79
chorrahalarda qurilgan. Muntazam sakkiz burchakli ichki xonaga mahobatli gumbaz yopilgan.
16 darchali bu gumbazning meridianal qovurg`alari bor. Toqi zargaronda o`ttizdan ortiq
zargarlik do`koni va ustaxonalar bo`lgan. Bu erda har xil zeb-ziynat buyumlari yasab sotilgan.
Toqi telpakfurushon ko`chalar chorrahasiga qurilgan. U oltiburchak shaklida bo`lib, markaziy
gumbazda darchalari bor. Toqi telpakfurushon ilgari Toqi kitobfurushon deb atalgan, chunki bu
erda kitoblar sotilgan. Toqi sarrofon ikki ko`cha chorrahasida bo`lib, ulardan biri Registon
tomonga qarab ketgan. U shuning uchun Toqi sarrofon deb atalganki, unda ko`pincha sarroflar
o`tirib, chet el pullarini almashtirganlar va pul maydalaganlar. Buxoronning Abdullaxon timi va
toqlari qadimiy shaxar qurilishining obod, yirik ko`chalarida saqlanib qolgan elementlarigina,
xolos. O`rta Osiyo va SHarq mamlakatlaridagi birorta shaharda bunchalik mahobatli (ulug`vor)
me`morchilik inshootlari yo`q, desa bo`ladi.
Devonbegi xonaqosining old tomoni Labihoiul suvida oynadek aks etib turadi. SHuning
uchui
bu yodgorlikni Labihovuz deb ham ataydilar.
SHarq tomonda, masjid ro`parasida Nodir
devonbegi madrasasi (1622 yil) qad ko`targan.
U karvonsaroy sifatida qurila boshlagan bo`lsada, keyin qurilish davomida madrasaga
aylantirilgan. SHuning uchun uning
rejasi oddiy va madrasalar rejasiga o`xshamaydi.
Ko`kaldosh madrasasi (1578 yil) — Labihovuz maydonida joylashgan binolar jumlasiga
kiradi. Bu yodgorlik Abdullaxon hukmronlik qilgan davrda (1557 1558) qurilgan bo`lib, O`rta
Osiyodagi eng katta
madrasalardan biri hisoblanadi. Madrasaning 160 xujrasi bor. Madrasaning
eshigi alohida e`tiborga sazovordir. eshik tabaqalari yog`och pilakchalardan yig`ilib, elim va
mixsiz cho`p pona bilan biriktirilgan, taxta pilakchalarga nozik va mayda o`ymakor gul solingan.
Madrasalarning devori odatda yaxlit bo`ladi. Bu madrasaning esa ochiq ayvonchali boloxonalari
bo`lgan va ular durustgina bezatilgan. Hozir bu erda viloyat davlat arxivi joylashgan.
SHaharning g`arbiy qismida, shahar madaniyat va istirohat bog`i darvozasining chap
tomonida bir-biriga ro`para turgan ikkita katta madrasa bor. Ular Qo`sh madrasa nomi bilan
mashhur Qo`sh madrasa Buxorodagi xdshamatli me`morchilik komplekslaridan biridir. SHarqiy
tomondagi Madori xon madrasasi (1566) g`arbiy tomondagi Abdullaxon madrasasidan 22 yil
ilgari qurilgan. Madori xon madrasasining hajmi kichikroq, bezaklari soddaroqdir. Abdullaxon
madrasasi kattaroq, ayniqsa uning sal qiyshaygan baland old peshtoqi serhashamdir. Hovli to`rt
peshtoqdan iborat. Uning eshik tabaqalari Ko`kaldosh madrasasining eshigiga o`xshatib taxta
pilakchalaridan yasalgan. SHaharning sharqiy qismida, vokzalga yaqin joyda ikki maqbara:
Sayfuddin Boharziy va Buyonqulixon maqbalari bor.
Sayfuddin Boharziy maqbarasi din aqidalari to`g`risida asarlar yozgan va 1262 yilda vafot
etgan shayxning nomi bilan bog`liqdir. Bu yodgorlik ikki binodan, ya`ni ziyoratxona va
go`rxonadan iborat. Ilgari ikkinchi xonada badiiy o`ymakorlik va sirli bezaklarning noyob
namunasi bo`lgan yog`och sag`ana bo`lgan (XIV asr). Maqbaraning ichiga baland minoralar
gumbazidagi darchalardan yorug`lik tushib turadi.
Do'stlaringiz bilan baham: