1389-1402-yillar Turkiya sultoni Boyazid hukmronlik
qilgan.
1391-yil Sohibqiron Amir Temur va Oltin O‘rda xoni
To‘xtamishxon qo‘shinlari o‘rtasida Qunduzcha jangi
bo‘lgan.
1392-yil Li Son Ge so‘nggi Koryo hukmdorini taxtdan
chetlatib, yangi Li sulolasiga asos soladi.
1392-1910-yillar Koreyada Li sulolasi hukmronlik qilgan.
1395-yil
Shimoliy
Kavkazda
Oltin
O‘rda
xoni
To‘xtamishxonning Amir Temurdan mag‘lubiyati Saroy,
Saroy Berka, Astraxan shaharlarining vayron etilishiga
sabab bo‘ladi.
1398-1399-yillar Sohibqiron Amir Temur Dehli sultonligiga
yurish qilgan.
XIV asr Fransiyada toifaviy monarxiya, markazlashgan
davlat shakllana boshladi.
XIV asr xalq og‘zaki ijodining sevimli qahramoniga
aylangan Robin Gud siymosi vujudga kelgan.
XIV asr Angliyada parlament lordlar va umumpalatalarga
bo‘linadi.
XIV asr Angliyada parlament soliqlar tayinlashdan tashqari,
qonunlar ishlab chiqish va qabul qilishda qatnashish
huquqini qo‘lga kiritadi.
XIV asr qog‘ozdan keng foydalanish kitob ishlab
chiqarishni yanada ko‘paytiradi.
XIV asr Vladimir-Suzdal knyazligi va Moskva shahri Rus
yerlarining birlashuviga asos bo‘ladi.
XIV asr Oltin O‘rda ulus nomini olgan to‘rtta yirik
viloyatga bo‘linib ketadi.
XIV asr Xitoyda paxtadan gazlama tayyorlash yo‘lga
qo‘yila boshlaydi.
XIV asr Dehli sultonligida siyosiy tarqoqlik boshlangan.
XIV asr boshlari Tampliyerlar ordeni taqiqlangan.
XIV asr boshlari Vladimir knyazligining Tver va Moskva
shaharlari rus yerlarining yangi markazlari sifatida yuksala
boshlaydi.
XIV asr boshlari Kichik Osiyodagi Saljuqiylar davlati
butunlay parchalanib ketadi.
XIV asr birinchi yarmi Oltin O‘rda davlati o‘z qudratining
cho‘qqisiga erishadi.
XIV asr o‘rtalari Germaniyaning shimolidagi shaharlar
Ganza ittifoqiga birlashadilar.
XIV asr o‘rtalari Moskva knyazlari ancha kuch to‘playdi.
XIV asr o‘rtalari Oltin O‘rda siyosiy nizolar davriga kirib, u
deyarli 20 yil davom etadi.
XIV asr o‘rtalari asirga olingan eng sog‘lom va baquvvat
xristian bolalaridan Turkiya sultonining shaxsiy gvardiyasi
jangchilari tashkil etilgan.
XIV asr o‘rtalari Xitoyda mo‘g‘ullarga qarshi xalq ozodlik
harakati kuchayadi.
XIV asr oxiri To‘xtamishxon Oltin O‘rdani o‘n besh yilga
yana birlashtiradi.
XIV asr oxiri feodal tarqoqlik, sulolaviy nizolar Mali
davlatining zaiflashishiga sabab bo‘ladi.
XIV asr oxiri Songailar hukmdori Almi mustaqil davlat
tuzadi.
XIV asr oxirida Londondagi birinchi yopiq bozor
Blekuelxoll qurib bitkazilgan.
Do'stlaringiz bilan baham: |