samaradorligini oshishida asosan aks etadigan investitsion siyosati va strategik
maqsadlariga mos kelishidan iboratdir. Investitsion loyihalarning samaradorligi investitsion
tahlilning asosiy elementlaridan birini baholash bir necha investitsion loyihalardan eng
samaraligini to’g’ri tanlashning asosiy quroli bo’ladi.
Investitsion loyihalarni baholash usullari hamma hollarda ham yagona bo’lmasliklari
mumkin, chunki investitsion loyhalar xarajatlarning ko’lamlari, ulardan foydalanish
muddatlari, hamda foydali natijalar bo’yicha g’oyatda katta xavflarga egalar.
Katta kapital kiritmalarni atalb qilmaydigan, mahsulotni ishlab chiqarishni
o’zgarishiga katta ta’sir ko’rsatmaydigan, hamda foydali foydalanishning nisbatan kichik
muddatiga ega. Mayda investitsion loyhalarga hisoblashning oddiyroq usullarini qo’llash
mumkin.
SHuning bilan bir vaqtda kattaroq investitsion xarajatlarni talab qiluvchi
ko’lamliroq investitsion loyihalar yangi qurilish, qaytadan qurish, mahsulotlarning tubdan
yangi turlarini o’zlashtirish omillarining katta sonini hisobga olish va buning natijasida
murakkabroq hisoblashlarni o’tkazish, hamda samaradorlikni baholash usullarini aniqlab
olish zrurligini keltirib chiqaradi. Korxona xo’jalik faoliyati natijasida investitsion loyiha
qanchalik ko’lamliroq va katta o’zgarishlar qanchalik ko’p bo’lsa, pul oqimlarini hisoblash
va investitsion loyiha samaradorligini baholash usullari shunchalik aniqroq bo’lishlari
kerak.
Investitsion loyihalarni amalga oshirishdan kelib chiqqan pul oqimlarini
harakatlanishi bir qator yillar davomida o’tganligi holati ularning samaradorligini
baholashni qiyinlashtiradi. Investitsion loyihalarni vaqtning uzoqroq davri davomida
tatbiq etilishi korxonaning iqtisodiy salohiyati va xo’jalik faoliyati natijalariga ta’sir
ko’rsatishini hisobga olish bilan ularning samaradorligini baholashdagi xato katta
moliyaviy xatorlar va yo’qotishlar olib kelishi mumkin.
Iqtisodiyot faniga investitsion loyihalar samaradorligining loyihaviy va haqiqiy
ko’rsatkichlari o’rtasidagi farqning bir necha asosiy sabablari ma’lum. Sabablarning
birinchi guruhiga investtsion loyiha samaradorligini ayrim olimlar, ilmiy xodimlar va
korxona mutaxassislarining sub’ektiv nuqtai nazarlari bilan asoslangan ongli ravishda
oshirilishi va ularning moliyaviy resurslarni seklash uchun kurashlari kiradi. Bunday
hisoblashlardan korxonalarda boshqaruvning tegishli tizimlarini tashkil qilish yo’li bilan
himoyalanish mumkin, ular korxona vazifaviy xizmatlar ishini muvofiqlashtirish va nazorat
qilishga yoki investitsion loyihalarning samaradorligini baholash bilan bog’liq
hisoblashlarning ob’ektivligini tekshirishga mustaqil ekspertlarni jalb qilishga imkon
beradilar.
Do'stlaringiz bilan baham: