun,  o'g'lon  uchun  sharafli  ishdir.  (Islom  Abdug’aniyevich 

Karimov) 

 

 



 

 

 



 

 

 



 

 

 




2-topshiriq: Quyidagi mavzu bo’yicha 20 ta test savollari tuzing  ( to’g’ri javobni D 

variantiga  joylashtiring).  Mavzu:  O’zbekiston  Respublikasi  mustaqilligining  e’lon 

qilinishi va uning tarixiy ahamiyati. 

1)Nechinchi  yilda  O’zbekiston  Prezidentining  farmoniga  binoan  Respublika 

ichki  ishlar  vazirligi  va  davlat  xavfsizligi  qo’mitasi  O’zbekiston  SSRning 

qonuniy tasarrufiga olindi? 

A)  1990-yil 20-avgustda   B)1992-yil 1-iyunda     C)1989-yil 30-sentabrda    

D)1991-yil 25-avgustda 

2)O’zbekiston mustaqillikka erishgan yilni belgilang. 

A)1990-yil 

B)1992-yil 

C)1989-yil 

D)1991-yil                                                                 

3)Konstitutsiya preambula nechta bo’lim, bob va moddadan iborat? 

            A) 7 bo’lim, 24 bob, 150 moddadan   B) 12 bo’lim, 25 bob, 128 moddadan 

            C) 6 bo’lim, 28 bob, 128 moddadan   D) 6 bo’lim, 26 bob, 128 moddadan 

          4)Nechinchi yilda o’zbek tili davlat tili deb e’lon qilindi?       

            A) 1985-yil    B) 1987-yil    C) 1990-yil      D)1989-yil 

          5)  O’zbekiston  Respublikasi  Oliy  kengashi  nechinchi  yildan  Oliy  Majlis  deb             

ataladi? 

            A) 1997-yildan    B) 1992-yildan    C) 1995-yildan    D) 1994-yildan 

          6)  O’zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi nechinchi yildan ikki palata: Senat va 

Qonunchilik palatasiga bolingan. 

             A) 1997-yildan    B) 2000-yildan      C) 2005-yildan     D) 2004-yildan 

           7)  Ozbekistonda Prezidentlik instituti qachon joriy etilgan? 

             A) 1992-yil 16-iyunda  B) 1989-yil 24-martda  C)1991-yil 20-aprel  D) 1990-    

yil 24-martda 

           8)  O’zbekiston qachon BMTga azo boldi? 

             A)1991-yil 5-yanvar   B) 1990-yil 2-iyul    C)1994-yil 14-avgust  D)1992-yil 2-

mart 


           9) Nechinchi yilda SSSR MK Bosh kotibi M.S.Gorbachyov tomonidan Ittifoqda 

“qayta qurish” siyosati e’lon qilindi? 

             A)1987-yil    B)1990-yil   C) 1984-yil   D)1985-yil 

          10) I.A.Karimov qachon  Ozbekiston Oliy Kengashida Ozbekistonning birinchi 

Prezidenti qilib saylandi? 



            A) 1990-yil 24-martda   B) 1989-yil 1-mayda  C) 1991-yil 2-iyulda  D) 1990-yil   

14-martda 

       11) Qachon mustaqillik to’grisidagi deklaratsiyaning qabul qilindi? 

            A) 1989-yil 1-may  B) 1990-yil 14-iyul  C) 1990-yil 5-yanvar  D) 1990-yil 20-

iyunda 

 12) Qachon O’zbekiston Respublikaning davlat madhiyasi togrisidagi qonun qabul 

qilindi? 

            A)1991-yil  8-dekabr  B)1992-yil  6-iyul    C)1991-yil  10-dekabr  D)1992-yil  10-

dekabr 

 13) O’zbekiston Konstitutsiyasi nechinchi yilda qabul qilingan? 

A) 1991-yil    B) 1990-yil     C) 1993-yil       D) 1992-yil 

14) O’zbekiston qachon YeXHTga a’zo bolgan? 

A) 2001-yilda   B) 1991-yilda   C) 2000-yilda   D) 1992-yilda  

15)O’zbekiston qachon NATOning “Tinchlik yo’lida hamkorlik” dasturiga a’zobo’ldi? 

A) 1994-yil   B) 1996-yil    C) 1993-yil    D) 1995-yil 

16) O'zbekiston Respublikasining aholisi mustaqillik e'lon qilingan paytda  qancha 

kishini tashkil etardi. 

A)25 mln      B) 22.7 mln   C) 23.4 mln    D) 21.5 mln 

17)  O’zbekistonda  mustaqillikdan  keyin  2004—  yil  boshlariga  kelib  aholi  soni 

qanchaga oshdi? 

A) 24mln.dan  B) 26mln.dan  C) 23 mln.dan    D) 25mln.dan 

18) O'zbekiston Respublikasi Prezidenti I.A.Karimov qasamyod qilgan yilni belgilang 

A) 1991-yil      B) 1990-yil     C) 1993-yil     D) 1992-yil 

19)  ........-  jamiyatdan  ajralmagan  holda  dunyo  muammolari  va  o’z  taqdiri  bilan 

bogliq bolgan istiqlol haqida o’ylashdir.Nuqatalar o’rniga to’g’ri so’zni qo’ying? 

A)  Konsitutsiya      B)  Deklaratsiya        C)  Demokratiya      D)  Mustaqillik                                        

20)  Qachon    Prezident  I.A.Karimov  tomonidan  《 Ma'naviyat  va  ma'rifat 》 

jamoatchilik  markazini  tashkil  etish  to'g'risidagi  Farmoish  e'lon  qilindiA)  1992-yil 

20-fevral  B) 1995-yil 14-iyun  C) 1993-yil 1-may  D) 1994-yil 23-aprel                                    



3-topshiriq:Mustaqillik yillarida O‘zbekiston sanoatning rivojlanishinio‘zingizyashab 

turgan hudud (shahar, tuman yoki viloyat) misolida yoriting.  

3.

O‘zbekiston  1991  yil  o‘z  mustaqilligini  qo‘lga  kiritganidan  so‘ng  umrini  o‘tab 



bo‘lgan  mustabid,  ma’muriy-bo‘yruqbozlik,  rejali  taqsimot  tizimidan  voz  kechib, 

bugungi kunda “o‘zbek modeli” deya e’tirof etilayotgan o‘zining taraqqiyot yo‘lini 

tanlab  oldi.  Bu  modeldagi  iqtisodning  siyosatdan  xoli  ekani,  davlatning  bosh 

islohotchi bo‘lishi, qonunning ustuvorligi, kuchli ijtimoiy siyosat, islohotlarni tajriba 

asosda bosqichma-bosqich amalga oshirish  kabi tamoyillarning ijtimoiy hayotdagi 

tutgan  o‘rni  salmoqlidir,  ularning  naqadar  to‘g‘ri  ishlab  chiqilganligi  bugungi 

hayotda  o‘z  samarasini  bermoqda.  Bu  borada  muhtaram  Prezidentimiz 

I.Karimovning  ushbu  so‘zlarini  ta’kidlash  o‘rinlidir:  “Mustaqillik  yillarida  bosib 

o‘tgan yo‘limiz va to‘plagan tajribamizni xolisona baholash, qo‘lga kiritgan yuksak 

marralarimizni  tahlil  etish  mamlakatimizni  tadrijiy  va  bosqichma-bosqich 

rivojlantirish bo‘yicha biz tanlagan modelning naqadar to‘g‘ri ekanini va shu yo‘ldan 

bundan  buyon  ham  og‘ishmay  qat’iyat  bilan  borishimiz  zarurligini  hayotning  o‘zi 

yaqqol  ko‘rsatmoqda”.Navoiy  viloyatidagi  sanoat  korxonalarida  mustaqillik 

yillarida  bo‘layotgan  islohotlar  va  o‘zgarishlar  jarayonini  bugungi  kun  nuqtai 

nazaridan xolisona ilmiy tadqiq etish va tahlil qilish o‘ziga xos tarixiy ahamiyatga 

molik  masaladir.  O‘zbekistonning  markaziy  qismida  joylashgan  Navoiy  viloyati 

alohida sanoat va industriya markazlari sifatida respublika hayotida salmoqli o‘rin 

egallaydi.  Voha  sanoatining  mustaqillik  davri  o‘zgarishlarini  tahlil  etish,  yutuq  va 

muammolarni ko‘rsatish, kerakli taklif va tavsiyalar berish tarix fani uchun dolzarb 

ahamiyat kasb etadi. O‘zbekistonning o‘z rivojlanish yo‘li, bozor munosabatlariga 

asoslangan jamiyatga o‘tish jarayonini, Navoiy viloyati misolida tadqiq etish tarix 

fanining  istiqbolli  va  dolzarb  muammolaridan  biri  ekanidan  dalolat 

beradi.O‘rganilayotgan  masalaning  dolzarbligi  va  tadqiqot  mavzusining  tahlil 

etilmaganligini  hisobga  olgan  holda  1991-2010  yillarda  Navoiy  viloyatidagi 

viloyatlarda  sanoat  sohasidagi  o‘zgarishlarni  tahlil  etish  va  to‘plangan 

ma’lumotlarni umumlashtirish asosiy maqsad qilib qo‘yildi. Navoiy viloyati sanoat 

ishlab  chiqarishida  bozor  munosabatlariga  o‘tish  sharoitida  olib  borilgan  keng 

ko‘lamdagi islohotlar va bu islohotlarning samarasi ularoq, Respublikamiz iqtisodiy 

taraqqiyotiga  qo‘shayotgan  hissasini  tarixiy  jihatdan  ilmiy  yoritishni  tadqiqot 

ob’ekti qilib oldik. Mustaqillik yillarida jamiyatimiz iqtisodiy sohasida ro‘y bergan 

tub  islohotlar  va  buning  natijasida  bozorga  xos  qaror  topib  borayotgan  Navoiy 

viloyati  sanoat  korxonalarida  yuz  berayotgan  o‘zgarishlarni  arxiv  materiallari, 

viloyatlar  statistika  boshqarmalari  hamda  mahalliy  hokimliklarning  arxivlaridagi 

ma’lumotlari  asosida o‘rganish  va  tahlil  qilish,  ko‘zlangan  umumiy  maqsadlardan 

kelib  chiqqan  holda  quyidagi  vazifalar  belgilandi.  Mustaqillik  yillarida  Navoiy 



viloyati  sanoat  ishlab  chiqarishida  o‘ziga  xos  taraqqiyot  yo‘lini  u  yerda  olib 

borilayotgan  ijtimoiy-iqtisodiy  islohotlar,  Prezident  farmonlari,  hukumat 

qarorlarining,  Oliy  Majlis  chiqargan  qonunlar  ijrosini,  iqtisodiy  yo‘naltirilgan 

barqaror bozor munosabatlarining vohaga xos xususiyatlarini ochib berish; Navoiy 

viloyati  deganda  avvalo,  o‘zininig  iqtisodiy  salohiyati,  zamonaviy  industriyaning 

yirik tarmog‘i, kon, ayniqsa, qudratli oltin qazish sanoati bilan O‘zbekistondagina 

emas, balki uning tashqarisida ham juda yaxshi ma’lum bo‘lgan voha ko‘z oldimizda 

nomayon  bo‘ladi.  Navoiy  viloyati  mamlakatimizning  hududiy  jihatdan  eng  yirik 

mintaqalaridan  bo‘lib,  hududiy  jihatdan  Qoraqolpog‘iston  Respublikasidan  keyin 

ikkinchi  o‘rinda  turadi.  Viloyat  yer  maydoni  jihatdan  O‘zbekiston  hududining 

25foizdan ortiqrog‘ini egallaydi. Bu haqda muhtaram yurtboshimiz shunday deydi: 

“Navoiy  viloyati  deganda  –  avvalo  ko‘z  oldimizga  buyuk  shoirimiz  Alisher  Navoiy 

nomini  sharaflab  kelayotgan,  ko‘ngli  ochiq,  zahmatkash,  saxovatli  insonlar, 

bunyodkorlik  bilan  band  bo‘lgan  ko‘p  millatli  xalqni  tasavvur  qilaman.  Navoiy 

viloyati  deganda  –  bu  go‘zal  vohaning  betakror  tabiati,  cheksin  cho‘l  va  dalalar, 

bepayon  yaylovlar  bilan  birga,  ulkan  sanoat  mintaqasi  ko‘z  o‘ngimizda  namoyon 

bo‘ladi.  2002-yil  31-mayda  Prezidentimiz  I.A.Karimov  Хalq  deputatlari  Navoiy 

viloyati Kengashining  navbatdan tashqari sessiyasida so‘zlagan nutqlarida Navoiy 

viloyatining  tashkil  etilish  tarixi  haqida  quyidagi  fikrlarni  keltirib  o‘tgan  edilar: 

«Navoiy viloyatini O‘zbekistonimizning o‘ziga xos va betakror xazinasi, desak, hech 

qanday  mubolag‘a  bo‘lmaydi.  Bu  yerdagi  ko‘pgina  konlar  o‘zining  noyob 

xususiyatlari  va  zahiralari  nuqtai  nazaridan  nafaqat  Markaziy  Osiyo,  balki  butun 

dunyoda  kamdan-kam  topiladi.  Muruntov,  Dovgiztog‘,  Ko‘kpatas,  Omontoytog‘ 

kabi  oltin  konlari,  Qizilqumdagi  fosforit  koni  mamlakatimizdan  olis-olislarda  ham 

yaxshi  ma’lum.Bu  ma’lumotlar,  albatta,  oddiy  mutaxassislarga  ham  ayon,  lekin 

vohaning iqtisodiy salohiyatiga boshqa manbalar, aytaylik, zamonaviy aerokosmik 

va  geodeziya  texnikasi  orqali  olingan  ma’lumotlarga  asoslanib  baho  beradigan 

bo‘lsak,  uning  bag‘rida  yana  qancha  -  qancha  tabiiy  boyliklar,  noyob  zahiralar 

yashirinib  yotganiga,  ularning  hajmi  va  ko‘lami  esa  strategik  jihatdan  istiqbolli 

ekanligiga  ishonch  hosil  qilamiz.  Хulosa  qilib  aytganda,  Navoiy  viloyati  katta 

iqtisodiy  potensialga,  bitmas  tuganmas  yer  osti  va  yer  usti  boyliklariga  ega 

viloyatdir.  Butun  mamlakatimizda  bo‘lgani  singari  bu  viloyatda  ham  iqtisodiy 

islohotlar  tobora  chuqurlashib  bormoqda,  uning  pirovard  natijalari  bo‘y  ko‘rsata 

boshladi. Ammo bu borada Navoiy viloyatidagi iqtisodiy islohotlar jarayoni hamma 

jabhada  ham  silliq  kechayapti  deb  aytib  bo‘lmaydi,  chunki  bozor  iqtisodiyotiga 

o‘tish  davridagi  murakkabliklar  ba’zi  bir  sohalarda  o‘z  aksini  topgan.  Shunday 

bo‘lsada, sanoat sohasidagi modernizatsiyalash jarayonlari bu kabi sohalarni asta-

sekin qamrab olib, tub o‘zgarishlarga olib kelmoqda. 

 



4-topshiriq:O‘zbekistonda  Ijro  etuvchi  xokimiyat  tizimidagi  islohotlar  haqida 

ma’lumot yozing.    

4.

Ijro etuvchi hokimiyat – davlat hokimiyatining qonun chiqaruvchi hokimyat va 



sud hokimiyati kabi mustaqil tarmowlardan biri joriy qonunlar va boshqalar. Joriy 

qonunlar va b. me’yoriy hujjatlarga asoslanib, boshqaruv vazifalarini bajaradi ( 

davlat boshlig’i, hukumat ). Qonun chiqaruvchi hokimiyat hujjatlarini ijro etish 

maqsadida o’z qaror va farmoyishlarini qabul qiladi, odatda, davlat boshlig’i ( 

prezident) ning bevosita rahbarligi va nazorati ostida ish ko’radi.Ijro etuvchi 

hokimiyat organlari va ular rahbarlarining aniq vazifalari (funksiyalari, 

vakolatlari) va javobgarlik sohasini belgilash, har bir vazifa va funksiyani 

amalga oshirish mexanizmlarini belgilaydigan, shu jumladan, axborot-

tahliliy qo‘llab-quvvatlash, strategik rejalashtirish, loyiha boshqaruvi, 

tartibga solish funksiyalarini amalga oshirish, davlat xizmatlari ko‘rsatish 

masalalari bo‘yicha ma’muriy tartib-taomillar hamda reglamentlarni joriy 

etish. Hududlarni rivojlantirish bo‘yicha vazifalarni hal qilishda barcha 

darajadagi ijro etuvchi hokimiyat organlarining samarali ishini tashkil etish 

va kuchlarini safarbar etish, shuningdek, tor idoraviy yondashuv 

holatlarining oldini olish imkonini beruvchi ijro etuvchi hokimiyat organlari 

faoliyatini muvofiqlashtirish va nazorat qilishning “O‘zbekiston Respublikasi 

Prezidenti devoni 

— Vazirlar Mahkamasi — respublika davlat boshqaruvi 

organlari 

— tarkibiy va hududiy bo‘linmalar — mahalliy ijro etuvchi 

hokimiyat organlari” ta’sirchan tizimini joriy etish.Tegishli vakolatlarni aniq 

davlat organlariga 

o‘tkazish va ularga qabul qilinayotgan qarorlarning 

natijasi uchun javobgarlikni yuklash orqali davlat-hokimiyat vakolatlari 

berilgan idoralararo kollegial organlarni (komissiyalar, kengashlar, ishchi 

guruhlar va boshqalar) tubdan qisqartirish. Hududlarni

ng o‘ziga xos 

xususiyatlari va joylardagi dolzarb muammolarni kompleks hal etish 

zaruratini hisobga olgan holda, davlat va hududiy rivojlantirish dasturlarini 

shakllantirishda hududiy ijro etuvchi hokimiyat organlarining 

tashabbuskorligini oshirish hamda rolini kuchaytirish.

R

espublika davlat 



boshqaruvi organlari vakolatlarini mahalliy davlat hokimiyati organlariga, 

viloyatdan tuman (shahar) davlat hokimiyati organlariga o‘tkazishni nazarda 

tutgan holda, davlat boshqaruvini bosqichma-bosqich nomarkazlashtirish. 

Davlat boshqaruvining turli darajadagi o‘zaro funksiya va vakolatlarini, 

xususan, umumdavlat miqyosidagi strategik masalalarni respublika ijro 

etuvchi hokimiyat organlarida qoldirish, shuningdek, ular tomonidan 

mahalliy davlat hokimiyati organlariga berilgan vakolatlardan lozim 

darajada   foydalanayotganligi ustidan nazorat qilishni aniq chegaralash. 

Mahalliy davlat hokimiyati organlarining moliyaviy imkoniyatlarini, shu 

jumladan, mahalliy budjetga soliq ajratmalarini ko‘paytirish hamda 

hududlarni rivojlantirish dasturlarini ishlab chiqish va amalga oshirish 

maqsadida mahalliy davlat hokimiyati organlarining soliq solish bazasini 

kengaytirishdan manfaatdorligini kuchaytirish orqali kengaytirish.2017 

— 

2021-



yillarda O‘zbekiston Respublikasini rivojlantirishning beshta ustuvor 


yo‘nalishi bo‘yicha Harakatlar strategiyasiga (keyingi o‘rinlarda Harakatlar 

strategiyasi deb yuritiladi) muvofiq, davlat va jamiyat qurilishini 

takomillashtirish, qonun ustuvorligini ta’minlash hamda fuqarolarning huquq 

va erkinliklarini himoya qilish kafolatlarini kuchaytirish, iqtisodiyot tarmoqlari 

va ijtimoiy sohani rivojlantirish va liberallashtirish, xavfsizlik, millatlararo 

totuvlik va diniy bag‘rikenglikni ta’minlash, chuqur o‘ylangan, o‘zaro 

manfaatli va amaliy ruhdagi tashqi siyosat yuritish davlat va jamiyatni 

modernizatsiya qilishning muhim maqsadlari etib belgilandi.Ushbu 

maqsadlarga erishishning muhim sharti amalga oshirilayotgan islohotlar, 

qabul qilinayotgan normativ-

huquqiy hujjatlar va davlat dasturlarining to‘liq 

ro‘yobga chiqarilishini ta’minlay oladigan, shuningdek, ijtimoiy-siyosiy va 

ijtimoiy-

iqtisodiy rivojlanish muammolarini o‘z vaqtida aniqlaydigan va 

samarali hal qiladigan davlat boshqaruvi tizimining aniq faoliyat ko‘rsatishi 

hisoblanadi.Shu bilan birga, Harakatlar strategiyasini amalga oshirish 

jarayonining tizimli tahlili va aholi bilan muloqot natijalari davlat boshqaruvi 

organlari va mahalliy ijro etuvchi hokimiyat organlarining (keyingi o‘rinlarda 

ijro etuvchi hokimiyat organlari deb yuritiladi) faoliyatini tashkil etishda 

islohotlarni to‘liq ro‘yobga chiqarishga to‘sqinlik qiluvchi jiddiy 

kamchiliklarning saqlanib qolayotganligidan dalolat bermoqda. Xususan:ijro 

etuvchi hokimiyat organlari faoliyatini tashkil etish asoslari hududlarni 

rivojlantirish sur’atlarini pasaytiruvchi, joylarda to‘planib qolgan 

muammolarning o‘z vaqtida hal etilishini ta’minlamayapti. Ijro etuvchi 

hokimiyat organlari (vazirliklar, davlat qo‘mitalari, agentliklar, qo‘mitalar, 

markazlar, inspeksiyalar) huquqiy maqomining ayrim holatlarda aniq 

chegaralab qo‘yilmaganligi ularning davlat apparatidagi aniq o‘rni va rolini 

aniqlash imkonini bermayapti;ayrim ijro etuvchi hokimiyat organlariga 

yuklatilgan vazifalarning deklarativ xaraktyerga egaligi, ularni amalga 

oshirishning tashkiliy-huquqiy mexanizmlari yetarli emasligi, vazifalarning 

takrorlanishi va davlat tomonidan ortiqcha tartibga solish holatlarining 

mavjudligi amalga oshirilayotgan islohotlar samaradorligiga salbiy ta’sir 

ko‘rsatmoqda. Ijro etuvchi hokimiyat organlari tomonidan ularga xos 

bo‘lmagan funksiyalarning bajarilishi, shuningdek, sezilarli darajada 

kvazidavlat sektorning (xo‘jalik boshqaruvi organlari, davlat unitar 

korxonalari) mavjudligi iqtisodiyot tarmoqlari va ijtimoiy sohaning davlat 

tomonidan haddan tashqari tartibga solinishiga olib kelmoqda;ijro etuvchi 

hokimiyat organlari faoliyatini muvofiqlashtirish va nazorat qilishning 

amaldagi tizimi qabul qilinayotgan qarorlarning ijrosiga to‘sqinlik qilayotgan 

tizimli muammolarni o‘z vaqtida aniqlash va bartaraf etishni 

ta’minlamayapti.  

 

 




5-topshiriq: Ma’naviyat va ma’rifat deganda Siz nimani tushunasiz? Bu 

borada O‘zbekistonda qanday ishlar amalga oshirildi? O‘z hududingiz 

(tuman, shahar yoki viloyat) misolida yoriting. 

5.1.


Ma'naviyat odamlarining ruhiy va aqliy olami yig'indisi. Ma'naviyat inson 

va  jamiyat  madaniyatining  negizi,  inson  va  jamiyat  hayotiy  ma'lum 

yo'nalishning  bosh  omili.Ma'naviyat  iqtisodiy  ijtimoiy  hayot  tizimining 

shakllanishi,  o'zgarishi  yoki  inqirozga  yuz  tutishiga  kuchli  ta'sir  ko'rsatadi. 

Ma'naviyat  boyib  borsa,  jamiyat  ravnaq  topadi.Aksincha  ma'naviyattiing 

qashshoqlashuvi  jamiyatning  tanazzulga  yuz  tutishiga  olib  keladi.  Boy 

ma'naviyatirniz buyuk davlat ko'rib bo'lmaydi. Ma'naviyat jamiyat va millat 

ravnaqining bosh omili va poydevoridir. Ma'naviyat insonni ruhiy poklanlsh 

va yuksalishga da'vat etadigan inson ichki olamini boyitadigan, Lining iymoni 

irodasini,  e'tiqodini  mustahkamlaydigan,  vijdonini  uyg'otadagan  qudratli 

botiniy kuch ekanligini unutmaslik lozim. Moddiy narsalar odamga jismoniy 

oziq  va  quvvat  bersa,  ma'naviyat  unga  ruhiy  oziq  va  qudrat  bag'ishlaydi. 

Faqat  moddiy  jihatdan  ta'minlanish  bilan  kifoyalanish  ongsiz  va  ruhsiz 

maxluqlarga  xosdir.Alisher  Navoiy  «Ma'no  ahli»  deganda  haqiqat  yo'liga 

kirgan  komil  insonni  nazarda  tutgan.  Shunday  ekan  ma'naviyat  insonning 

ruhiy olami bilan bog'lik. Ma'naviyat tushunchasi ma'rifat tushunchasini ham 

o'z ichiga oladi. «Ma'rifat» so'zi arabcha bo'lib, «arafa» so'zidan olingan. U 

bilish,  bilim,  ma'lumot,  ilm,  irfon,  tashish,  tanishish  ma'nolarini  bildiradi. 

Ma'naviyat  va  ma'rifat  tushunchalariga  bog'lik  atamalardan  «madaniyat» 

so'zi arabcha madina (shahar, keng) so'zidan kelib chiqqan; Arablar kishilar 

hayot  tarzini  2ga  bo'lib  birini  badaviy  yoki  sahroiy  turmushi,  ikkinchisini 

madaniy turmushi deb ataganlar. Badaviylik ko'chmanchi, dashtu sahrolarda 

yashovchi xalqlarga, madaniylik esa shaharda o'rtoq bo'lib yashab shaharga 

xos  turmush  tarzida  yashovchi  xalqlarga  nisbatan  ishlatilgan. 

O‘zbekiston 

Respublikasi  Prezidentining  «Ma’naviyat  va  ma’rifat»  jamoatchilik  markazi 

faoliyatini yanada takomillashtirish va samaradorligini oshirish to‘g‘risida»gi 

1996  yil  9  sentyabr  1559-

sonli  farmoni,  O‘zbekiston  Respublikasi 

Prezidentining 2017 yil 20 apreldagi “Oliy ta’lim tizimini yanada rivojlantirish 

chora-tadbirlari 

to‘g‘risida”gi qarori hamda O‘zbekiston Respublikasi Oliy va 

o‘rta maxsus ta’lim Vazirligining 1996 yil 16 sentyabrdagi 221-sonli buyrug‘i 

ijrosini  ta’minlash  maqsadida  Toshkent  davlat  iqtisodiyot  universitetida 

“Ma’naviyat  va ma’rifat”  bo‘limi  tashkil  etildi.  2016  yilining  5 iyulida  Oliy  va 

o‘rta  maxsus  ta’lim  vazirligi  va  Toshkent  davlat  iqtisodiyot  universiteti 

rahbariyati  tomonidan  o‘zaro  kelishuv  asosida  Toshkent  davlat  iqtisodiyot 

universitetining tashkiliy tuzilmasini tasdiqlashda “Ma’naviyat va ma’rifat” va 

iqtidorli yoshlar bilan ishlash bo‘limi” deb nomlana boshlandi.

 



Ushbu bo‘lim universitet ta’lim tarbiya jarayonini yanada takomillashtirish va 

samaradorligini  oshirish  maqsadida  “Ma’naviy-ma’rifiy”  tizimga  rahbarlik 

qilish,  bu  sohada  olib  boriladigan  ishlarni  muvofiqlashtirish,  ilg‘or 

tajribalardan  foydalangan  holda  ma

’naviy-ma’rifiy  masalalar  bo‘yicha  zarur 

ilmiy-uslubiy mavzuidagi adabiyotlarni tayyorlash, chop ettirish, barcha soha 

xodimlarining o‘qishlarini tashkil etish, har xil to‘garaklar, sport, jamoat klubi, 

uchrashuvlar,  umuminsoniy  qadriyatlarga  hurmat,  tarix

iy  an’analarga, 

Vatanga muhabbat, istiqlol g‘oyalariga sadoqat, mustaqillik ruhinima’naviyat 

sohadagi  yutuqlarimizni  talabalarga  keng  tushuntirish,  yangi  turdagi  yetuk 

davr  talabiga  javob  beradigan  yuqori  malakali  mutaxassislar  tayyorlash, 

ma’naviy-madaniy,  ahloqiy-ruhiy  jismoniy  jihatdan  barkamol,  Vatanga,  el-

yurtga sadoqatli kishilar qilib tarbiyalash «ma’naviyat va ma’rifat» bo‘limining 

bosh vazifasidir. 

 

                                  Fakultitet: Matematika va Fizika 



                                  

Ta’lim shakli: Sirtqi 

                                  Guruh:  103-MI 

                                  

Oraliq javoblari kim tomonidan topshirildi:                                                                         

                                  Mamatkarimov Shaxzod                         



Download 285,39 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish