O‘zbekiston respublikasi oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi andijon davlat universiteti jismoniy madaniyat fakul’teti


«Alpomish» va «Barchinoy» maxsus testlari



Download 0,68 Mb.
Pdf ko'rish
bet18/27
Sana14.07.2021
Hajmi0,68 Mb.
#118541
1   ...   14   15   16   17   18   19   20   21   ...   27
Bog'liq
mustaqillik yillarida ozbekistonda jismoniy tarbiya va sportning rivojlantirish

«Alpomish» va «Barchinoy» maxsus testlari 

O‘tgan  boblarda  sobiq  Ittifoq  davrida  «Mehnat  va  mudofaaga  tayyor»  (MMT-

GTO)  jismoniy  madaniyat  majmuasi  va  uning  taxbiyaviy  ahamiyati  haqida 

ma’lumotlar  berildi.  Ta’kidlanganidek,  majmuaning  (kompleks)  turlari,  talab 

me’yoilari takomillashtirib qo‘llanilib kelinmoqda. 

Mustaqillik g‘oyasi va milliy xususiyatlarimiz yoshlarni mehnat, kasb-hunar va 

Vatan  mudofaasiga  tayyorlanishining  izchil  tizimga  ega  bo‘lgan  omillar,  usullarni 

ishlab  chiqish,  ularni  amalda  sinab  ko‘rish  hamda  eng  ilg‘or  va  yaxshi  tajribalarni 

hayotga  singdirishni  talab  etdi.  Bu  asosan  O‘zbekiston  Respublikasi  Vazirlar 

Mahkamasining  «O‘zbekistonda  jismoniy  tarbiya  va  sportni  yanada  rivojlantirish 




 

34 


chora-tadbirlari to‘g‘risida»gi qaror, sog‘lom avlod davlat dasturi va boshqa bir qator 

rasmiy hujjatlarda aks ettirilgan. 

O‘zbekistonning  buyuk  kelajagini  yaxshi  tasavur  qilgan,  aholining  barcha 

tabaqalarida  salomatlikni  yaxshilash,  o‘quvchi  yoshlarning  jismoniy  barkamolligini 

ta’minlovchi  jismoniy  mashqlarning  afzalliklarini  ilmiy-nazariy  va  amaliy  jihatdan 

to‘la  tasavur  etgan  bir  qator  mutaxassis  olimlar,  o‘qituvchilar  va  yo‘riqchilar 

«Alpomish», «Barchinoy» maxsus testlari majmuini ishlab chiqishdi (1999) va 2000-

yil  1-martdan  boshlab  uni  amalga  oshirishga  mutasaddi  davlat  va  jamoat  idoralari 

maxsus qaror qabul qildi. 

Maxsus  testlarning  turlari  va  talab  me’yorlari  bugungi  kun  talablariga  javob 

beradi.  Faqat  bunda  6  yoshdan  60  yoshgacha  bo‘lganlar  yoshi,  jinsi  va  jismoniy 

jihatdan  o‘sish  tamoyillariga  (anatomiya,  fiziologiya)  qarab  juda  ko‘p  guruhlarga 

bo‘lib yuborilgan. Bu bir jihatdan mantiqiy to‘g‘ri deb hisoblansa, ikkinchi tomondan 

esa  ularni  amalga  oshirish,  rasmiylashtirish  ishlarida  ortiqcha  mehnat,  vaqt  talab 

etadi.  Maxsus  testlar  asosan  uchta  bosqichga,  ya’ni:  I  bosqich  —  6—17  yosh,  II 

bosqich  —  18—34  yosh  va  III  bosqich  —  35—60  yoshga  mo‘ljallangan.  Ularning 

turlari  va  talab  me’yorlari  maxsus  qo‘llanmalarda  ifoda  etilganligi  uchun  bu  erda 

ularga  batafsil  izoh  berishni  hojati  yo‘q.  Lekin  ba’zi  bir  tomonlarni  hisobga  olish, 

keyingi qayta ishlov va nashr ishlarida ularni e’tiborga olishga to‘g‘ri keladi. 

Ya’ni: 


1.  «Alpomish»  va  «Barchinoy»  ramziy  nom  bo‘lsada,  «Alpomish»  dostonida 

tavsif etilgan kurash, otda poyga xalq orasida keng qo‘llanilib kelinmoqda. Deyarlik 

barcha kishilar bunday turlar bilan shug‘ullanish, belgilangan talablar va me’yorlarni 

qiziqib  bajarishlarga  shubha  yo‘q.  Qishloq  sharoitlarida  otda  poyga  boshqa  ot 

o‘yinlarini  bajarish  imkoniyatlari  yomon  emas.  Kurash  esa  barcha  joyda  birdek 

tashkil qilinmoqda. Ana shu jihatlarni e’tiborga olgan holda, maxsus testlar tarkibiga 

bu ikki turni kiritish maqsadga muvofiq bo‘ladi. 

2.  Kalibrli  yoki  pnevmatik  miltiqlardan  o‘q  otishni  «Kamondan  o‘q  otish»  deb 

qaraladigan  bo‘lsa  («Alpomish  bir  o‘yini»),  unga  yarasha  sharoitlar  yaratish  lozim 

bo‘ladi. Lekin iqtisodiy, moddiy jihatlar hisobga olinsa, o‘q otish turlari va qurollari 




 

35 


juda  qimmatga  tushadi.  Uning  o‘rniga  oddiy  tol  va  boshqa  daraxtlarning  novda 

shoxlaridan (daraxtlarni yanada ko‘paytirish evaziga, bu katta muammo emas) oddiy 

yoy  (kamon)  yasab,  xavfsizlikni  ta’minlab,  musobaqalar  tashkil  etish  qulay  va 

arzonga tushadi. 

3.  Sayohatlar  va  sayrlar  juda  o‘rinli  kiritilgan.  Buning  xususiyati  shundaki, 

o‘quvchi  yoshlarni  tabiat  qo‘yniga  olib  chiqish  bilan  ularni  chiniqtirish  (piyoda 

yurish  bilan)  va  o‘lkani  o‘rganish,  topografik  bilimlarni  kengaytirish  amalga 

oshiriladi.  Bu,  o‘z navbatida, harbiy  chaqiriq  yoshidagilar  va umuman  har bir kishi 

uchun zarur tadbirdir. O‘zbekistonning chegaralari asosan tog‘li va dasht-sahro bilan 

o‘ralganligi  sababli  harbiy  xizmatdagilarni  shu  sohada  tarbiyalashni  ko‘zda  tutadi. 

Bunda  sayohatlar  orqali  olinadigan  nazariy  bilimlar  va  amaliy  ko‘nikmalarni 

tarbiyalash  imkoniyati  mavjuddir.  Sayohatlarni  qishloq  joylarida  uyushtirish 

muammolari unchalik murakkab emas. Shahar sharoitlarida sayohatlarni xiyobonlar, 

istirohat bog‘lari, ochiq-yalanglik joylar va hatto stadionlar, futbol maydonlarida ham 

o‘tkazish  mumkin.  Faqat  bunda  musobaqalarni  aniq  belgilash  va  imkoniyat 

darajasida kichik g‘ildirakli aravachalardan (rolik) maqsadli foydalanish mumkin. 

4.  Suvda  suzish  musobaqalarini  o‘tkazish  muammosi  ham  mavjud.  Faqat  yoz 

oylarida  o‘quvchi  va  mehnatkashlar  uchun  maxsus  musobaqalar  («Chiniqish» 

salomatlik va uzoq umr omili) orqali vazifalarni bajartirish lozim. 

 


Download 0,68 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   14   15   16   17   18   19   20   21   ...   27




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish