362
Ushbu jadvalda Qashqadaryo
viloyatining yalpi qishloq xo‘jaligi
mahsulotlari hajmi ham 2011–2014-yillar davomida o‘sib borgan, ya’ni
2011-yilda jami 1826255,6 mln so‘mlik mahsulot ishlab chiqarilib, bu
ko‘rsatkich 2014-yilda 3078819,3 mln so‘mni tashkil etgan. Dehqon-
chilik mahsulotlari yalpi qishloq xo‘jalik mahsulotlaridagi ulushi 2012-
yilda 50,4 foizni tashkil etib, 2014-yilda esa 57,4 foizni tashkil etgan.
Chorvachilik mahsulotlarining hajmi esa mos ravishda 49,6 va 42,6
foizni tashkil etgan. Demak, viloyatda chorvachilik bilan bir qatorda
dehqonchilik mahsulotlari ham yetishtirish ko‘lami oshib bormoqda.
Qishloq xo‘jaligi mahsulotlari va oziq-ovqat tovarlari ishlab
chiqarish hajmlarini ko‘paytirish uchun quyidagi takliflarni amalga
oshirish yuqori samaradorlikka erishish imkonini beradi:
– aholini qishloq xo‘jalik mahsulotlari va oziq-ovqat tovarlarining
asosiy turlari bilan arzon narxlarda va uzluksiz ravishda ta’minlashni
tashkil etish maqsadida mаhаlliy hokimliklar qoshida meva-sabzavot
hamda uzum mahsulotlari va kartoshkani fermer xo‘jaliklaridan maqbul
narxlarda sotib oladigan, saqlaydigan, tashiydigan, ichki iste’mol
bozorlariga realizatsiya qiladigan, eksportini amalga oshiradigan hamda
moliyalashtiradigan ixtisoslashgan kompaniyalar tashkil qilish va
ularni yetarli miqdordagi aylanma mablag‘lar hamda zarur moddiy-
texnika bazasi bilan ta’minlashni tashkiliy choralari ishlab chiqish;
– bugungi kunda jahon miqyosida kuzatilayotgan oziq-ovqat
muammosi salbiy oqibatlarining oldini olish uchun qishloq xo‘jalik
ekinlarini joylashtirishni optimallashtirish, ilm-fan tavsiyalaridan sama-
rali foydalanish va ishlab chiqarish samaradorligini oshirish hamda yer
maydonlari maqbullashtirilgan fermer xo‘jaliklari bo‘yicha 2012-yil
hosili uchun qishloq xo‘jaligi ekinlarini joylashtirish hamda ularda
ishlab chiqarish samaradorligini oshirish;
– respublikadagi mavjud barcha dehqon va fermer xo‘jaliklarida
qoramollar bosh sonini ko‘paytirishning tashkiliy choralarini ishlab
chiqish;
– Qashqadaryo viloyatining har bir tumanida yengil konstruksiyali,
alternativ issiqlikdan foydalanish ko‘zda tutilgan issiqxonalar qurish;
– suv tanqisligining yetishtirilayotgan hosilga salbiy ta’sirini
yumshatishga qaratilgan texnik-muxandislik tadbirlari va suv
resurslarining tejamkor agrotexnologiyalarini ishlab chiqish;
– mavjud qayta ishlash korxonalari va agrofirmalar tomonidan sotib
olinadigan meva-sabzavot mahsulotlari uchun bo‘nak mablag‘lari berish
va keyin sotib olingan mahsulotlar uchun to‘liq hisob-kitob qilish
363
maqsadida uzluksiz naqd pul berib borishning mexanizmini takomillash-
tirish va muntazam monitoringini yuritish;
– sabzavot, poliz va kartoshka ekinlarini fermer, dehqon
xo‘jaliklari va shaxsiy tomorqa bo‘yicha asosiy, yosh bog‘-uzumzorlar
oralig‘iga erta va o‘rta muddatlarda yetishtirilishi bo‘yicha takroriy
maydonlarga joylashtirish;
– fermer xo‘jaliklari bo‘yicha meva-sabzavot ekinlari
yetishtirish uchun urug‘lik, ko‘chatlar, yonilg‘i-moylash mahsulotlari
va mineral o‘g‘itlar bilan ta’minlash;
– dehqon xo‘jaliklari tomorqalarida ekiladigan ekinlar turlari va
maydonlarini aniqlash hamda urug‘likka, ko‘chatlarga, yonilg‘i-moylash
mahsulotlariga va mineral o‘g‘itlarga bo‘lgan talabini qondirish tizimini
rivojlantirish;
– sabzavot-poliz ekinlari kartoshkaning serhosil, kasallik hamda
turli sharoitlariga bo‘lgan yangi navlari va birinchi duragaylarini
yaratish;
– chorvachilik yo‘nalishidagi fermer xo‘jaliklarining yer maydon-
larida davlat buyurtmasi uchun mahsulot yetishtirish bo‘yicha paxta va
boshoqli don ekinlari joylashtirilmasligi, hisobiga ozuqa maydonlari
ko‘payishi hamda oraliq va takroriy ekin maydonlarini ko‘paytirilishi
hisobiga ozuqa birligi, go‘sht va sut ishlab chiqarish miqdorini oshirish;
– tashkil etilgan parrandachilik fermer xo‘jaliklari va fabrikalari yer
maydonlarida ozuqa ekinlari yetishtirish imkoniyati kengayganligi
hisobiga parranda go‘shti va tuxum yetishtirish hajmini ko‘paytirish.
– fermer xo‘jaliklarida inqirozga qarshi boshqarish strategiyasini
shakllantirish.
Do'stlaringiz bilan baham: