Barg
Barg o„simliklarni quruqlikda yashay boshlaganida sharoitga moslashish
natijasida hosil bo„lgan organidir. U novdaning boshlang„ich bo„rtmalarida
rivojlanadi. Barg barg shapalog„i (plastinkasi), barg bandi, barg novi va
yonbargchalardan iborat. Ammo bu qismlarning hammasi bargda doim bo„lmasligi
mumkin. Lekin barg plastinkasi doimiy qismlardan biridir.
Barg uzoq o„smaydi. Ko„p yil yashovchi barglar ham o„sishdan tez to„xtaydi.
YAproqbargli daraxt turlarida u bir vegetatsiya davrida yashasa, ninabargli doim
yashil daraxtlarda 2 yildan 10 yilgacha yashaydi. Qarag„ayning bargi 2-3 yildan
so„ng, qora qarag„ayningbargi 7-10 yildan so„ng to„kilib ketadi va o„rnidan yangisi
o„sib chiqadi va shunday qilib daraxt doimo ninabarg bilan qoplangan holda o„sib
rivojlanadi. Ninabargli daraxtlardan faqat tilog„och har yili kuzda yaproqbargli
daraxlar singari ninabarglarini to„kib, bahorgi vegetatsiya boshida yangidan
ninabarglar bilan qoplanadi. Barglar o„simliklar hayotida muhim rol o„ynaydi, bir
qator funksiyalarni bajaradi. Bu funksiyalarning eng asosiysi fotosintez jarayoni
bo„lib, ushbu jarayon er sharidagi butun hayotiy jarayonlarni to„kis amalga
oshishini va erdagi hayotni mavjudligini ta‟minlaydi. Fotosintez jarayonida quyosh
nuri ta‟sirida bargdagi yashil xlorofill donalarda noorganik moddalardan (suv va
karbonat angidrid gazi) organik moddalar hosil bo„lishi sodir bo„ladi, bunda
o„simlik ildizi orqali suv, barg orqali havodan karbonat angidridni o„zlashtiradi,
ular fotosintez jarayonida ishtirok etadi va natijada birlamchi organik modda -
glyukoza hosil bo„ladi. Ushbu jarayon quyidagi formula orqali ifodalanadi:
6CO
2
+6H
2
O (quyosh energiyasi-xlorofill)-----
C
6
H
12
O
6
+6O
2
Hosil bo„lgan glyukoza keyinchalik murakkab uglevodlarga – kraxmalga
aylanadi. Keyingi bosqichlarda o„simlikda yanada murakkabroq organik moddalar
– oqsillar sintez bo„lishi amalga oshadi.
Fotosintez va nafas olish jarayonida o„simlik barglarida gazlar almashinuvi
amalga oshadi. Barglarda suv bug„lanishi jarayoni doimiy bo„lib turadi. Tashqi
muhitning ta‟siri natijasida barglarning shakli o„zgarib o„simliklar hayotida bir
qancha boshqa funksiyalarni ham bajarishi mumkin. Barg plastinkasidagi barg
tomirlari novda orqali kelib turgan oziq moddalarni barg plastinkasi bo„ylab bir
tekisda tarqalishini ta‟minlaydi. Barg bandi bargni novdada ushlanib turishini,
quyosh nurini barg plastinkasiga tushishini ta‟minlaydi. Barg bandi silindrsimon
bo„lib uning uzunligi barg plastinkasi hajmi bilan bog„liq bo„ladi, barg plastinkasi
mayda va ensiz bo„lsa barg bandi kalta, agar barg plastinkasi keng va uzun bo„lsa u
ham uzun bo„ladi. Ayrim o„simliklarning bargi bandsiz bo„lishi mumkin, hatto bir
o„simlikda barg bandlari uzunligi turlicha ekanligi kuzatilgan, masalan tog„terakda
barglar uzun bandli, bachki novda barglarida bo„lsa kalta bo„ladi. Barg
plastinkasining asosiy morfologik belgilaridan biri uning sertomirligidir. Tomirlar
barg plastinkasining orqa tomonida ya‟ni pastki qismida bo„lib, yaqqol ko„zga
tashlanib turadi. Bu tomirlar asosan tola naychali bog„lamlardan iborat bo„lib,
ularning asosiy funksiyasi ildizdan keluvchi mineral eritmalarni bargga, bargda
hosil bo„lgan organik moddalarni bargdan novdalar tomon harakatlanishini
ta‟minlaydi. Barg plastinkasi markazidagi asosiy va yirik tomirlarda o„tkazuvchi
to„qimalardan tashqari mexanikaviy to„qimalar ham rivojlangan bo„ladi, shu
sababli bunday tomirlar mustahkam va qattiq bo„ladi. Barg plastinkasini
tomirlanishi va ularning shoxlanishi turli o„simliklarda turlicha bo„lib, unga
sistematik belgi sifatida qaraladi.
Barg plastinkasi asosan 4 xil to„liq-patsimon, to„rsimon-patsimon, panjasimon
va to„rsimon-panjasimon tomirlanadi. To„liq-patsimon tomirlanish-eman, qayin,
qayrag„och, qandag„och barglarida, to„rsimon-patsimon tomirlanish - tol, olma,
shumurt barglarida, panjasimon tomirlanish-zarang, arg„uvon, tut barglarida,
to„rsimon-panjasimon tomirlanish tog„terak barglarida uchraydi. Barg
plastinkasining chekkasi butun va o„yilgan ko„rinishda bo„ladi va bunga ham
sistematik belgi sifatida qaraladi. Barglar morfologik jihatidan oddiy va murakkab
barglarga ajratiladi. Oddiy barg plastinkasi bitta bo„lib, u har xil shaklda-butun,
bo„lakli va kesik bo„lishi mumkin. Murakkab barg oddiy bargdan kelib chiqqan
hisoblanadi, masalan zarang va shum daraxtlarida yosh davridagi barglar oddiy
bo„lib, vaqt o„tishi bilan murakkab ko„rinishga ega bo„ladi. Murakkab barg
bargchalar joylashishiga qarab toq-patsimon (chetan, oq akatsiya), juft-patsimon
(sariq akatsiya), ikki qayta qirqilgan murakkab-patsimon barg (gledichiya)
panjasimon qirqilgan murakkab barg (soxtakashtan) ko„rishida bo„ladi. Barg
plastinkasining shakli ham turlichadir. Tog„terakda barg plastinkasini bo„yi eniga
teng, tog„olchada ellipssimon, uch changchili tolda cho„ziq shaklda, qarag„ayda
ninasimon, qayin va balzamli terakda tuxumsimon, qayrag„och, kulrang tolda
teskari tuxumsimon, savat tolda lansetsimon, qizil tolda teskari lansetsimon
bo„ladi. Barglar shakli bir turkumga mansub turlarda ham turlicha bo„lishi
kuzatiladi. Masalan zarang turkumiga mansub turlar dala zarangi, tatar zarangi,
o„tkir bargli zarang, shumtolbargli va man‟juriya zaranglarida turli shakldagi
barglar uchraydi.
Bir daraxtning o„zida bachki novdalar va asosiy novdalardagi barglar shakliga
ko„ra farqlanadi (arg„uvon, eman, qayin, tog„terak). Ayni bir daraxtda har xil
barglarni rivojlanishi geterofiliya hodisasi deb ataladi. Ushbu hodisa turanga, regel
noki, tut va boshqa daraxt - butalarda ham kuzatilishi mumkin. Barg plastinkasi
yuzasi katta-kichikligi bilan daraxtning yirikligi orasida bog„liqlik yo„qdir.
Masalan er sharidagi eng yirik daraxt - gigant sekvoyyaning barglari millimetr
bilan o„lchansa, man‟juriya araliyasining barglarining bo„yi 1 metrga yaqin. Lekin
daraxt o„simliklarida eng yirik barglar palmalarda uchrab, ularning uzunligi 1-2
metrgacha etadi. Barglar asosiy funksiyalarni bajarishdan tashqari kurtakni
noqulay iqlim omillaridan saqlaydi, turli moddalar va suvni o„zida yig„ib seret
ko„rinishga ega bo„ladi. Ba‟zi o„simliklarda ular tikonga aylanib, o„simlikni
hayvonlardan himoya qilish funksiyasini bajaradi, ba‟zilarida jingalak ko„rinishida
bo„lib o„simlik poyasini boshqa daraxtlarga chirmashib o„sishiga yordam beradi.
Qum akatsiya va oq yulg„un barglari tangachaga aylangan bo„lib, o„simlikni tashqi
sharoit ta‟siridan himoya qiladi. Kaktus turlarida barglar tikonga aylangan, ular
himoya funksiyasini bajaradi, assimilyasiya jarayonlari bo„lsa yashil tanada sodir
bo„ladi. Saksovul, juzg„un va efedralarning bargi qisqarib, tangachaga aylangan,
shu sababli assimilyasiya jarayoni ularning yashil novdalarida kechadi. Ba‟zi
o„simliklarda tuklar asosan epidermis hujayralardan paydo bo„lib, novda va
poyalarda uchraydi. Ildizdagi tuklardan farqli o„laroq novda barglarida
uchraydigan tuklar boshqa funksiyalarni bajaradi, tuklanish tufayli o„simlikdan suv
kam bug„lanadi, quyosh nuridan saqlanadi. Terak, tol, yulg„un, chinorning meva
va urug„lari tukli bo„lib ular shamol yordamida meva va urug„larni tabiatda
tarqalishini ta‟minlaydi. Tuklanishiga ko„ra ipaksimon (oqtol, qoraqayin),
kigizsimon (oqterak), duxobasimon (tol va qayin), tikansimon (qayrag„och va
normushk), tangachasimon (jiyda) tuklanishlarga ajratiladi. Tukdan hosil bo„lgan
tikanchalar poyada bir tekis joylashadi va poyadan oson ajraladi (malina,
maymunjon, krыjovnik).
Do'stlaringiz bilan baham: |