uslublari bo„yicha bir-biridan farq qiladi. Birinchi xo‗jalik tipida
buyruq berishga, o‗z hukmini o‗tkazishga hech kimning haqi yo‗q.
279
Ikkinchisida – barcha qarorlar yuqoridan qabul qilinadi. Demak, o‗z-
o‗zidan yuzaga kelish holatlari bo‗lmaydi.
V.Oykenning keyinchalik qayd qilishicha, real voqelikda bunday
ideal xo‗jalik tiplari amal qilmaydi. Shuning uchun ―xo‗jalikning ideal
tipi‖ tushunchasi bilan birga u iqtisodiy hayotda doimo amal qiladigan
―xo‗jalikning real tipi‖ tushunchasini kiritadi.
Lekin har xil iqtisodiy tizim xo‗jalikning ideal tipiga intiladi. Bu
yerda xo‗jalik tiplari nima bilan aniqlanadi, degan savol tug‗iladi.
Buning sababi V.Oykenning fikricha, mamlakatning milliy-mintaqaviy
xususiyatlariga, ya‘ni an‘ana, urf-odat, axloq, din, madaniyat darajasi,
odamlar ongining shakllanishi va shu kabilardan kelib chiqadi.
Boshqacha aytganda, xo‗jalik tiplari xalqning o‗z tanloviga bog‗liq.
V.Oykenning fikriga ko‗ra ibtidoiy jamoa, quldorlik, feodal yer egaligi,
totalitar davlatlar, shu jumladan, sotsialistik iqtisodiyot markazdan
boshqariladigan xo‗jalikka intiladi. Xalq qancha madaniylashgan bo‗lsa,
u shuncha markazlashmagan iqtisodiyotni tanlaydi.
Bunday
vaziyatda
davlat
o‗zini qanday tutishi kerak?
Neoklassiklar nuqtayi nazariga ko‗ra bozorni tanlash – tabiiy jarayon,
chunki ular iqtisodiyotning faqat bir tipini – erkin bozor xo‗jaligini tan
oladi. V.Oyken bo‗yicha esa, insoniyat uchun iqtisodiyotning ikki tipi
tabiiy; markaziy-boshqaruv xo‗jaligi o‗zining amal qilishida hatto ancha
uzoq tarixga ega. Shuning uchun xalqning xo‗jalik tipini tanlashida
davlat uning istagiga quloq solishi, ijtimoiy institutlarni tashkil etishda
yordam berishi kerak. Masalan, agar bozor bo‗lmasa, bozorni tashkil
etish. Keyin davlat bir chetga chiqib turishi va bozor ishtirokchilarining
o‗yin qoidalarini kuzatib borishi kerak. Bu yerda neoliberallar futbol
komandasini misol tariqasida ko‗rsatadi. Ularning nuqtayi nazariga
ko‗ra davlat – bu futbol hakami, neoklassiklar esa davlatni hakamsiz
ko‗cha futbol komandasiga o‗xshatadi.
Neoliberallar fikriga ko‗ra ular iqtisodiy tizimni tanlash
to‗g‗risidagi ta‘limotni shakllantirdi. Agar neoklassiklar sotsialistik
tizimni ko‗zi bog‗langan, ertami-kechmi o‗raga qulab tushadigan tizim
sifatida tarixning qisqa muddatli xatosi, deb hisoblagan bo‗lsalar,
neoliberallar esa, markaziy-boshqaruv xo‗jaligini iqtisodiyotning tabiiy
varianti, deb hisoblaydi. U (iqtisodiyot) istibdod tartibotidan kelib
chiqqan (Rossiyada – podshoh, Sharq xalqlarida – xon va b.). Shuning
uchun neoliberallar fikriga ko‗ra markaziy-boshqaruv xo‗jaligi tarixning
xatosi hisoblanmaydi, balki uzoq tarixga ega, o‗zida erkin tadbirkorlik
unsurlarini mujassamlashtiruvchi qonuniyatli jarayon hisoblanadi.
280
Do'stlaringiz bilan baham: |