Статья II. O`zbekiston toponimikasi
Geografik nomlarni ularning kelib chiqishi va tarixi bilan bog`liq holda o`rganish, ularni
klassifikatsiya qilish nisbatan yaqin vaqtlarda boshlangan. Bu sohada atoqli toponimikachi
A.X.Vostokovning xizmati kattadir. U Rossiyadagi daryo nomlarini ularning oxirgi
qo`shimchalariga qarab guruhlarga bo`ladi va bu qo`shimchalar hozir biron ma`noni anglatmasa
ham qadimgi xalqlar tilida ma`lum ma`noni bildirgan bo`lsa kerak, deb to`g`ri xulosaga keladi.
A.X.Vostokovning fikri XIX asr oxiri — XX asr boshlaridagi ba`zi bir toponimikachilarning
asarlarida o`z rivojini topdi.
XX asr boshlarida toponimik tadqiqotlar ancha keng quloch yoydi. 2-jahon urushidan
oldingi davrda olimlardan A.I.Sobolevskiy, N.YA.Marr, S.V.Veselovskiy, V.V.Bartol’d,
V.P.Semyonov-Tyanshanskiy, V.G.SHostakovich toponimika sohasida ayniqsa samarali ishlar
qildilar. O`rta Osiyo, jumladan, O`zbekiston toponimikasini o`rganish sohasida
V.V.Bartol’dning xizmatlarini alohida qayd qilib o`tish kerak. Urushdan keyingi yillarda
toponimika rivojida katta bir o`sish davri bo`ldi. endilikda toponimika soxasida ayrim
olimlargina emas, balki butun-butun olimlar jamoasi ish olib bormoqdalar.
Endilikda o`lkamizda toponimik tadqiqotlar avj oldirilmoqda. Toponimikaga, uning
nazariyasiga doir ko`pgina asarlar yaratildi.
Bir necha o`nlab yosh olimlar ham toponimika sohasida samarali ish olib bormoqdalar.
CHunonchi, T.Nafasov «Qashqadaryo toponimikasi», SH.Qodirova «Toshkent
mikrotoponimikasi», e.Begmatov esa antrotoponimika — kishi nomlarini o`rganish sohasida
ilmiy ish olib bormoqdalar.
O`rta Osiyo, jumladan, O`zbekiston toponimlarini o`rganish ham uzoq tarixga ega.
O`zbekiston toponimikasini o`rganishda mashhur rus sharqshunos olimlari hamda tarixchilari:
V.L.Vyatkin, N.F.Sityakovskiy, L.N.Sobolev, V.V.Bartol’d, S.P.Tolstov, P.P.Ivanov.
M.E.Masson, O.A.Suxareva va boshqalar bu sohada juda katta ishlarni amalga oshirdilar.
Respublika joy nomlarining kelib chiqishi tarixini va millat, qabila, elat, urug`-aymoq
nomlarining kelib chiqish tarixini (etnogeneziyani) hamda geografiyaga oid atamalarni
o`rganishda YA.G`.G`ulomov, R.N. Nabiev, A.R.Muhammadjonov, F.Abdullaev, S.Ibrohimov,
O`zbekistonda birinchi toponimik kartoteka tuzishda ishtirok etgan X.T.Zarifov; etnonimlar —
e.Fozilov M.SHoabdurahmonov, X.Doniyorov, R.Qo`ng`irov; geograflardan H. Hasanov,
S.Qoraev kabilarning ishlari diqqatga sazovordir.
2. O`lka tarixini o`rganishda toponimik mate-rial to`plash va ulardan foydalanish
Do'stlaringiz bilan baham: |