15.3. Madaniy-maishiy хizmat ko‘rsatuvchi muassasalarni qishlоq
ahоlisini turmush darajasini оshirishdagi rоli
Qishlоq хo‘jаligidа ijtimоiy infrаtuzilmа оbyеktlаrigа kоmmunаl
uy-jоy хo‘jаliklаri, mеditsinа vа mаktаbgаchа tаrbiya muаssаsаlаri,
umumiy оvqаtlаnish tаshkilоtlаri, o‘quv-ishlаb chiqаrish kоmbinаtlаri,
mеhnаt muhоfаzаsi bo‘yichа хizmаt sоhаlаri, spоrt-sоg‘lоmlаshtirish
tаshkilоtlаri, ishchi-хizmаtchilаrgа хizmаt ko‘rsаtuvchi trаnspоrt, аlоqа
vа ахbоrоt хizmаti bo‘limlаri kirаdi.
Xizmat ko‘rsatish va servis sohasining ahamiyati va rivojlanishining
o‘ziga xos xususiyatlari quyidagilardan iborat:
– aholi bandligini, uning daromadlari va turmush darajasini
ko‘tarishda katta imkoniyatlarga ega bo‘lgan ishonchli manba hisob-
lanadi;
– insonning rivojlanishi va barkamolligini ta’minlashni rag‘bat-
lantiradi;
– iste’mol bozorini zamonaviy xizmat turlari bilan to‘ldiradi va
ularning hajmini oshiradi;
334
– iqtisodiyotning rivojlanishiga sezilarli ta’sir ko‘rsatadi;
– xizmat ko‘rsatish sohasini rivojlantirish katta mablag‘lar talab
etmaydi;
– unda mahalliy moddiy resurslardan foydalanish imkoniyatlari
keng;
– jamiyat taraqqiy etib borishi bilan aholining xizmatlarga bo‘lgan
ehtiyojlari uzluksiz o‘sib boradi.
Xizmat ko‘rsatish sohasi uchun bozor iqtisodiyoti sharoitida aholiga
xizmat ko‘rsatish darajasini pasaytirmasdan, xizmatlar bozorida
barqarorlikni saqlash strategik vazifa hisoblanadi. Aholiga xizmat
ko‘rsatish sohasida faoliyat ko‘rsatayotgan korxonalar bilan bir qatorda
yangi korxonalarning shakllanishi g‘oyat muhim hisoblanadi, chunki
ular raqobatni keltirib chiqaradi va xizmatlar hajmini oshiradi.
Xizmat ko‘rsatish sohasida xo‘jalik yuritishning bozor mexanizm-
larining shakllanishi ushbu sohada bozor munosabatlarining shakllanishi
bilan bevosita bog‘liqdir. Xizmat ko‘rsatish sohasining rivojlanishi
ishsizlikni kamaytirib, shu orqali keskin ijtimoiy-iqtisodiy muammo-
lardan birini hal etishi mumkin. Xizmat ko‘rsatish sohasi tadbirkor-
likning rivojlanishi, aholining erkin mablag‘larini jalb etish uchun qulay
muhit yaratadi hamda aholining turmush darajasini oshirishga yordam
beradi.
Mazkur sohani boshqarishdagi tarkibiy o‘zgarishlar bilan bog‘liq
bo‘lgan muammolar hozirgi kunda dolzarb masala bo‘lib hisoblanadi.
Bunday o‘zgarishlar - iqtisodiyotning bosqichma-bosqich transformat-
siyalashuvi va xo‘jalik yuritishning bozor metodlariga o‘tishi bilan
bog‘liqdir. Shu bilan birga, ular xizmat ko‘rsatish sohasidagi ko‘p
ukladli o‘zgarishlarga olib keladi.
Bugungi kunda zamonaviy arxitektura va me’moriy qurilish
talablariga mos keladigan, shinam va barcha qulayliklarga ega bo‘lgan,
kommunikatsiya tizimlariga ulangan, jahon andozalari darajasidagi
qishloqlarni barpo etish bo‘yicha yirik loyihalar amalga oshirilmoqda.
Jumladan, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2009-yil 26-
yanvardagi 1046-sonli «Qishloq taraqqiyoti va farovonligi yili» davlat
dasturi to‘g‘risidagi qarori ijrosini ta’minlash maqsadida 2010–2014-
yillar davomida aholi soni 10 ming kishidan ortiq bo‘lgan qishloq aholi
punktlarini bosh reja loyihalari ishlab chiqish bo‘yicha dasturiga jami
62 ta, qishloq aholi punktlarini qurilishi hamda dehqon va fermer
xo‘jaliklari hududlarini me’moriy rejalashtirish va tashkil qilish bosh
335
reja sxema loyiha hujjatlarini ishlab chiqish bo‘yicha dasturga aholi soni
5 ming kishidan kam bo‘lgan qishloq aholi punktlari bo‘yicha 990 ta,
aholi soni 5 mingdan 10 ming kishigacha bo‘lgan aholi punktlari
bo‘yicha 353 ta loyihalarni amalga oshirish ko‘zda tutilgan.
Eng avvalo, qishloqda quriladigan zamonaviy uy-joylar va ijtimoiy
infratuzilmalarni loyihalashtirishsiz tasavvur etib bo‘lmaydi. Buning
uchun loyihalashtirish ishlaridan yaxshi xabardor bo‘lgan, barcha
moddiy-texnikaviy bazaga hamda yetarli ilmiy salohiyatga ega
ixtisoslashgan loyiha-qidiruv institutlarini tashkil etish talab etiladi.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2009-yil 27-yanvarda qabul
qilingan 1049-sonli «MCHJ «Qishloqqurilishloyiha» loyiha-qidiruv
institutini tashkil qilish to‘g‘risidagi» qaroriga muvofiq tashkil etilgan
«Qishloqqurilishloyiha» loyihalash-qidiruv instituti aynan shu vazifani
amalga oshirishga xizmat qiladi. «Qishloqqurilishloyiha» instituti:
- qishloq aholi punktlarini me’moriy rejalashtirish tizimini
shakllantirish, rivojlantirishning bosh sxema loyihalarini ishlab chiqish;
- qishloq aholi punktlaridagi turar-joy binolari, ijtimoiy va ishlab
chiqarish infratuzilmasi obyektlarining namunaviy loyihalarini ishlab
chiqish ishlarini amalga oshiradi.
«Qishloqqurilishloyiha» instituti hukumatimiz ko‘magi bilan
qishloqlarni zamonaviy arxitektura talablari asosida me’moriy
loyihalashtirish ishlari uchun zarur bo‘lgan barcha modiy-texnikaviy va
ilmiy salohiyat bilan ta’minlangan. O‘tgan yili «Qishloqqurilishloyiha»
instituti tomonidan 31 ta uy-joy loyihalari, 16 ta ijtimoiy soha
obyektlarning loyihalari va hududlardagi loyiha institutlari tomonidan
20 ta uy-joy loyihalari ishlab chiqilib, qo‘llash uchun tavsiya etildi.
Vilоyat bo‘yichа 2011-yilning yanvаr–dеkаbr оylаri dаvоmidа
Do'stlaringiz bilan baham: |