O‘zbekiston respublikasi oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi buxoro davlat univеrsitеti



Download 7,84 Mb.
Pdf ko'rish
bet6/190
Sana16.07.2021
Hajmi7,84 Mb.
#120887
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   190
Bog'liq
bolalar adabiyoti

kinosi va teatri rivojlandi.  
Muhimi,  bu  istiloh  ruscha  “detskaya  literatura”  so‘zining  aynan  tarjimasi 
tarzida emas, balki real voqelikka aylangan, o‘zbek bolalariga mo‘ljallanib yaratila 
boshlangan, ularga ixtisoslashgan adabiy hodisani ifodalagan holda dunyoga keldi. 
Buning    tarixiy-tadrijiy  tamoyillari,  ilmiy-nazariy  umumlashmasi  esa  “Bolalar 
adabiyoti” deb nomlangan mustaqil fan tarixida o‘z ifodasini topa bordi. 
Bolalar  adabiyotining  maqsadi  va  vazifalari.  Bolalar  uchun  maxsus  badiiy 
adabiyot yaratish an’anasi jamiyat taraqqiyotining muhim ma’naviy ehtiyoji tarzida 
reallikka aylangach, uning maqsadi va vazifalari aniqlashila bordi. Badiiy adabiyot 
inson  ruhiyatini,  hatto  uning  shaxsiyati  shakllanishi  va  rivojidagi  o‘rnining 
beqiyosligi bolalar adabiyotida yorqin ko‘rinadi. Badiiy asarning mo‘jizakor ta’sir 
kuchi  o‘sib  kelayotgan  yosh  qalblarda  ezgulik,  vatanparvarlik,  elsevarlik,  badiiy-
estetik  didni  shakllantirish,  umuman,  hayotga,  butun  olamga  ijobiy  va  ijodiy 
munosabatda  bo‘lishga  da’vat  etadi.  Shu  sababli  inson  “bola  chog‘lardan”  badiiy 
asarga,  kitobga  oshno  bo‘lib  o‘sishini  ta’minlaydigan  vositalardan  biri  –  bolalar 
adabiyoti  hisoblanadi.  Bundan  qariyb  ikki  asr  ilgari  bolalar  adabiyotining  ulkan 
munaqqidlari  V.G.Belinskiy,  N.G.Chernishevskiy,  N.A.Dobrolyubov  asoslab 
ko‘rsatganidek, yosh kitobxonlarga ta’lim-tarbiya berish bilan birga, ularga estetik 
zavq  uyg‘ota  oladigan,  qaynoq  hayot  manzarasini  butun  borlig‘icha  aks  ettirgan 
chinakam  badiiy  asarlar  hamon  muhim  talabligicha  qolayotir.  Shuningdek,  bugun 



 
bolalar  adabiyoti  sohasida  ham  faqat  milliy  zaminga  tayanish  ozlik  qiladi. 
Zamondosh  o‘quvchi  o‘z  milliy  bolalar  kitoblarini  o‘qish, uqish  bilan  birga,  jahon 
bolalar adabiyoti durdonalarini mutolaa qilmasligi mumkin emas. Endilikda bolalar 
va  o‘smirlarga  mo‘ljallanib  yozilgan  asarlarda  ularning  faqat  yosh 
xususiyatlarigagina  emas,  asar  janri,  mavzusi,  uslubi  va  tasvirda  o‘ziga  xos 
yondashuvlar  bo‘lishini taqozo  etayotir.  XXI  asr  bolalarining  badiiy  asarni qanday 
qabul  qilish  darajasi  ham  jiddiy  masala.  Yosh  kitobxonlarga  ongi  va  tafakkurini 
boyitish bilan birga, ularning qalbini, zavqini uyg‘otadigan ya’ni, tuyg‘ulariga ham 
kuchli  ta’sir  etadigan  san’at  asarlari  zarur.  Zotan,  bolalar  adabiyoti  fanining 
predmetini  bolalar  va  o‘smirlarga  bag‘ishlangan  asarlarning  g‘oyaviy-mavzuviy, 
janriy-badiiy  xususiyatlari,  ularga  oid  ilmiy-nazariy  qarashlar,  tadqiqotlar 
umumlashmasi, mualliflar hayoti va ijodini batafsil o‘rganish kabilar tashkil qiladi. 
Shuningdek,  xalq  og‘zaki  ijodi,  jahon  bolalar  adabiyoti  namunalarini  tahlil  va 
tadqiq  etish,  bolalar  kitobxonligi  ko‘rinishlarini  oydinlashtirish  bundagi  muhim 
hodisalardandir. 

Download 7,84 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   190




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish