6 Adabiyot II qism 2017. p65



Download 1,46 Mb.
Pdf ko'rish
bet67/92
Sana14.07.2021
Hajmi1,46 Mb.
#118601
1   ...   63   64   65   66   67   68   69   70   ...   92
Bog'liq
adabiyot 2qism 6 uzb

 Lomakon – makonsiz, joysiz.


1 0 4

«To‘rt ulus tarixi».
bo‘lib yurgani va Ahmad Tanbalga bas kela oladigan kuchli qo‘-
shin yig‘ish nihoyatda mushkul bo‘layotgani uni qiynaydi. Bo-
burning ishongan odamlari yashiriqcha Andijon-u Axsiga, Mar-
g‘ilon va O‘shga borib kelmoqda. Xayrixohlar ko‘p, ammo
yurak yutib maydonga chiqadiganlar kam. Boburning o‘zi ham
bu yog‘i Isfara va Konibodomga, u yog‘i Zomin va Jizzaxgacha,
janubda O‘ratepa, shimolda Toshkentgacha – hamma joyga bir
necha marta borib keldi. Bir yarim yildan beri qishni qish, yozni
yoz demay yo‘l bosdi. Sirdaryodan qayta-qayta suzib o‘tdi.
Qishda muzni teshib cho‘milgan paytlari bo‘ldi. Uning o‘ziga
o‘xshab chiniqqan yigitlari Temurbekning Hisor tog‘larida,
afsonaviy g‘orlarda yashab toblangan yigitlarini eslatadi.
Biroq navkar-u sardorlari bilan bir joyda uzoq vaqt mehmon
bo‘lib turishga yuzi chidamaydi. Chunki haftalar, oylar davomida
yuzlab odamlarga ovqat, otlarga yemish topib berish mezbon-
larga juda og‘ir tushishini sezadi. Shuning uchun onasi va ega-
chisini Xo‘janddan O‘ratepaga, xolasi Xub Nigor xonimning
uylariga keltirib qo‘ydi. O‘zi uch yuzga yaqin bek-u navkarlari
bilan janubdagi tog‘larga chiqib ketdi. Ovchi deb ataladigan bir
qishloq yaqiniga chodir va o‘tovlar tikishib, ancha vaqt ov o‘lja-
lari bilan ro‘zg‘or tebratishdi.
Ovchi qishlog‘iga tor bir daradan o‘tib boriladi. Daraning
tubidan odamni oqizadigan katta suv hayqirib oqadi. Suv bo‘yida
besh qavatlik uyday bir bahaybat qoyatosh osmonga bo‘y
cho‘zib turadi.
Bobur shu qoyatoshning ustini tekislatib, chodir o‘rnattirgan.
Ovdan bo‘shagan paytlarida chodirda o‘ltirib kitob o‘qiydi, xoti-
ra daftariga ko‘rgan-kechirganlarini yozadi, she’r mashq qiladi.
Bir kun shu chodirda Bobur Mirzo Ulug‘bekning «Tarixi
arbaa ulus»
1
 kitobini o‘qib o‘tirganda, daraning narigi chetidan
bir otliq odam jadallab kelayotganiga ko‘zi tushdi.
Oti terga botgan bu otliq Marg‘ilondan kelgan chopar yigit
edi. U Bobur qarshisida tiz cho‘kib arzini aytdi:


1 0 5
– Amirzodam, meni Marg‘ilon dorug‘asi Ali Do‘stbek
tog‘oyingiz yubordilar.
– Bizga xiyonat qilib, Andijonni Tanbalga yashiriqcha top-
shirgan tog‘oyimizmi?
– Ha, tog‘oyingiz bu qilgan ishlaridan hozir ming pushay-
monlar. Ahmad Tanbal uning uylariga bostirib kelib, yaxshi
ko‘rgan qizlarini zo‘ravonlik bilan haramiga olib ketibdilar. Mol-
mulkini talatibdir!
– Qasos qaytar ekan-da – dedi Qosimbek. – Do‘stbekning
o‘zi Andijonda bizning mol-mulkimizni talatgan edi.
– Janob amiral umaro, Tanbalning amaldor-u soliqchilari ham
jabr-zulmni haddidan oshirib yubordi. El-yurt ularga qarshi isyon
ko‘taradigan bo‘lib turibdir. Ayniqsa, marg‘ilonliklar hozir jo‘shu
xuruj
1
ga kelgan. «Bobur mirzo kelsalar, qo‘rg‘on darvozalarini
ochib bergaymiz!» – deb tog‘oyingiz meni huzuringizga yubordilar.
– Tog‘oyimiz Tanbal bilan til biriktirib, bizni unga tutib ber-
salar-chi?!
– Tepamizda xudo turibdir, amirzodam! – deb chopar qasam
ichdi. – Hazrat momongiz Eson Davlat begim Ali Do‘stbekka yaqin
qarindosh ekanlar. Momongiz yaqinda Marg‘ilonga boribdilar.
– Siz momomni o‘sha yerda ko‘rdingizmi?
– Ha, maslahatlarini ham oldim. «Ali Do‘stbek bilan Tanbal-
ning yovlashgani rost!» – dedilar. Momongiz sizga salom aytdi-
lar, «Tezroq yetib kelsinlar!» – deb tayinladilar.
Bobur endi hayajon bilan o‘rnidan ko‘tarildi:
– Janob Qosimbek, tavakkal qilaylik! Odamlarga buyuring.
Darhol ko‘ch yig‘ishtirsinlar!
O‘sha kuni qorong‘i tushguncha barcha o‘tovlar qatori Bobur-
ning qoyatosh
2
 ustidagi chodiri ham yig‘ishtirib olindi. Tuni
bilan yo‘l yurib, sahar palla Xo‘janddan berida bir-ikki soat dam


Download 1,46 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   63   64   65   66   67   68   69   70   ...   92




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish