1922-yil yozigacha Bahrombek o‘z yigitlari bilan qizil
armiyaga qarshi faol kurashgan.
1922-yil avgustda Anvar Posho Sharqiy Buxoroning
Baljuvon atrofidagi Obidara qishlog‘ida qizil askarlarga
qarshi bo‘lgan jangda mardlarcha halok bo‘ldi.
1922-yil kuzida Bolsheviklar, chekistlar va josuslar
yordamida Bahrombek va ukasi Shahriyor qo‘rboshini
qo‘lga olishib, Samarqand shahrida otib tashlashgan.
1922-yil dekabrda XXSRda Qishloq xo‘jaligida yagona
soliq tizimi joriy qilindi.
1922-yil 30-dekabrda SSSR 4 ta ittifoqdosh sovet
respublikasi (RSFSR, Ukraina, Belorusiya, ZSFSR-
Kavkazorti) asosida tashkil topgan.
1922–1924-yillarda Porso Xo‘jayev Markaziy Ijroiya
Qo‘mitasi Raisi bo’lgan.
1923-yildan boshlab Markaz Xorazmda “bosmachilik”
harakatini tezlik bilan bartaraf qilish uchun barcha
imkoniyatlarni ishga soldi.
Do'stlaringiz bilan baham: |