Kompyuter darslik – o‘quv fani yoki uning bo‘limini mustaqil o‘zlashtirish
imkoniyatini ta’minlaydigan dasturiy-metodik majmua. Kompyuter darsligi o‘zida
oddiy darslik, ma’lumotnoma, masalalar va misollar to‘plami, laboratoriya
amaliyotlarining xususiyatlarini birlashtiradi.
Kompyuter tarmoqlari – apparat qurilmalari va tarmoq dastur ta’minoti orqali
o‘zaro muvofiq ravishda ishlay oladigan kompyuterlar majmui.
Kontent – kursning barcha o‘quv materiallari, qo‘llanmalari, hujjatlari, vazifalari,
testlar va nazorat meteriallarini qamrab oluvchi kurs mazmuni.
Kurs yakunida o‘tkaziladigan test – bilimlarni o‘zlashtirganlik darajasini baholash
maqsadida kurs o‘rganilib bo‘lgandan keyin o‘tkaziladigan test sinovi.
Do'stlaringiz bilan baham: |