91
mahsulotning ishlatilish maqsadlari va shartlariga bog’liq holda mahsulot
sifatining yagona ko’rsatkichlari
sistemasi aniqlanadi;
optimal sifatni ta’minlash uchun me’yorlar, shartlar va mahsulotni
loyihalash usullari ishlab
chiqiladi;
ishlab chiqarish jarayonlarini kompleks mexanizatsiyalashtirish, fan-texnika
taraqqiyotini jadallashtirish, mahsulot ishlab chiqarishda mehnat unumdorligini oshirish,
iste’mol va ta’mirlashning samaradorligi, ishlab chiqarishni ixtisoslashtirishning muhim
sharti sifatida unifikatsiyalashtirish darajasini oshirish ta’minlanadi.
Konstruktorlik hujjatlashtirishning yagona sistemasi (ESTD), ishlab chiqarishni
texnologik tayyorlashning yagona sistemasi va boshqalar.
Standartlashtirishni tadbiq etish texnologiyani ishlab chiqish jarayonini yaxshilash
va jadallashtirish, ishlab chiqarishning texnikaviy va tashkiliy darajasini oshirishga
imkon beradi va sifatning muqimligini ta’minlaydi.
Mahsulot ishlab chiqarishni yo’lga qo’yish bosqichida davlat standartlari mahsulot
ishlab chiqarish jarayonini takomillashtirish, ishlab chiqarishni tayyorlash, fan-texnika
yutuqlarini ishlab chiqarishga joriy etish, ishlab chiqaruvchilar bilan buyurtmachilar
o’rtasida uzviy aloqa orqali yangi, yuqori sifatli mahsulotlarni yaratish va o’zlashtirishga
qaratilgan.
Standartlashtirish sistemasi yangi mahsulotga yuqori sifatli loyiha hujjatlashtirish
ishlarini, korxonaning berilgan sifat ko’rsatkichlari bo’yicha mahsulot ishlab chiqarishga
tayyor bo’lishi hamda o’z vaqtida mahsulotni ishlab chiqarishdan olib tashlashini taqozo
qiladi.
Muomala va sotish bosqichida standartlashtirish mahsulotni o’rash-joylash, joydan-
joyga tashish, omborxonalarda saqlash ishlarining yaxshi yo’lga qo’yilishiga shartlarni
o’rnatilishiga qaratilgan.
Iste’mol va ekspluatatsiya bosqichida standartlashtirish mahsulotni ishlatishga,
ta’mirlashga (shu jumladan kafolatli) nisbatan yagona shartlarni o’rnatadi, ekspluatatsiya
bosqichida mahsulotning sifati to’g’risidagi ma’lumotlarni to’playdi va tahlil qiladi,
ta’mirlash va xizmat ko’rsatishni yaxshilaydi, mahsulotni ekspluatatsiya qilish
xarakatlarini qisqartirib, undan foydalanish samaradorligining ortishiga imkon beradi.
Sanoat mahsulotini attestatsiyadan o’tkazishda standartlar sistemasi zarur va uni
ob’ektiv baholash uchun zarur bo’lgan sifat ko’rsatkichlari ro’yxatini va o’tkazilish
tartibini o’rnatadi.
Mahsulot sifati muammosining hal etilishi metrologik ta’minlanish darajasiga
bog’liq. Mamlakatimiz bo’ylab o’lchamlarning yagona va ishonchli bo’lishini ta’minlash
uchun rivojlangan etalon bazasi yaratilgan, o’lchamlar yagonaligini ta’minlovchi
standartlar sistemasi ishlab chiqilgan.
Standartlashtirishni rivojlantirishning zamonaviy bosqichining o’ziga xos tomoni
alohida standartlarni ishlab chiqishdan kompleks standartlashtirish dasturiga o’tishdir.
Mahsulot sifatini oshirish. Standartlashtirish ishlab chiqarilayotgan mahsulotlarning
tipi va tiporazmerlari nomenklaturasini tartibga soladi. Seriyali va ommaviy ishlab
chiqarishda odatda, konstruktsiyasi, sifat ko’rsatkichlari, razmeri standartlashtirilgan
mahsulotlarnigina ishlab chiqarishni tashkil etadi. Mahsulotga nisbatan standartlarning
bekor qilinishi uni ishlab chiqarishdan olib tashlanganligini bildiradi.
Kompleks standartlashtirish usuli agregatlashtirish printsipini keng qo’llashga
imkon beradi, xom ashyoga, materiallarga, komplektlovchi buyumlarga, texnologik
jarayonga, dastgohlarga, o’lchov asboblariga va boshqa mahsulot sifatini ta’minlovchi
ob’ektlarga nisbatan o’zaro bog’langan shartlarni qo’yadi.
92
Standartlashtirish
natijasida
mahsulotlar
nomenklaturasining
qisqarishi
ixtisoslashtirishning rivojlanishiga, korxonalarning tarmoqlar hamda tarmoqlararo
kooperatsiyalashuvning chuqurlashuviga imkon beradi.
Ishlab chiqarishda iqtisod qilishni oshirish.
Unifikatsiyalangan va standartlashtirilgan agregatlar va mashinalar elementlarini
qo’llash mehnat unumdorligini va ularni loyihalashtirish sifatini oshiradi. Bunda
loyihalashtirish ishlariga ketadigan xarajatlar qisqaradi. Ishlab chiqarishni texnologik
tayyorlashning yagona sistemasini joriy etilganda standart instrument va asboblardan
foydalanish hisobiga ishlab chiqarishni
tayyorlash muddati qisqarib, xarajatlar kamayadi.
Xulosa qilib aytadigan bo’lsak, standartlashtirish mahsulot sifatini oshirishda
yagona davlat tashkiliy texnikaviy siyosatini amalga oshirish imkonini beradi va
mamlakatimiz iqtisodini boshqarishning ilmiy-uslubiy birligini ta’minlaydi. Korxona
miqyosida standartlashtirish sifatni boshqarishda tarmoq hamda tarmoqlararo
standartlashtirish bilan uzviy bog’liqlikni ta’minlaydi.
Do'stlaringiz bilan baham: