1402-yil 20-iyul Amir Temur bilan Turkiya sultoni
Boyazid qo‘shinlari o‘rtasidagi hal qiluvchi jang Anqara
yaqinida, Chubuq mavzeyida sodir bo‘ladi (“Anqara
jangi”).
1402-yil yozi Amir Temur Fransiya va Angliyaga maxsus
elchilar orqali Karl VI va Genrix IV nomlariga maktublar
yo‘llaydi.
1403-yil Ispaniya qiroli Genrix III Amir Temur huzuriga
Klavixo boshliq ikkinchi marta maxsus elchilarni
yuboradi.
1403-yil may Amir Temurning elchilari Parijga yetib
boradilar.
1403-yil 15-iyun Fransiya qiroli Karl VI Amir Temurga
javob maktubi yo‘llagan.
1404-yil sentabr-noyabr Klavixo boshliq Ispaniya
elchilari Samarqandda bo‘ladilar.
1404-yil 21-noyabr Klavixo boshliq Ispaniya elchilari
Samarqanddan jo‘natib yuboriladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |