Microsoft Word Баходир лотинча тузатилган doc


-§. Sharq ma`naviy-ma`rifiy ta’limotlarida jismoniy



Download 2,12 Mb.
Pdf ko'rish
bet11/175
Sana13.07.2021
Hajmi2,12 Mb.
#118267
1   ...   7   8   9   10   11   12   13   14   ...   175
Bog'liq
Bolalar rivojlanishida jismoniy tarbiya nazariyasi va metodikasi

2-§. Sharq ma`naviy-ma`rifiy ta’limotlarida jismoniy  
tarbiya masalalari 
Ma’lumki,  miloddan  oldingi  7-asrning  oxiri  –  6-asrning 
boshlarida  Movarounnahr  va  Xuroson  xalqlari  yashagan 
hududlarda  ko‘hna  sivilizatsiyaning  ilk  kurtaklari  paydo 
bo‘lib,  insoniyat  hayot  kechirishi,  taraqqiy  qilishi  va 
rivojlanishining  asosiy  omili  sifatida  o‘zi  tomonidan 
o‘rganilgan, 
mustahkamlangan 
bilimlar, 
malakalar 
va 
ko‘nikmalarni  keyingi  avlodga  yetkazish  uchun  ta’lim  va 
tarbiyaning  yetakchi  bo‘g‘in  sifatida  zarurligini  tushunib 
yetgan. 
Insonlarni 
komillikka, 
yetuklik 
va 
barkamollikka 
yetaklovchi  kuch:  aql-idrok,  boy  tafakkur,  teran  fikr, 
ma’naviy-axloqiy  poklik  va  ruhiy  pokizalik  zardushtiylik 
ta’limotining  asosiy  negizini  tashkil  etar  ekan,  buyuk 
kelajagimizni quruvchi yoshlarni voyaga yetkazish jarayonida 
ajdodlarimiz  ta’lim  tizimida  qo‘llanilgan  ta’lim  va  tarbiya 
usullaridan  foydalanish  muhim  a  hamiyat  kasb  yetadi. 


- 11 - 
 
Shuning  uchun  Zardushtiylar  va  ularning  muqaddas  kitobi 
“Avesto” hamda pandnomalarda zikr etilgan ta’lim tizimidagi 
ta’limiy-axloqiy  fikr  va  qarashlarni  o‘rganish,  undagi 
hayotbaxsh  g‘oyalardan  bugungi  ta’lim  tizimida  foydalanish 
muhimdir.  Zardushtiylar  ta’limotining  ma’naviy-axloqiy 
mohiyatini shaxs tarbiyasi, uning har tomonlama barkamolligi 
g‘oyasini tasavvur etib bo‘lmaydi.  
Ustozlar  ta’limini  olgan  va  tegishli  malakalarga  ega 
bo‘lgan qizlar 15, o‘g‘il bolalar esa 17 yoshida “lagomzadan” 
va  “zin  zadan”  imtihonidan  o‘tgan.  Natijada  ular  balog‘at 
yoshiga  yetgan,  ro‘zg‘or  yuritishni  o‘rganib,  “kadbonu”(uy 
bekasi), “kad xudo” (uy xojasi, oila boshlig‘i) bo‘lish, cho‘pon 
cho‘lig‘ini  olib,  ot  surib,  tuya  minib  yurish  huquqini  qo‘lga 
kiritishgan.  Alohida  iqtidorli  yigitlar  esa  chavandozlikka 
maxsus tayyorlangan, harbiy mashqlarda ishtirok etgan.  
Hunarmandchilik  va  dehqonchilik  bilan  shug‘ullanadigan 
qavmlarda  esa  xususiy  ta’limning  yakuni  sifatida  yigitlar 
“kamarbastan”  rasmidan  o‘tishgan.  Bu  rasmni  o‘tkazishda 
qavm  boshliqlari,  oqsoqollar  hamda  ustozlar  guruhi  har  bir 
yigitni  ota  kasbidan  tashqari  harbiy  bilimlar,  chavandozlik, 
kurash  tushish  bo‘yicha  imtihon  qilganlar.  Bu  shuni 
ko‘rsatadiki,  xususiy  ta’limda  nafaqat  ma’lum  bir  kasbiy 
faoliyatini  egallash  bosqichlari  o‘rgatilgan,  balki  vatanni 
himoyalashga  qodir  shaxslarni  tarbiyalashga  ham  e’tibor 
qaratilgan. 
“Avesto”da 50 dan ziyod harbiy qurollar, jumladan, ulkan 
toshlarni otadigan palaxmon, manjaniq, sovut va uning ostidan 
kiyiladigan  misdan  to‘qilgan  yupqa  kamzullar  tilga  olingan. 
Shuningdek “Avesto”da yer usti va yer osti shaharlar qurilishi, 


- 12 - 
 
turli  imoratlar,  koshonalar,  qal’alar,  har  xil  inshootlarning 
bunyod  etilishi  jarayonining  bayoni  ham  hunarni  egallash  va 
o‘rgatish  faoliyati  yuksak  darajada  yo‘lga  qo‘yilganligining 
dalilidir.  
Zardushtiylarda  jismoniy  va  mehnatsevarlik  tarbiyasidan 
nazarda tutilgan asosiy maqsad yoshlarni harbiy-jangavorlikka 
va mehnatsevarlikka tayyorlash, ularni jismonan va mehnatda 
chiniqtirishdan  iborat  edi.  O‘g‘il  bolalarga  kurash  tushish, 
otga  suvliq  solish  va  uni  egarlash,  mol  boqish  hamda  ularni 
urchitish  va  tug‘dirish,  tuya-otlarni  parvarishlash,  ularni 
boshqara  olish,  yaylovlarda  suruvlarni  o‘tlatish,  chorvani 
yirtqich  hayvonlar  va  qaroqchilardan  muhofaza  qilish  uchun 
50 dan ziyod harbiy qurolni ishlata bilish malakasini egallash 
majburiy bo‘lib, chavandozlik va yana o‘ttiz ikki harbiy hunar 
o‘rgatilgan. 
“Vandidod”ning  14-fargardida  jangchilarning  qurol-
aslahalari  nomlari  keltirilgan.  Bular:  nayza,  qilich,  gurzi, 
kamon,  cho‘qmor,  to‘qmoq,  vazra  (sariq  ma’dan  tunjdan 
yasalgan jang boltasi), kamand, kamon, zirh, tiara va hk.lardir. 
Yuqori  ta’limda  harbiy  yo‘nalish  bo‘yicha  tegishli  bilimlarni 
egallagan,  o‘zining  jasurligi,  qahramonligi,  vatansevarligi  va 
mardonavorligini ko‘rsata olgan zardushtiylargina keyinchalik 
sipohbed  (qo‘mondon)  va  hazorpad  (gvardiya  boshlig‘i,  bosh 
qo‘mondon) lavozimlarini egallay olganlar. 
Zardushtiylarda  qiz  bolalarga  hunar  o‘rgatish,  o‘qitib 
bilim  berish  qat’iy  yo‘lga  qo‘yilgan.  Zeroki,  o‘qimishli, 
hunarmand  qiz  o‘z  kasbi,  bilimi  bilan  dastlab  ota-ona 
xonadonini  obod,  saranjom  qilib  yursa,  jufti  halolinikiga 
borganda, oilani boshqarish bilan birga kelajak avlod ta’lim va 



Download 2,12 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   7   8   9   10   11   12   13   14   ...   175




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish