Bolalar adabiyotining o‘ziga xos xususiyatlari. Bolalar uchun ham,
kattalarga bo‘lgani singari, inson va jamiyatga, tabiatga daxldor barcha mavzularda
ijod etish mumkin. Bu farqli xususiyat mohiyatini A.A.Makarenko bolalar uchun
yozayotganda nima haqda yozish emas, balki qanday qilib yozishning
muhimligida, deb ko‘rsatgan edi. Shu jihatdan kattalar turmushining murakkab
qirralarini ifodalovchi maishiy hayot mavzusida Q.Muhammadiyning bolalarbop
qilib yozilgan “Qo‘ng‘izoy bilan Sichqonboy” she’riy adabiy ertagi bu fikrga asos
bo‘la oladi. Bu asar 1940-yilda yozilgan bo‘lib, dastlab “Mushtum” jurnalida
“Qo‘ng‘iz bikach bilan Sichqonboy” nomi ostida bosilib chiqqan. Asar uchun
tanlangan voqelik, muammo, g‘oya kattalar hayotiga to‘g‘ri kelsa-da, ammo u
allegorik obrazlar vositasida tasvirlangani bolalarbop mohiyat kasb etgan.
Bolalar adabiyoti tarbiya quroli sifatida kichkintoylarga bilim berish vazifasini
ham bajaradi, ularning qiziqishlari doirasini kengaytiradi. Garchi u “kattalar”– ijod
ahli tomonidan yaratilsa-da, bolalar olamini bolalarga xos nuqtayi nazardan badiiy
3
Nosir Fozilov. Ijod zahmati. Kitobda: Topdimu yo`qotmadim. Toshkent, “Sharq”, 2010. –B.267
10
tadqiq qiladi. Bolalar adabiyotining bosh xususiyati ham ana shunda: narsa-
hodisalarga bolalar ko‘zi bilan qaray bilish, ularni bolalarcha idrok eta bilish,
ularga bolalarcha munosabat ko‘rsata olish hamda ulardan bolalarcha
hayratlanishda. Bolalarni onalaridan yaxshiroq tarbiyalaydigan odam yo‘q, chunki
ular bolalar his qilgan narsani his etadilar, ular bilan birga kuladilar, yig‘laydilar.
Bunday ijodiy fazilat nafaqat bolalar adabiyotiga, balki uning bunyodkorlariga ham
xos xususiyat bo‘lib, har qanday yozuvchiga ham nasib qilavermaydi. Buni chuqur
his etgani bois K.I.Chukovskiy: “Bolalar – bizning ustozimiz”,– deya iqror bo`lgan
edi.
4
Chindan ham bolalarni ustoz darajasida anglamoq – bu, avvalo, ularga yuksak
ehtirom ko‘rsatmoq, ularning xarakterlarini, qiziqish va intilishlarini, kishilarga,
narsa va hodisalarga munosabatlarini, quvonch va iztiroblarini sinchkovlik bilan
o‘rganmoq, ayni zamonda shu jarayonni bolalarcha his etish, idrok qilish asosida
ular uslubiga muvofiqlashtirish, badiiyat sintezidan o‘tkazmoqdan iborat
san’atkorlikdir. Rost, inson ulg‘aygani sari o‘z bolaligidan uzoqlashadi, bolalik
tabiatidagi xususiyatlarni yo‘qota boradi. Biroq bolalar yozuvchisi bundan
mustasno; u inson sifatida har qancha ulg‘aymasin, baribir, bolalik tabiatini saqlab
qolmog‘i, uni tobora teranlashtirmog‘i, bolalarcha sinchkov va qiziqsinuvchi bo‘lib,
ular ko‘ngliga yo‘l topmog‘i, ruhiy dunyosiga kira bilmog‘i shart. Shundagina u
chinakkam bolalar yozuvchisiga aylana oladi.
Insonshunoslik adabiyotning bosh masalasi ekan, bolalar adabiyoti ham shu
makon va zamondan ayri rivojlanmaydi. Jamiyat taraqqiyotida ro‘y berayotgan
buyuk o‘zgarishlar, tarixiy hodisalar, kishilar ruhiyatidagi evrilishlarkichkintoylar
adabiyotida ham zuhur topadi. Shunday ekan, bolalar adabiyotining uzoq yoki yaqin
o‘tmishidagi o‘ziga xosliklar hozirgi adabiy jarayonda bir muncha yangilanishi
tabiiy. Chunki har bir davr o‘z adabiyoti oldiga eng dolzarb va g‘oyat muhim
talablarni qo‘yadi. Shu ma’noda, o‘tgan asrboshlarida bolalar adabiyotining
tarbiyaga xizmat qilishi, xalq bolalarini bilimli, ma’rifatli qilishga da’vat etishi,
ularning qoloq maishiy hayotini ko‘rsatib berishi asosiy mezon qilib belgilangan
bo‘lsa, sho‘ro mafkurasi davrida asosan, “baxtiyor yosh avlod” obrazini tarannum
qilish bosh yo‘nalish kasb etdi. Qahramon ruhiyatini ochish, bolalar va
o‘smirlikdagina kechadigan tuyg‘ular, murakkab ruhiy holatlarning badiiy tasviri
juda kam asarlarda ko‘zga tashlandi. Bolalar adabiyotidagi pedagogik talablar uning
so‘z san’ati sifatidagi badiiy ijod o‘zanlariga band soldi. Faqat o‘tgan asrning
so‘nggi choragi, aniqrog‘i, 80-yillardan boshlab bolalar adabiyoti yakranglikdan
qutula boshladi. Istiqlol arafasi va mustaqillik yillaridagina bolalar adabiyoti mavzu
va qahramon, shakl va mazmun, janrlar xilma-xilligi jihatidan sezilarli darajada
o‘zgardi. Binobarin, o‘zbek bolalar adabiyoti o‘z taraqqiyotida umumadabiyotga
mushtarak va farqli xususiyatlarga hamohang tarzda rivojlandi.
Binobarin, bolalar adabiyoti tabiat va jamiyatdagi barcha mavzularda ijod etish
jihatdan umumadabiyotga yaqin, “qanday qilib yozish muhim”ligi esa uning o‘ziga
xos jihatidir. Bu tarixiy tasnif mohiyati ayniqsa istiqlol davri bolalar adabiyotida
yorqin ko‘zga tashlanadi. Aytaylik, E.Malikning “Shaytonvachchaning nayranglari”
4
Чуковский К.И. От двух до пяти.M. Детгиз, 1963, стр.358.
11
ma’rifiy qissasida mustaqillik tufayli bolalar adabiyotiga xalq pedagogikasi, milliy
ta’lim-tarbiya asoslarining singdirilishi, shu bilan birga asarda jamiyat va mamlakat
taraqqiyotiga salbiy ta’sir etuvchi ijtimoiy hodisalarning obrazli tasviri namoyon
bo`lishi ahamiyatlidir.
G‘afur G‘ulomning “Shum bola” asari o`tgan asrning 30-yillarida yozilgan
bo`lsa ham u haqda “Qilichning damida yurib yaratilgan san’at mo‘jisasidir”
(A.Rasulov) deyilishida istiqlol mafkurasining ta’siri yaqqol seziladi. Zero,
yaratilgan chinakam badiiy asarlar zamonlar osha navqiron avlodlarga ham
yangicha estetik zavq bilan xizmat qilaveradiki, bunday asarlar yosh kitobxonni aslo
befarq qoldirmaydi.
Bolalar adabiyotining ikki yo‘nalishli adabiyot ekanligi hodisaning muhim
xususiyatlaridan. Chindan-da, u bolalar va o‘smirlarga mo‘ljallangani uchun, avvalo
shularning adabiyoti, ayni paytda san’at asari bo‘lgani bois kattalarning ham
diqqatini tortishi tabiiy. Adabiy ertak yozish an’anasini boshlab bergan va uni
cho‘qqiga ko‘targan X.K.Andersen shuni nazarda tutib yozgan edi: “Men nafaqat
bolalar uchun, balki kattalar uchun yozayotganimni har doim esda tutaman.
Bolalarni ertaklarning fabulasi ko‘proq qiziqtirsa, kattalarni ularga singdirilgan
g‘oya qiziqtiradi”.
5
Darhaqiqat, Sharl Perroning mashhur “Qizil shapkacha” ertagi
har qancha sodda va quvnoq sujet asosida qurilgan bo‘lmasin, ham bolalarni, ham
kattalarni qiziqtirgani holda unda ifodalangan “Qizil shapkacha”li go‘zallarni (qizil
shapkacha – go‘zallik ramzi, unda fransuz qizlarining umumlashma obrazlari
ko‘zda tutilgan) fransuz burjuaziyasining shahvoniyatparastligidan (Bo‘ri
qiyofasida fahshga mukkasidan ketgan burjuylar ko‘zda tutilgan) ogohlantirishdan
iborat g‘oyani faqat asar ijod etilgan tarixiy davr mantiqidan uqa olgan kattalargina
ilg‘ashlari mumkin. Shuningdek, Hamza Hakimzoda Niyoziyning “Yengil
adabiyot” darsligida keltirilgan “To‘g‘ri so‘zli bola” she’ri rostgo‘y bolaning ibrati
ifodasi tarzida taassurot qoldiradi. Ammo, “Meni – deb yozadi adabiyotshunos
A.Rasulov, – she’rdagi o‘zga masala jalb etdi. Bolaning yo‘lini to‘sgan, qaddi
qomati kelishgan, tasavvurimcha, bashang kiyingan ikki kishi kim edi? Nega ular
pul berib yolg‘on sotib olmoqchi bo‘ldilar? Qolaversa, iste’dodli Hamzada
yolg`onfurushlar qiyofasini yaratish fikri qachon, qanday paydo bo`ldi? Olim
masalaning shu tomoniga e’tibor qaratgani holda, she’rdagi yangi mazmunni
inkishof etadi: XX asrda mamlakatimizning ijtimoiy-siyosiy hayotida yolg‘onning
urchib ketgani, yolg‘on inqiloblar, yolg‘onni suv qilib ichib yuborgan “dohiylar”,
yer kurrasining oltidan birida barpo etilajak jannat haqidagi uydirmalar... xullas,
oxiri sarob “izm”lar munaqqidni mushohadaga undaydi. Ya’ni, bolalar uchun
yozilgan maktab darsligidagi mazkur she’r ham aslida dolzarb ijtimoiy-siyosiy
mazmun ahamiyat kasb etgani anglashiladi.
Sujetning qiziqarliligi bolaga haqiqatan zavq bag‘ishlaydi. Biroq zamondosh
kichkintoylar uchun buning o‘zi yetarli emas. Shiddat bilan rivojlanayotgan
davrning navqiron avlodlariga o‘tkir mazmunli fikr hamda g‘oya zarur. Tasavvurga
boy obraz va teran tasvirli psixologik, falsafiy-ma’rifiy jihatdan o`tkir sujetli
5
Андерсен Х.К.Эртаклар. – Тошкент: “Ёшгвардия”, 1960, 4-б.
12
asarlar hamda badiiy yuksak ijod namunalari yosh kitobxon ma’naviy olamini
boyitishga xizmat qiladi. Masalan, M.A’zamning inson va zamin muammolariga
bag‘ishlangan mushohadakor she’rlarini yosh kitobxon diqqat bilan o‘qiydi.
Jumladan, uning “Yodgоr хоlаning vаhimаsi” shе’ri yumоristik tаbiаti bilаn
o‘quvchigа zаvq bаg‘ishlаy olgan. Shоir, хаlq tilidаn fоydаlаngаni holda vоqеlikni
sujеt tizimigа bog`laydi. Shе’r quyidagi muammoli vaziyatdan boshlanadi:
Yodgоr хоlа to‘sаtdаn
bir tеpdi-yu qоpqаni,
chоpа kеtdi dаlаgа
nеvаrаsin tоpgаni.
Hоvliqqаn kаmpir chоr tаrаfgа yugurgilаb, nеvаrаsining ismini аytib
chаqirаvеrаdi:
–Аkbаr, Аkbаr, hоv Аkbаr,
qаygа kеtding, zumrаshа?
Zumdа g‘оyib bo‘lаsаn
аriq оshа, yo‘l оshа... –
Yodgоr хоlа yugurаr
оyoqlаri lоrsillаb,
jаvrаb bоrаr o‘zichа
yo‘l-yo‘lаkаy hаrsillаb…
Yodgоr хоlа nеvаrаsining ko‘rinmаy qоlgаnidаn vаhimаdа vа sаrоsimаdа.
Bunga shunchaki, so`roqsiz ketib qolgan bolaning kattalarni xavotirga solishidagi
odatiy holat deb qarash ham mumkin, albatta. Ammo kampir nevarasini аvvаl
yеngilginа – “zumrаshа” dеb, kеyin esа g‘аzаbi оrtgach, аchchig‘igа chidоlmаy
“qаy go‘rdаsаn”, “tirmizаk” dеya urishа bоshlаgani o`quvchi diqqatini oshiradi:
– O‘tirsа bo‘lmаsmikin
ko‘milib uy ichidа?
Tаshqаridа nimа bоr,
nimа bоr ko‘y-ko‘chаdа?
Аkbаr, Аkbаr, hоv Аkbаr,
qаy go‘rdаsаn, tirmizаk?
Tеz kеlа qоl, jоn bоlаm,
mоmоngni qilmаy hаlаk.
Qizig‘i shundаki, nеvаrа hеch qаyoqqа kеtmаgаn edi. Yodgоr хоlа bir оz оldin
uni erkаlаb, opichlab оlgаn bo‘lаdi. Аmmо kеksаlik tufаyli buni unutаdi. Shuning
uchun sujеt yеchimidа quyidаgi kulgili vоqеа bеrilаdi:
... Yodgоr хоlа bo‘ynidаn
siqib so‘rаr Аkbаrjоn:
– O‘zi qаysi Аkbаrni
chаqiryapsiz, mоmоjоn?
O‘z qilmishidаn o‘zining kulgisi qistаgаn, hаttо nеvаrаsining оldidа mulzаm
bo‘lib qоlgаn buvi sir bоy bеrmаy, yanа zo‘rаvоnlik ko‘rsаtib dеydi:
– Hа, bаshаrаng qurmаsin,
dаrrоv “hа” dеmаysаnmi?
13
Lo‘killаtmаy mеni ko‘p,
tеz оvоz bеrmаysаnmi?
Аyni pаytdа nеvаrа hаm bo‘sh kеlmаydi. Buvi-nеvаrаning diаlоgi аsоsidа
shе’rning yumоristik ruhi yanаdа kuchаytirilаdi:
– O‘zingiz оpichvоlib,
o‘zingiz chаqirаsiz.
Jinnimisiz, mоmоjоn,
nimаgа bаqirаsiz?
She’r so`nggida esa shoirning bosh g`oyasi buvining haqiqiy tаshvishi yanglig`
namoyon bo`ladi:
– Vоy Аkbаrjоn, bоlаm-а,
mеning ko‘nglim аlаg‘dа,
dеpаlаtsа bоshlаndi
o‘tgаn hаftа dаlаdа.
Butipоsmi, mutipоs,
bir bаlоlаr sеpаdi.
Qаnchа-qаnchа bоlаlаr
bаlnisаgа kеtаdi.
Mirzа bo‘lаng yotibdi
sаriq kаsаlgа uchrаb,
tinmаsdi,
yеrgа ursаng,
оlоvdаy ko‘kkа sаchrаb.
Uydа o‘tir, jоn bоlаm,
jоning оmоn bo‘lsа, bаs.
Sеn hаm dаrdgа chаlinsаng,
jоnimdаn bittа qоlmаs.
Anglashiladiki, she’r mazmunidagi yetakchi g`oya o‘tgan asrdagi “paxta
yakkahokimligi”ning
turli jarohatlari, alamli azoblaridir. Uning barcha
qiyinchiliklarini o`z boshidan o`tkazgan katta avlod – buvi-bobolar, ota-onalar o`z
farzandlaridan ham xavotirga tushadilar. Bolalar uchun buvining holati kulgi
qo`zg`atib, she’rdagi komiklikni ta’minlagan bo‘lsa, she’r xotimasi kattalarni jiddiy
mulohazaga yetaklaydi: yaqin tariximizdagi muammolarni eslab qayg`uradi, istiqlol
zamonidan, inson qadri ko`tarila boshlaganidan shukrona qiladi. Shu tariqa, bu kabi
she’rlar bolalar va kattalar adabiyotining muhim namunasi hisoblanadi.
Shunga o`xshash, o`zbek bolalar adabiyotining mustaqillik arafasi va istiqlol
yillarida yaratilgan ko`pgina asarlar ikki yo`nalishli adabiyot ekanligi bilan
diqqatga sazovor. Jumladan, A.Obidjonning “Dahshatli Meshpolvon” ertak
qissasidagi Meshpolvon portreti tasviri (“...ikki lunji nog‘ora, beti oftobday zog‘ora,
betida eshak tepkisidan naqshlangan chandiq, qorni qirq pudlik sandiq, burni
mushuknikidek puchuq, yelkasi baayni hurpaygan chumchuq, bo‘yni oldinga
enkaygan, quloqlari dinkaygan, oyoq bosishi ilang-bilang, boshi Yozyovon
cho‘lidek yap-yalang, ko‘rinishidan kamgap-u anqov, aslida mahmadana-yu
mijg‘ov, ko‘zlari boyqushnikiday ola... Xullas rosayam qiziq bola”) va qahramonlik
14
sarguzashtlari katta-yu kichikka baravar zavq berishidan tashqari, yozuvchi bu
orqali xalqona iboralar jilosi, unutilayozgan xalq dostonlari va ertaklari ohangi,
ruhini bugungi yosh avlod qulog‘iga singdirishni ko‘zlaydiki, bu ham o‘z navbatida,
hodisaning ikki xil mazmun-mohiyatiga xizmat qila oladi.
Binobarin, bolalarga mo‘ljallangan badiiy adabiyot kichkintoylardan tashqari
dastlab, san’at asari sifatida, so‘ngra, g‘oyadorligi jihatdan hammabop bo‘lishi
mumkin ekan.
Bolalar adabiyotida voqelikning o‘ziga xos tasviri ham muhim ahamiyat kasb
etadi. Bunda quyidagi xususiyatlar ko`zga tashlanadi:
Do'stlaringiz bilan baham: |