qoplarga joyladi. (H.G‘.)
3) uyushgan to‘ldiruvchi: Botirali ular uchun, halq uchun, ozodlik uchun jonini fido
qilganini bilib qo‘yishsin. (H.G‘.)
4) uyushgan hollar: Andijonda, Marg‘ilonda, Qo‘qonda ancha sargardon bo‘lib
yurdi. (M.Is.)
5) uyushgan aniqlovchilar: O‘n minglarcha halqning, mashinalarning suroni bilan
to‘la qurilishda hayot qaynar edi. (O.)
Uyushiq bo‘laklarda ifodalanuvchi tushunchalarni o‘zida birlashtiruvchi, bir umumiy
nom bilan atovchi bo‘lak umumlashtiruvchi so‘z deyiladi.
Umumlashtiruvchi so‘zlar ko‘pincha hamma, hamma narsa, hech kim, hech nima,
hamma vaqt, hech qachon, hamma joyda, hech qaerda kabi so‘zlar va otlar bilan ifodalanadi.
Do'stlaringiz bilan baham: |