CHalaariq — bu ariq ham Anhordan suv oladi. CHalaariq tarixi ham Qonqus tarixiga
o`xshaydi. Bu ariqdan suv ichuvchi dehqonlar to 1917 yilgacha o`z ekinlarini to`liq
sug`organlarini bilmaydilar. CHunki ariq boshi shaxarga yaqin edi. Ariq boshida boylar va
amaldorlarning eri bor edi. Ular o`zlari turgan joyning atrofidagi qo`riq erlarni ham o`zlashtirib
olganlarida ariqdagi barcha suvni o`zlariniki qilib olganlar va ariq oxiridagilar bilan
hisoblashmaganlar. Natijada bu ariqdan suv ichuvchi boshqa dehqonlarga suv etmas edi. Suv
boshida Do`simboy hoji degan boyning eri bo`lib, hamma suvni o`z eriga ochib oladi. Natijada
bu ariqdan suv ichuvchilarning eri chala sug`orilar edi. SHuning uchun bu ariqqa CHalaariq deb
nom berilgan.
Do'stlaringiz bilan baham: |