Birinchi fazada – yangi mahsulotni ishlab chiqarishga joriy
etishda – yutuq eng avvalo, fan-texnika darajasiga bog‗liq bo‗ladi.
Shuning uchun yuqori malakali mehnat asosiy omil bo‗lib xizmat qiladi.
Ikkinchi o‗rinda boshqaruv mehnati turadi, uning asosiy vazifasi
tovarlarni keng miqyosda ishlab chiqarishga o‗tishning eng qulay yo‗lini
qidirib to‗ish hisoblanadi, mazkur bosqichda ishlab chiqarish kichik
ko‗lamda olib borilishi tufayli kapital oxirgi o‗rinda qoladi.
―Mahsulotning hayotiy sikli‖ nazariyasiga ko‗ra yangi mahsulotni ishlab
chiqarishga joriy etish eng kuchli ilmiy kadrlar va yuqori malakali ishchi
kuchi to‗plangan rivojlangan mamlakatlarda amalga oshiriladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |