MRC - iste’molga so‘nggi qo‘shilgan moyillik.
Eksport hajmi oshishining yalpi milliy ishlab chiqarish hajmi-
ga ta’sirini quyidagi formula orqali aniqlash mumkin:
YaIM=Mr AX ,
bu yerda Mr - multiplikator;
AX - eksport hajmining o‘sishi.
Biroq, xalqaro savdo faqat eksportdan iborat bo‘lmay, balki o‘z
ichiga importni ham oladi. Agar eksportdan olingan daromadning bir
qismi importga sarflansa, u holda mamlakatning ichki xarid qobiliyati
pasayadi. Import jamg‘arma singari boy berilgan imkoniyat sifatida
amal qiladi, shuning uchun u matematik ifodalarda manfiy ishora bilan
qo‘llaniladi. Importni jamg‘arish funksiyasiga o‘xshagan holda tahlil
qilish mumkin. Buning uchun importga so‘nggi qo‘shilgan moyillik
tushunchasini kiritib olamiz. Bu moyillik import hajmi o‘zgarishining
daromad o‘zgarishiga nisbati orqali ifodalanishi mumkin. Natijada
Do'stlaringiz bilan baham: