1
Tajriba ishi № 2
TERMOELEKTRIK TERMOMETRLAR. TERMOEYUK NI IKKILAMCHI ASBOBLAR
BILAN O’LCHASH.
I. Ishning maqsadi
Haroratni о’lchash asboblarini tuzilishi va ishlash prinsipi, asosiy texnik xarakteristikalari
tо’g‘risidagi ma’lumotlar bilan tanishish.
II. Ishning nazariy qismi
1. Termoelektrik termometrlar.
Termoelektrik termometrlarning ishlatilishi termojuft termo-elektr yurituvchi kuchining
(TEYUK ning) haroratga bog‘liqligiga asoslangan.
Bu asbob texnikaning turli sohalari va ilmiy-tekshirish ishlarida -200 °C dan + 2500 °C
gacha bо’lgan haroratlarni о’lchashda keng qо’llaniladi.
TEYUK ikki xil metall simdan iborat zanjirda, ularning kavsharlangan joyida haroratlar
farqi hisobiga hosil bо’ladi.
Bir xil uzunlikdagi ikki xil о’tkazgichdan tuzilgan zanjirdagi TEYUK yig‘indisi
о’tkazgichlar kontaktli farqining yig‘indisiga teng.
Ikki har xil о’tkazgichdan (termoelektrodlardan) tuzilgan termojuft zanjirida TEYUKni
о’lchash uchun о’lchash asbobi talab etiladi.
Asbobning ulanishi uchinchi о’tkazgich A ning zanjirda paydo bо’lishini taqozo etadi.
Uchinchi о’tkazgichni zanjirga ulash uchun ikki xil usuldan foydalaniladi: ulanmalardan biridagi
zanjirga ulash yoki termoelektrodlardan birini uzish.
Birinchi holatda asosan (kо’p qо’llaniladi) uchinchi о’tkazgichni ulash joyi harorati
termoelektrodlar uchining haroratlariga teng, ikkinchisida esa t noma’lum qiymatga ega.
Issiqlik texnikasining ayrim masalalarini hal qilish uchun haroratni о’lchashda termoelektrik
termometrlarni har xil ulash usullaridan foydalaniladi. Ulardan eng kо’p tarqalgan usullari bu
termobatareya va differensial termojuftdir.
Termoelektrik termometrlarning о’zgartgich koeffitsientini kо’paytirish uchun bir nechta
termojuftni ketma-ket ulanishidan (termobatareyadan) foydalaniladi. Bunda, termojuftlar bilan hosil
qilinayotgan TEYUK bir-biriga qо’shiladi, ya’ni n ta termojuftdan tashkil topgan
termobatareyaning TEYUKi alohida olingan termo-juftning TEYUKidan n marta kо’p bо’ladi.
Termobatareyali ulash usulidan kam farq qiluvchi ishchi harorati t ni va erkin uchlaridagi
harorat t
0
ni о’lchashda foydalaniladi.
Ikki nuqta orasidan harorat farqini о’lchash uchun differensial termoelektrik termometr
qо’llaniladi. U qarama-qarshi ulangan ikkita bir xil termometrdan tuzilgan. Agar haroratlar farqi
о’lchanayotgan nuqtalarning haroratiga о’zaro teng bо’lsa, unda о’sha nuqtalarda termometr hosil
qiladigan TEYUKlar ham teng bо’ladi. Bunday holda termometrdagi zanjir toki nolga teng bо’ladi,
chunki qarama-qarshi ulanganda bir termojuftning TEYUKi boshqa termojuftning TEYUKi bilan
kompensatsiya qilinadi va о’lchash asbobi nolni kо’rsatadi. Agar t
1
, va t
2
haroratlar turlicha bо’lsa,
2
u holda qaysi harorat yuqori bо’lishiga qarab, haroratlar farqiga proporsional bо’lgan zanjir toki
biror yо’nalishda oqadi va buni о’lchash asbobi kо’rsatadi.
Ayrim hollarda ikkita nuqtadagi haroratlar farqini о’lchash
zarurati bо’ladi. Bu holatda termojuftning ishchi kavshari
nuqtalarning birida, bо’sh uchlari esa boshqa nuqtalarida joylashadi.
Bunday
tо’g‘ri
chiziqli
approksimasiya
har
qanday
termojuftning haroratlar farqi 20—25 °C dan oshmagan hol uchun
tо’g‘ri keladi.