Ijtimoiy formatsiyalar nazariyasi. K.Marksning asosiy ilmiy
yutuqlaridan biri shundan iboratki, u ijtimoiy-iqtisodiy formatsiyalar,
ularni tashkil etuvchi elementlar, formatsiyalarning almashuv sabablari
to‗g‗risida ta‘limot yaratdi. U uch yirik (ijtimoiy-iqtisodiy formatsiyani)
ijtimoiy taraqqiyot bosqichini ko‗rsatib berdi.
170
1. Arxaik (birlamchi) formatsiya: sinfiy jamiyatgacha bo‗lgan
jamoa.
2. Iqtisodiy (ikkilamchi) formatsiya: sinfiy jamiyat; xususiy
mulkchilikka asoslangan antik, feodal va kapitalistik ishlab chiqarish
usuli.
3. Kommunistik formatsiya: kishining kishi tomonidan zulm va
ekspluatatsiya qilinishi muammosini hal qiluvchi sinfsiz jamiyat.
K.Marks ta‘limotiga ko‗ra bir formatsiyadan ikkinchisiga o‗tish
ijtimoiy inqilob orqali amalga oshadi, ya‘ni «kapitalizm qobig‗i
portlaydi», eski ishlab chiqarish munosabatlari yemirilib, ijtimoiy
tizimning yangi iqtisodiy bazisi shakllanadi.
Agar industrial jamiyatning dastlabki bosqichlarida kapitalistik
munosabatlar iqtisodiy o‗sishni rag‗batlantirsa, keyinchalik bu
munosabatlar iqtisodiy o‗sishning «kishaniga» aylanadi, zamon talabiga
javob bera olmaydi. Uning nazariyasiga ko‗ra kapitalizm halokatga yuz
tutadi. Chunki u o‗zining ichki ziddiyatlarini yechishga qodir emas.
Uningcha, kapitalizm o‗rniga dolzarb muammolarni yecha oladigan,
sanoat sivilizatsiyasi yutuqlaridan unumli foydalanish imkonini
beradigan yangi, ancha takomillashgan jamiyat kelishi kerak. K.Marks
ortiqcha ishlab chiqarish, ishsizlik va kambag‗allikni stixiyali bozor
iqtisodiyotining muqarrar hamrohi hisoblagan bo‗lsa, kelajakda
bo‗ladigan ancha takomillashgan iqtisodiyot esa, ijtimoiylik asosida
tashkil etilgan bo‗lishi, yagona reja bo‗yicha ishlashi kerak. Uning
tasdiqlashicha, bunday jamiyatda «oldindan ongli tarzda tuzilgan reja
bo‗yicha ijtimoiy ishlab chiqarishni amalga oshirish uchun imkon
tug‗iladi».
Shu narsani qayd qilib o‗tish kerakki, kapitalizmning muqarrar
halokati to‗g‗risidagi K.Marks dalillarida asosiy narsa jamiyatdagi
sinflar o‗rtasida daromadlar taqsimotining bozor tamoyili buzilganligida
emas, balki bu tizimning to‗la ish bilan bandlikni ta‘minlay olmasligi,
mustamlakadagi ekspluatatsiyaga va urishlarga bo‗lgan moyilligi
hisoblanadi. U sotsializm va kommunizmni ijtimoiy jihatdan ideal
hisobladi, ularni noantagonistik kommunistik jamiyatning fazalari, deb
atadi. K.Marks nazariyasiga binoan kommunizm – ishlab chiqarish
vositalari bir butun umumxalq mulki hisoblangan, jamiyatning barcha
a‘zolari ijtimoiy jihatdan batamom teng bo‗lgan sinfsiz tuzum.
171
Ammo K.Marksning sinfsiz jamiyat ideallari tantanasiga bo‗lgan
qat‘iy ishonchi, eng avvalo, klassik iqtisodiy maktabning sinflar
nazariyasiga asoslanadi. U o‗zini klassiklarning davomchisi hisoblagan
holda haqiqatan ham, iqtisodiy o‗sish muammosi bilan, xususan,
farovonlikning va daromadlarning o‗sishi hamda daromadlarning
mehnat, kapital va yer egalari o‗rtasida, ya‘ni sinflar o‗rtasida
taqsimlanish muammosi bilan shug‗ullandi. Lekin uning sinflar
nazariyasidagi markaziy g‗oya sinfiy kurash hisoblanadi. «Hozirga
qadar o‗tgan hamma jamiyatlar tarixi, – deb yozadi K.Marks, – sinflar
kurashi tarixidir. Hur va qul, patritsiy va plebey, pomeshchik va
krepostnoy, usta va xalfa, qisqasi, zolim va mazlum o‗rtasida doim
antagonizm bo‗lib keldi; ular har doim goh yashirin, goh ochiq bir-biriga
qarshi kurash olib bordi. Bu kurash har safar butun jamiyatni inqilob
asosda boshqatdan qurish bilan yoxud kurashuvchi sinflarning umumiy
halokati bilan tugadi». Marksning fikricha, o‗zining kuchayib
borayotgan ziddiyatlari bilan kapitalistik jamiyat ham bundan mustasno
hisoblanmaydi: turmush darajasi muttasil pasayib borayotgan sanoat
ishchilari sinfi kapitalizm «go‗rkoviga» aylanib boradi. K.Marksning
bashorati to‗g‗ri chiqmaganligini hayotning o‗zi ko‗rsatdi. Kapitalizm
yangi real hayotga moslasha bildi va ancha yuqori iqtisodiy o‗sishni
ta‘minlay oldi.
Umumiy xulosa qilib shuni aytish mumkinki, J.S.Mill va K.Marks
ijodi U.Pettidan boshlangan klassik iqtisodiy maktabning yakunlan-
ganligini bildiradi. Mazkur maktabning asosiy qoidalari quyidagilardan
iborat:
1. Inson faqat o‗z foydasiga, o‗z ahvolini yaxshilashga intiluvchi
kishi sifatida ko‗riladi.
2. Iqtisodiy bitimda ishtirok etuvchi barcha tomonlar qonun oldida
ham, shuningdek, uzoqni ko‗zlab ish yuritishda ham erkin va barobar.
3. Har bir iqtisodiy subyekt har qanday bozordagi baho, foyda, ish
haqi va renta to‗g‗risida to‗liq ma‘lumotga ega.
4. Bozor resurslarning to‗la harakatini ta‘minlaydi: mehnat va
kapital bir zumda kerakli joyga oqib o‗tishi mumkin.
5. Ish haqi bo‗yicha ishchilar sonining elastikligi birdan kam emas.
Boshqacha qilib aytganda, ish haqining har qanday oshishi ishchi kuchi
sonining ko‗payishiga olib keladi, ish haqining har qanday kamayishi
esa, ishchi kuchi sonining kamayishiga olib keladi.
6. Kapitalistning birdan bir maqsadi kapitaldan keladigan foydani
maksimallashtirish hisoblanadi.
172
7. Mehnat bozorida pullik ish haqi mutlaq moslashuvchan bo‗ladi
(uning miqdori faqat talab va taklif nisbati bilan aniqlanadi).
8. Boylikni ko‗paytirishning asosiy omili kapital jamg‗arilishi
hisoblanadi.
9. Raqobat takomillashgan bo‗lishi, iqtisodiyot esa davlatning
haddan tashqari aralashuvidan erkin bo‗lmog‗i kerak. Bunday sharoitda
«ko‗rinmas qo‗l» resurslarning optimal taqsimlanishini ta‘minlaydi.
10. Kapitalizm o‗rniga dolzarb muammolarni yechib berishga,
sanoat sivilizatsiyasi yutuqlarini eng yaxshi shaklda realizatsiya qilishga
imkon beruvchi jamiyat yuzaga keladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |