O„zbekiston respublikasi oliy va o„rta maxsus ta‟lim vazirligi toshkent moliya instituti


Shumpeter va uning iqtisodiy o„sish nazariyasi



Download 4,73 Mb.
Pdf ko'rish
bet228/247
Sana16.07.2021
Hajmi4,73 Mb.
#120893
1   ...   224   225   226   227   228   229   230   231   ...   247
Bog'liq
iqtisodiy talimotlar tarixi

Shumpeter va uning iqtisodiy o„sish nazariyasi 
Shumpeter  30  yoshga  yetmasdan  turib,  1912-yil  birinchi  nashrdan 
chiqqan  va  1934-yilda  ingliz  tiliga  tarjima  qilingan  ―The  Theory  of 
Economic  Development‖  (Iqtisodiy  rivojlanish  nazariyasi)  kitobida 
o‗zining iqtisodiy  o‗sish nazariyasiga  asos  soldi.  Ushbu ajoyib tamoyil 
sirliligicha  saqlanib  qoldi,  chunki  u  50  yil  mobaynida  bozor 
iqtisodchilari  o‗rtasida  mashhur  bo‗lib  kelgan  iqtisodiy  model 
shakllanishi uchun asos bo‗lib xizmat qildi. Kinoyali tarzda olib qaralsa, 
Shumpeter gipotezaning ekonometrik asoslari iqtisodiyotda, shuningdek, 
raqobat  muhiti  mavjud  va  unda  salbiy  natijalarga  erishish  mumkin 
bo‗lgan sohalarda matematikaning qo‗llanilishi tarafdori bo‗lgan.  
Shumpeterning iqtisodiy o‗sish jarayoni bo‗yicha izohlari an‘anaviy 
qoliplarga  mos  tushmadi,  u  iqtisodiy  o‗sishning  noiqtisodiy  sabablarini 
keltirib  o‗tmagan.  U  ba‘zi  muhim  iqtisodiy  omillarni  tahlil  etishiga 
qaramasdan,  tizimdagi  o‗tgan  iqtisodiy  o‗sishning  asosiy  elementlarini 
hamda  kelajakdagi  iqtisodiy  o‗sishga  xalal  beruvchi  elementlarni 
noiqtisodiy elementlar qatoriga kiritdi. 
Shumpeter  asarida  keltirib  o‗tilgan  iqtisodiy  omillarning  tahliliga 
e‘tibor  qaratib  o‗taylik.  Umuman  olganda  u  kapitalizm  sharoitida 
iqtisodiy faoliyatdagi o‗zgarishlarni aniqlab, tahlil qilishiga qaramasdan, 
Seyning qonunini qabul qildi. Uning fikriga ko‗ra depressiya o‗zini o‗zi 
tartibga  soluvchi  jarayon  sanalib,  to‗la  bandlik  bo‗lmagan  hollarda 
tenglik vujudga kelmaydi. Marks depressiyani biror-bir tizimda umumiy 
yemirilishga olib keluvchi kelishmovchiliklar asosi sifatida qabul qilgan 
bir  sharoitlarda,  Shumpeter  depressiya  jarayonini  tizim  uchun  zararsiz 
hol  sifatida  E‘tirof  etdi.  Ular  iqtisodiy  o‗sish  umumiy  jarayonlarning 
ajralmas  qismi  ekanligini  nazarda  tutdi.  Iqtisodiy  o‗sish  biror  iqtisodiy 
davrning  eng  rivojlangan  bosqichi  sanaladi,  chunki  ushbu  davr 


318 
 
iqtisodiyotga  kiritilgan  yangi  mahsulot  va  texnologiyalardan  keladigan 
pirovard natijalarni o‗zida aks ettiradi.  
Depressiyaning  natijasi  boshqariluvchi,  samarali  faoliyat  olib 
boruvchi korxonalarni chetga surgan holda iqtisodiyotni larzaga solishda 
ishtirokchi  bo‗lib  qatnashishi  sanaladi,  shuningdek,  ushbu  jarayon 
sog‗lom  iqtisodiyot,  boshqariluvchi,  samarali  faoliyat  yurituvchi 
korxonalarning rivojlanishi uchun sharoitlar yaratib beradi.  
Ammo  Shumpeter  fikricha,  iqtisodiy  o‗sishning  asosiy  elementlari 
noiqtisodiy  omillar  sanalib,  jamiyatning  institutsional  tuzilmasida 
namoyon  bo‗ladi.  Shumpeter  tadbirkorlar,  deb  nomlanganlarning  ish 
faoliyatini  sanoatlashgan  olamda  sodir  bo‗lgan  ulkan  iqtisodiy  o‗sish, 
deb  baholagan.  Tadbirkor  Shumpeter  fikricha,  shunchaki  biznesmen 
yoki  ish  boshqaruvchi  emas,  balki  u  tabiatan  tavakkalchilikka  qo‗l 
uradigan 
va 
iqtisodiyotga 
innovatsiyaviy 
mahsulotlar 
va 
texnologiyalarni olib kiruvchi noyob shaxs sanaladi. 
Shumpeter  ixtiro  va  innovatsiya  tushunchalariga  aniq  izohlar  berib 
o‗tadi.  Faqatgina  kam  shaxslar  guruhgina,  ya‘ni  uzoqni  ko‗ra  biluvchi 
innovatsiyaviy  biznesmenlar  yangi  ixtironing  potensialiga  ega  bo‗la 
oladilar 
hamda 
uni 
o‗zlarining  shaxsiy  manfaatlari  yo‗lida 
foydalanadilar.  Ammo  ularning  manfaatlari  iqtisodiyot  uchun  ham  naf 
sanaladi. Tadbirkor tomonidan muvaffaqiyatli innovatsiyaning kiritilishi 
natijasida boshqa bir qancha biznesmenlar da‘vo bilan chiqishadi hamda 
yangi  mahsulot  va  texnologiyalarning  iqtisodiyot  tarmoqlari  bo‗yicha 
yoyilishini  aytib  o‗tishadi.  Iqtisodiyotda  iqtisodiy  o‗sishning  haqiqiy 
manbayi  innovatsiyaviy  tadbirkorlarning  faoliyatida  aks  ettirilib,  riskka 
moyil bo‗lmagan tadbirkorlar jamiyati faoliyatida namoyon bo‗lmaydi.  
Shuning  uchun  iqtisodiy  o‗sish  tadbirkorlar  faoliyatini  qo‗llab-
quvvatlovchi  va  rag‗batlantiruvchi  institutsional  xususiyat  orqali 
shakllanadi; xususiy mulkchilik hamda davlatning aralashmaslik siyosati 
ustun  bo‗lgan  mamlakatlarda  ilk  kapitalizm  ildizlari  iqtisodiy  o‗sishga 
ideal tarzda mos keladi. Bu davlatning aralashmaslik siyosati va shunga 
moyil  bo‗lgan  hukumatning  muhimliligini  qanchalik  o‗zida  aks 
ettrmasin,  Shumpeter  tahlilining  mazkur  qismi  iqtisodiy  o‗sishning 
klasssik  nazariyasi  bilan  nazariy  va  ideologik  bog‗liqlikda  o‗rganiladi, 
ammo  klasssik  nazariya  kapital  jamg‗armasi  hajmining  iqtisodiy 
omillarini ifodalagan bir sharoitda, Shumpeter iqtisodiyotda tadbirkorlar 
o‗rnini  tahlil  etishda  noiqtisodiy,  madaniy  va  sotsiologik  omillarni 
keltirib  o‗tadi.  Mazkur  iqtisodiy  qarashlar  va  bozor  iqtisodiyotiga 


319 
 
asoslangan  yangi  klassik  iqtisodiyot  nuqtayi  nazaridan  qarashlar 
Shumpeter fikrlari bo‗yicha quyidagicha ko‗rsatib o‗tilgan: 
Bir  tizimda  paydo  bo‗layotgan  o‗zgarishlarni  boshqa  bir  tizimda 
amalga  oshirilgan  qator  o‗zgarishlar  orqali  amalga  oshirib  bo‗lmaydi. 
Imkon  boricha  pochta  xodimlarini  ko‗proq  jalb  qilingki,  temir  yo‗l 
xizmatiga hojat qolmasin
75

 
Hozirgi  kunga  qadar  ko‗pchilik  kitoblardagi  iqtisodiy  g‗oyalar 
Shumpeter  kuzatuvlari  kelajakdagi  iqtisodiy  o‗sish  va  kapitalizmning 
shakllanishi  haqida  borganligini  tasdiqlaydi.  Marks  kapitalizmning 
batamom  yemirilishi  qarama-qarshiliklar  kelib  chiqishi  natijasida  sodir 
bo‗lganligini  taxmin  qilgan  bir  davrda,  Shumpeter  uning  tugashini 
muvaffaqiyat mahsuli sifatida faraz qilgan.  
 
U  bezori  tadbirkorlarning  jasoratli  amallariga  asoslangan  iqtisodiy 
o‗sishning  romantik  qarashlariga  ega  bo‗lgan  ideologik  konservativ 
iqtisodchi edi. U ushbu jarayonning davomiyligini ko‗rishni niyat qildi, 
shunga  qaramasdan,  tadbirkorning  kapitalizm  sharoitlarida  bankrot 
bo‗lishini  hamda  jamiyatda  intellektual  qatlamning  yuqori  darajadagi 
o‗rnining  paydo  bo‗lishini  kutdi.  Muvaffaqiyatli  tadbirkor  sanoat 
sohasida  riskdan  qochuvchi,  kam  samara  bilan  ishlayotgan  korxonalar 
o‗rtasidagi raqobat orqali g‗olib chiqqan katta korxonalar rivojlanishini 
qo‗llab-quvvatlaydi.  Ammo  katta  firma  tezda  riskdan  qochishga  moyil 
hamda  ehtiyotkor  bo‗ladi  va  u  innovatsiyaviy  tadbirkorlar  tomonidan 
emas,  balki  byurokratik  tashkilot  tomonidan  boshqariladi.  Shundan 
so‗ng  byurokratik  katta  firma  tadbirkorlarni  sekin-asta  yo‗q  qila 
boshlaydi  va  ularning  o‗rniga  ―mulohazali‖  ish  yurituvchilarni  qo‗yadi. 
Yollanma  ish  yurituvchilar  tadbirkorlarni  ishga  yollagan  paytda,  katta 
korxonalarga 
egalik 
qilish 
befarq 
egalik 
qilish 
hisoblanadi. 
Sotsializmning  haqiqiy  izdoshlari,  –  deydi  Shumpeter  Vanderbilt,  unga 
da‘vat  etuvchi  intellektual  shaxs  yoki  targ‗ibotchilar  emas,  Karnegi  va 
Rokfellerlar esa bundan mustasno‖
76

 
Shumpeter gigant firmalar bir qancha kichik, o‗z egalari tomonidan 
boshqariluvchi  firmalarni  yo‗q  qilib  yuborsa,  kapitalizmni  siyosiy 
qo‗llab-quvvatlovchilarning  kattagina  qismi  chetga  chiqishiga  ishondi. 
Shumpeterning  xulosasiga  ko‗ra  kapitalizmning  muvaffaqiyatli  tomoni 
xususiy  mulkchilikning  eski  tamoyillarini  bartaraf  etishda  va  u  uchun 
kurashishning  foydasizligida  edi.  Tadbirkor  ishidan  ketgan  taqdirda 
                                                             
75
 J.  A.  Schumpeter,  The  Theory  of  Economic  Development,  trans.  Redvers  Opie  (Cambridge,  Mass.:  Harvard 
University Press, 1934), p. 64. Italicized in the original. 
76
 J. A. Schumpeter, Capitalism, Socialism, and Democracy, 3rd ed. (New York: Harper, 1950), p. 134.   


320 
 
yollanma  ish  yurituvchi  va  aksiyadorlar  xususiy  mulkchilik  tamoyilini 
himoya qila olmay qolishadi. Ularning munosabati ishchi kuchi sinfi va 
jamiyat o‗rtasida keng yoyiladi. ―Oxir-oqibat bunga chidab tura oluvchi 
hech  kim  qolmaydi  (nafaqat  uchastka  ichida,  balki  undan  tashqarida 
ham).‖
77
 Bundan tashqari kapitalizmning yana bir muvaffaqiyatli tomoni 
kapitalist  tomonidan  topilgan  boylik  hamda  daromaddagi  o‗zgarishlar 
―aytilgan so‗z qudrati bilan qurollangan‖ va ―amaldagi hodisalar uchun 
bilvosita javobgarlikka‖ ega bo‗lgan jamiyatda intellektual guruhlarning 
ko‗payishiga  imkon  yaratganligi  sababli  ham  jarayonni  tezlashtirar 
edi.‖
78
 Ba‘zi  hollarda  ular  hukumat  byurokratiyasining  bir  qismi 
sanaladi,  ammo  eng  muhim  tomoni  shundaki,  hattoki  ommaviy 
kommunikatsiyaning yuqori darajalarda rivojlanishi orqali ular jamiyatni 
kapitalizm  institutlaridan  g‗azablanganlar  hamda  norozilar  sinflariga 
ajratishadi.  
Shumpeter  sekin-astalik  bilan,  ammo  ishonchli  tarzda  yaqinlasha-
yotgan  sevimli  tizimning  barbod  bo‗lishini  oldindan  ko‗ra  bildi. 
Tadbirkorning  yo‗q  bo‗lib  ketishi  hamda  davlat  aralashmaslik 
siyosatining  tugallanishi  natijasida  hukumat  iqtisodiyotga  yana  va  yana 
aralashishidan  voqif  bo‗lgan  edi.  Keynsga  o‗xshagan  ba‘zi  bir 
iqtisodchilar  mazkur  ichki  ishlarga  aralashish  siyosatini  kapitsalizmni 
saqlab  qolishning  yo‗li  sifatida  ko‗rishdi,  ammo  Shumpeter  buni 
kapitalizmning  batamom  yakunlanish  alomati,  deb  bildi.  ―Mulkchilik 
alomatlarining  yo‗qolishi‖  va  tadbirkorlikning  tugallanishi  natijasida 
Shumpeter oldingi iqtisodiy o‗sish uchun zamin yaratgan iqtisodiyotdagi 
dinamik element g‗oyib bo‗lishini bashorat qildi.  
Shumpeter  ba‘zi  tahsinlarga  sazovor  bo‗ldi,  lekin  asosiy  bozor 
iqtisodchilaridan bunday E‘tirofga ega bo‗la olmadi.  
Uning  norasmiy  yo‗nalishi  standartlashayotgan  rasmiy  yo‗nalish 
modeliga  mos  tushmas  edi.  Bu  faqatgina  makroiqtisodiyotning  asosiy 
qismini tashkil etgan hamda iqtisodiy o‗sishga alohida e‘tibor qaratgan, 
shuningdek,  iqtisodiy  o‗sishning  rasmiy  modelini  yaratib  bergan  1950-
yillarda  R.Xarrod,  E.Domar,  R.Solov  va  T.Svan  asarlarida  o‗z  aksini 
topdi.  Ushbu  rasmiy  iqtisodiy  o‗sish modellariga  qiziqish 1930-yillarda 
sodir  bo‗lgan  depressiya  hodisasi  tufayli  ahamiyatsiz  bo‗lib  qoldi  va 
shundan  kelib  chiqib,  iqtisodiy  davr  nazariyalariga  alohida  e‘tibor 
qaratildi.  

Download 4,73 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   224   225   226   227   228   229   230   231   ...   247




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish