22
Axborot-resurs markazi to‗g‗risidagi namunaviy nizom O‗zbekiston
Respublikasi Vazirlar Mahkamasi tomonidan tasdiqlanadi.
O„zbekistondagi maxsus axborot-kutubxona muassasalari
―Maxsus kutubxona‖ atamasi lotin tilidan kelib chiqqan bo‗lib, qandaydir
predmet yoki xodisaga, mutaxassislikka nisbatan ―alohida‖ degan ma‘noni
bildiradi. Maxsus kutubxonalar XX asrning boshlarida maxsus gurux sifatida
shakllandi. Bu vaqtda fanlarni bo‗linish davri (differentsiatsiyalanish) tugayotgan
va birlashish ya‘niy integratsiya davri boshlanayotgan davr edi.
Maxsus kutubxonalarning ijtimoiy ijtimoiy vazifasi-kasbiy o‗qishni- ya‘niy
mutoalaani tashkil etishdir. Kasbiy o‗qish fondni komplektlash sohasini,
kitobxonlar kontengegtini, ishlarni tashkil etishning shakl va usullarini aniqlaydi.
Maxsus kutubxonalar o‗z fondalarini o‗zlari xizmat ko‗rsatuvchi tashkilot,
muassasa,
ishlab
chiqarish
korxonasi
sohasi
bo‗yicha
komplektlaydi.Komplektlash ob‘ekti sifatida kitoblar, vaqtli va davomli nashrlar,
standartlar, kashfiyotlarni tavsiflari, ma‘muriy-idoraviy nashrlar, xisobotlar,
chizma-konstruktorlik va loyixaviy xujjatlar, shuningdek nashrlarning maxsus
turlari-kartografik, musiqa-notalari, audiovizul nashrlar bo‗lishi mumkin.
Maxsus kutubxonalar-nafaqat xujjatli fondlarni saqlovchi joy, balki xujjatli-
axborot kommunikatsiya markazi, keyingi vaqtlarda esa elektron kommunikatsiya
markazi hamdir. Shuning uchun ushbu kutbxonalar faoliyati favat bibliografik
ma‘lumotlarni qidirish va birlamchi xujjatlarni yetkazib berish bilan chegaralanib
qolmasdan, balki ular faoliyatida faktografik axborotlarni yetkazib berish ushbu
faoliyatda muxim o‗rinni egallaydi. Masalan, maxalliy ishlab chiqarish va savdo
haqidagi ma‘lumotlarni bilish kutubxona xodimidan maxsus bilimlarni talab etadi.
Olimlar va mutaxassislarni axborotga bo‗lgan so‗rovlarining mazmuniga
ularni kasbiy faoliyati ta‘sir ko‗rsatadi, ularni kutubxona resurslariga bo‗lgan
talablarning aniqlanishi esa mavzuli yo‗nalish orqali belgilanadi. Shuning uchun
maxsus kutubxonalar bir- biri bilan avvalo bilim sohalari bo‗yicha farq qiladi.
Maxsus kutubxonalarni uchta asosiy guruxga ajratish mumkin: ijtimoiy-
ilmiy (gumanitar), tabiiy-ilmiy va amaliy soxa. Keyingi bo‗linish maxsus
kutubxonalarni fan tarmoqlari va ishlab chiqarishga mo‗ljjalangan fondlarni
tashkil etishga qarab amalga oshiriladi (astronomik va geologik, geografik va
kartografik, tarixiy va san‘atshunoslik, yuridik, meditsina, qishloq xo‗jaligi,
texnika va x.k).
Maxsus kutubxonalarni tabaqalashtirishning muxim belgilaridan biri
kutubxona mansub bo‗lgan tashkilotning ish faoliyati xisoblanadi. Shunga asosan
ilmiy, o‗quv, ishlab chiqarish va boshqaruv kutubxonalari ajratiladi. Shuningdek
III. NAZARIY MATERIALLAR
23
boshqa belgilar bo‗yicha ham guruxlarga ajratish mumkin. Masalan,
kutubxonalarni statusi bo‗yicha- respublika, soha bo‗yicha markaziy, regional,
bosh kutubxona, shoxobcha. Adabiyotlar turi bo‗yicha- (patent kutubxonasi),
abonentlarga xizmat ko‗rsatish kategoriyasi bo‗yicha (ko‗zi ojizlar kutubxonasi).
O‗zbekiston xududida maxsus kutubxonalar X1X asrning ikkinchi yarmidan
paydo bo‗la boshladi va ular ma‘lum gurux kishilariga xizmat ko‗rsatar edi. Ular
dastavval Samarqand va Toshkent shaxrida faoliyat yuritdilar. Bu tipdagi
kutubxonalar avvalo ilmiy-texnik jamiyatlar qoshida tashkil etildi va rus axolisiga
xizmat ko‗rsata boshladi. Ulardan faqat ilmiy va injener-texnik xodimlar,
ma‘muriyat va ilmiy muassasalar vakillarigina foydalanishgan.
O‗zbekistondagi eng yoshi ulug‗ maxsus kutubxonalar- O‗zbekiston Fanlar
Akademiyasi Astronomiya instituti kutubxonasi ( 1873 y.), Samarqand viloyatidagi
lalmi tuproqshunoslik ilmiy-tadqiqot instituti kutubxonasi (1913 y.), O‗zbekiston
Davlat
madaniyat
va
san‘at
muzeyi
ilmiy-ma‘lumot
kutubxonasi
(1911y.Samarqand) xisoblanadi.
Respublikadagi yirik maxsus kutubxonalar quyidagilardir:
-
O‗zbekiston Fanlar Akademiyasining Asosiy kutubxonasi;
-
Respublika ilmiy pedagogika kutubxonasi;
-
Respublika ilmiy meditsina kutubxonasi;
-
Markaziy ilmiy qishloq xo‗jaligi kutubxonasi.
Ushbu kutubxonalarning fondi million nusxadan oshib ketgan.
O‗zbekiston Fanlar Akademiyasining Asosiy kutubxonasi 1933 yilda tashkil
etilgan. Uni tarixi respublikadagi ilm-fanni rivojlanishi bilan uzviy bog‗langan.
Ushbu kutubxona akademik kutubxonalar tarmog‗ini boshqaradi. Uni tarkibiga 30
ga yaqin ilmiy-tekshirish institutlarini kutubxonalari kiradi.
Maxsus kutubxonalar ichida asosiy o‗rinlardan biri texnika kutubxonalari
kiradi. Texnika kutubxonalari ichida eng ko‗p tarqalganlari ishlab chiqarish
korxonalari va birlashmalari qoshidagi kutubxonalari xisoblanadi.Ularni fondida
salmoqli o‗rinni jurnallar, texnik xisobotlar, ma‘muriy-idoraviy nashrlarning ba‘zi
bir xillari, standartlar, chizma-konstruktorli xujjatlar va boshqalar tashkil etadi.
Ular kitobxonlarga zudlik bilan ilmiy-texnika xujjatlari haqida axborot berish
imkonini beradi. Texnika kutubxonalarida asosan keyingi yillarda chop etilgan
adabiyotlar bo‗ladi. Chunki texnikaga oid adabiyotlar juda tez eskiradi.
Respublika texnika kutubxonalari ichida yetakchi o‗rinni 1957 yilda tashkil
etilgan, 2 milliondan ortiq kitob fondiga ega bo‗lgan Respublika ilmiy-texnika
kutubxonasi tashkil etgan. Hozirda ushbu kutubxona Alisher Navoiy nomidagi
O‗zbekiston Milliy kutubxonasi tarkibiga kirgan.
O‗zbekiston sog‗liqni saqlash axoliga meditsina xizmati ko‗rsatish tizimida
III. NAZARIY MATERIALLAR
Do'stlaringiz bilan baham: |