1868-yil 2-iyun Kitob hokimi Jo‘rabek va Shahrisabz
hokimi Bobobek boshchiligida xalq harakati rahbarlari o‘z
qo‘shinlari bilan samarqandlik qo‘zg‘olonchilar bilan birga
Rossiya imperiyasi qo‘shinlari garnizoni joylashgan
qal’aga hujum qilishdi.
1868-yil 4-7-iyun Samarqandda Rossiya imperiyasi
qo‘shinlari garnizoni joylashgan qal’ani egallash uchun
shiddatli janglar davom etdi.
1868-yil 6-iyun K. P. Kaufman tomonidan Samarqandda
Rossiya imperiyasi qo‘shinlari garnizoni joylashgan
qal’aga yordamchi kuchlar yuborildi.
Do'stlaringiz bilan baham: |