Sertifikatlashtirish guvohlik berish, qayd yoki shahodat etish, ishonch bildirish
ma’nolarini bildiruvchi certifus (lotincha) so’zidan olingan bo’lib, kerakli ishonchlilik
bilan mahsulotning muayyan standartga yoki texnikaviy hujjatga muvofiqligini uchinchi,
xolis va tan olingan tomon tarafidan tasdiqlaydigan faoliyatni bildiradi.
Sanoat korxonalarida ishlab chiqilayotgan turli xil mahsulotlar muayyan sifat
ko’rsatkichlariga ega bo’lishi kerak. Sifat ko’rsatkichlari esa ma’lum, belgilangan
talablarga muvofiq /mos/ kelishi lozim. Muvofiqlik o’z navbatida ma’lum standartga yoki
boshqa me’yoriy hujjatlarga mos kelishini talab etadi. Muvofiqlikni sertifikatlashtirish
(ya’ni tasdiqlash) mumkin.
"Sertifikatlashtirish" tushunchasi birinchi marta Xalqaro standartlashtirish
tashkiloti Kengashining sertifikatlashtirish masalalari bo’yicha maxsus qo’mitasi
tomonidan ishlab chiqilib, uning "Standartlashtirish, sertifikatlashtirish va sinov
laboratoriyalarini akkreditlash sohalaridagi asosiy atamalari va ularning qoidalari"
qo’llanmasiga kiritilgan.
Qayta
ishlangan
Xalqaro
standartlashtirish
tashkilotining
qo’llanmasida
"sertifikatlashtirish" atamasining faqatgina izohlari berilgan:
Sertifikatlashtirish umumiy atama bo’lib, mahsulot, texnologik jarayon va
xizmatlarning sertifikatlashtirishda /muvofiqlikni tasdiqlashda/ uchinchi tomonning
qatnashishi va unga xolisona baho berishi tushuniladi.
O’zbekiston Respublikasi mustaqillikka erishgandan so’ng sertifikatlashtirish
sohasida juda katta ishlar amalga oshirildi va hozirgi kunda ham bu sohaning rivojlanishi,
xalqaro miqyosda tan olinishi ustida «O’zstandart» Agentligi tomonidan katta e’tibor
berilmoqda. Binobarin, 1992 yil mustaqillikning ilk yillaridayoq Vazirlar Mahkamasi
huzurida standartlashtirish, metrologiya va sertifikatlashtirish Davlat markazi
(«O’zdavstandart») va keyinchalik, 2002 yilda, ushbu sohani yanada rivojlantirish va
takomillashtirish maqsadida mustaqil «O’zstandart» Agentligi tashkilotiga aylantirilishi
Hukumatimiz tomonidan bu sohaga berilayotgan ahamiyatning mahsuli sifatida qarash
mumkin. Davlatimiz tomonidan sertifikatlashtirish ishlarini tashkillashtirish, uni tartibga
tushirish va bu sohaning qonuniy asosini yaratish maqsadida 1993 yil «Mahsulot va
xizmatlarni sertifikatlashtirish to’g’risida»gi qonunning qabul qilinishi, buning natijasida
ishlab chikarilayotgan va chetdan olib kirilayotgan mahsulotlarning xavfsizligi
to’g’risida Qarorning qabul qilinishi, uni amalga oshirish maqsadida qator chora-
tadbirlarning ishlab chiqilishi ham aytib o’tilgan so’zlarning yaqqol misolidir.
Do'stlaringiz bilan baham: |