oshib borgan. Ayniqsa, sanoat sohasiga kiritilgan investitsiyalar 2014-
252
kiritilgan investitsiyalar 111,3 foizga va savdo va umumiy ovqatlanish
sohalariga kiritilgan investitsiyalar esa 159,8 foizga oshganligini ko‘rish
mumkin. Biroq viloyatning moddiy texnika va ta’minot sohasiga
yo‘naltirilgan mablag‘lar 18,1 foizga, maishiy xizmat ko‘rsatish
sohasiga berilgan kreditlar esa 29,3 foizga kamayganligini ko‘rish
mumkin. Demak, viloyatning moddiy texnika va maishiy xizmat
ko‘rsatish sohalarini rivojlantirish borasida ancha ishlar qilinishi
kerakligini ma’lumotlar tahlili orqali bilish qiyin emas. Binobarin, bu
masala bo‘yicha viloyat va tuman hokimlari jonbozlik ko‘rsatishlari
hamda zamonaviy maishiy xizmat ko‘rsatish bo‘yicha chora-tadbirlar
ishlab chiqilishi kerakligini va moliyalashtirishda mahalliy budjet
mablag‘larini yo‘naltirish ishlarini amalga oshirishlari lozim bo‘ladi.
Ta’kidlash joizki, so‘nggi yillarda respublika qishloq xo‘jaligida
resurslardan samarali foydalanishning iqtisodiy va huquqiy
mexanizmlarini takomillashtirish yuzasidan qator tadbirlar ishlab
chiqilmoqda. Xususan, «Qishloq taraqqiyoti va faravonligi yili Davlat
dasturi» doirasida «Fermer xo‘jaliklari to‘g‘risida»gi, «Dehqon xo‘jaligi
to‘g‘risida»gi, «Suv va suvdan foydalanish to‘g‘risida»gi amaldagi
qonunlarga fermer xo‘jaliklariga berilgan yer maydonlari hajmini
muqobillashtirishni, yerlarning meliorativ holatini yaxshilash va yer-suv
resurslaridan foydalanish bo‘yicha javobgarlikni oshirishni ko‘zda
tutuvchi o‘zgartirishlar kiritilgan va tasdiqlangan.
Mazkur dasturda amalga oshirilishi lozim bo‘lgan barcha ishlar
uchun mablag‘lar va ularning moliyaviy manbalari aniq ko‘rsatilgan.
Davlat vazifalari doirasida sug‘oriladigan yerlarning meliorativ holatini
yaxshilash bo‘yicha 2008–2012-yillarda kompleks chora-tadbirlari
amalga oshirilmoqda. Jumladan, fermer xo‘jaliklariga ularning
uyushmasi orqali 130 ta ekskavatorlar, 30 ta buldozerlar va melioratsiya
mashinalari yetkazib berish; 12234 km magistral, tumanlararo va
xo‘jaliklararo kollektorlarni va 2828 km yopiq, gorizontal va vertikal
drenajlarni qurish, qayta tiklash va ta’mirlash; 3006 ta tik drenaj va
sug‘orish quduqlarini tiklash, ta’mirlash va qayta qurish; irrigatsiya
inshootlarini (kanallar, suv omborlari, gidrotexnik inshootlar)ni
ta’mirlash; 68 ta meliorativ nasos stansiyalarini, 458 ta kuzatish
tarmoqlarini, 4472 ta gidrotexnik qurilmalarni, 5250 ta gidropostlarni,
2710 ta nasos agregatlarini ta’mirlash va qayta tiklash; 4639 km
kanallarni, 305 mln kub metr suv omborlarini qurish va qayta ta’mirlash;
2009–2020-yillarga mo‘ljallangan tomchilab sug‘orish dasturini ishlab
253
chiqish va amaliyotga joriy qilish uchun jami 213,4 mlrd so‘m (142,5
mln dollar) mablag‘lar ajratilgan. Shu asosda 2009-yildan respublika
bo‘yicha jami 3710 ga maydonga tomchilatib sug‘orish texnologiyasini
joriy qilish ishlari boshlangan.
O‘zbеkistоn Rеspublikаsi Оliy Mаjlisining 1998-yil 24-dеkаbrdа
qаbul qilingаn «Invеstitsiya fаоliyati to‘g‘risidа»gi qоnunidа Fermer
xo‘jаligigа xоrijiy invеstitsiyalаrni jаlb qilish yo‘llаri ko‘rsаtilgаn.
Kichik vа o‘rtа biznеs mеzоnlаrigа muvоfiq kеlаdigаn xususiy,
kichik, qo‘shmа, dеhqоn, fermer xo‘jаliklаri vа аksiyadоrlik jаmiyatlаri
Yevrоpа tiklаnish vа tаrаqqiyot bаnki hаmdа Оsiyo tаrаqqiyot bаnki
krеditlаrining оluvchilаrigа аylаndilаr.
Qashqadaryo viloyatiga Xorijiy investitsiya dasturi bo‘yicha 2014-
yilda jami 4 ta obyektda 9737,46 mln so‘mlik rekonstruksiya ishlari
amalga oshirilishi rejalashtirilgan. 1-chorak rejasi bo‘yicha 1979,22 mln
so‘mni tashkil etib, amalda 1293,61 mln so‘mlik yoki rejaga nisbatan 65
foiz ishlar amalga oshirildi (11.3.1-jadval). Shundan:
Do'stlaringiz bilan baham: