10
1917 yilga qadar o`lkadagi ilmiy jamiyatlar tomonidan hammasi bo`lib Rus geografiya
jamiyatining Turkiston bo`limi «Axboroti»ning 13 jildi (1898—1917 yillar), Turkiston
arxeologiya va havaskorlar to`garagining majlisi qarorlari va axborotlaridan 21 to`plam (1896—
1917 yillar), Turkiston qishloq xo`jaligi jamiyati tomonidan «Turkiston qishloq xo`jaligi»,
jurnalidan 142 son (1906—1917 yillar), «Turkiston dehqoni» jurnalidan 60 son (1915 — 1917
yillar), SHarqshunoslik jamiyati Toshkent bo`limi «Axboroti» ning 6 soni (1908—1909 yillar),
bundan tashqari yana ilmiy-tibbiyot jamiyatlarining ko`pgina protokol hamda asarlari va
boshqalar bosib chiqarilgan edi.
Ozbekistonning va umuman butun Turkistonning yodgorliklari ko`pdan buyon olimlarning
diqqatini o`ziga jalb qilib kelardi. XIX asr davomida osori atiqalar ustida arxeologik kuzatishlar,
qidiruv ishlari olib borildi. Bu sohadagi ishlar P. I. Lerh N. I. Veselovskiy, V. A. Jukovskiy, V.
V. Bartol’d va mahalliy turkistonshunoslardan M. S. Andreev, V. L. Vyatkin, A. L. Kun, A. A.
Semyonov va boshqalarning nomlari bilan bog`liqdir.
Sobiq Turkistonning qadimiy yodgorliklarini hisobga
olish va tekshirishga markazdagi
ilmiy muassasalar
imperator arxeologaya komissiyasi, ayniqsa Rus
arxeologiya jamiyatinyng
SHarq bo`limi, shuningdek, 1903 yil
aprelda tashkil qilingan o`rta va SHarqiy Osiyoni tarixiy,
arxsologik, lingvistik va etnografik lsihatdan o`
rganish qo`mitasi ham e`tibor berdi.
Rus
havaskor kollektsiyachilari Barshchevskiy, Vyatkin, Dobromnslov, Kastal’skiy,
Komarov, Petrov-Borzna, Poslavskiy, Stolyarov, Terent’ev, Trofimov va boshqalarning
to`plagan ko`pdan-Ko`p ma`lumotlari hammaga mashhur edi.
Arxeologiya yig`malari 1871, 1874, 1889 yillarda Toshkent, Samarqand va Farg`onada
ochilgan muzeylarda saqlanadi.
O`rta Osiyo tarixiga oid eng muhim manbalardan biri Muhammad Narshaxiyning «Buxoro
tarixi» (X asr) asari N. S. Likoshin tomonidan rus tiliga tarjima qilinib, 1897 yilda nashr etilishi
(V. V. Bartol’d tahriri ostida) katta ahamiyatga ega bo`ldi.
Qadimgi me`morchilik yodgorliklaridan asosan Samarqand yodgorliklari o`rganildi. 1895
yilda N. I. Veselovskiy rahbarligi ostida va me`mor A. V. SHchusev va boshqa mutaxassislar
ishtirokida Imperator arxeologiya komissiyasi Go`ri Amirni me`morchilik, dekoratsiya nuqtai
nazaridan o`rganish uchun ilmiy safar uyushtirdi. Bu ilmiy safar ishlarining natijalari 1905 yilda
ajoyib al’bom holida nashr etildi!
O`rta Osiyo chor Rossiyasi tarafidan bosib olinganidan keyin O`zbekistonning tarixi va
arxeologiyasini o`rganish bilan birga, butun o`lkani etnografik jihatdan o`rganish ishlari ham
birmuncha kengaytirildi. Bu ishlarda sharqshunos mutaxassislar bilan bir qatorda, havaskor
o`lkashunoslar va mansabdorlar, ko`proq harbiy-lar orasidan chiqqanlar ham qatnashdilar. O`lar
Turkiston o`lka idora organlaridagi xizmatlarining bergan imkoniyatidan foydalanib, xalq
turmushini o`rgandilar, turli joylarga borib mahalliy aholi bilan aloqa bog`ladilar.
V. V. Bartol’d, N. I. Veselovskiy, V. V. Radlov, A. N. Samoylovich singari mashhur
sharqshunoslarning ayrim asarlari etnografiya nuqtai nazaridan katta ahamiyatga egadir.
Turkistonda mahalliy aholi orasida ishlab kelgan rus shifokorlarining e`lon qilgan maqola va
ma`lumotlarida ham etnografiyaga oid ko`pgina qimmatli ma`lumotlar bor.
Etnografik kuzatishlar bilan bir qatorda o`zbek xalqining turmushi va maishiy buyumlari
(kiyim-bosh,zeb-ziynat,qurol-yarog`,uy-ro`zg`or buyumlari,ishlab chiqarish qunollari)dan
Do'stlaringiz bilan baham: