«draxma» atamasi qo„llanilardi, bronza tangalar esa so„g„d tilidan «pani»
va o„zimizga tanish «tanga» («denga») so„zlari bilan atala boshlangan.
O„rta Osiyoga arablarning kirib kelishi bu yerdagi tanga zarb qilish
ishlarini tubdan o„zgartirdi. Bu davrda O„rta Osiyo davlatlarida pul muo-
malasi musulmoncha pul yuritish ishlari qoidalari va me‟yorlariga to„la-
to„kis moslashtirildi. Oltin dinorlar (Rimdagi «dinarin» so„zidan), ku-
mush dirhamlar (yunoncha «draxma» so„zidan) va mis fuluslar chiqa-
rila boshlandi. Dastlabki musulmon fuluslari O„zbekiston hududida hij-
riy 143-yilda (760-761-yillar) Samarqandda, besh yildan keyin Buxoro,
Axsikent (Farg„ona), Termizda chiqarildi.
Ma‟lumki, IX asr oxiriga kelib, Movarounnahrda amalda mustaqil
Somoniylar davlati vujudga keldi. Buxoro uning markazi bo„lib qoldi.
Deyarli butun O„rta Osiyoni qamrab olgan Somoniylar davlati davrida pul
chiqarish ishi, ayniqsa, yuksak darajada rivojlandi. Kumush tangalar,
ayniqsa, tarkibida kumush juda ko„p bo„lgan siniq deb ataluvchi dirhami-
shikastlar donalab yoki vazni bo„yicha muomalada bo„lardi. Movaroun-
nahr bilan keng savdo aloqalari o„rnatgan sharqiy slavyan qabilalari bu
tangalarni juda yuqori baholashardi. Mazkur savdo aloqalari kengayishi
natijasida kumush ommaviy ravishda Yyevropaga o„tib keta boshladi.
Arxeologlarning Uraldan to Angliya va Norvegiyagacha bo„lgan nihoyatda
katta hududdan topayotgan xazinalari shundan dalolat beradi. XI asr
boshlarida Somoniylar davlati o„rnida turk qabilalari sulolasi paydo bo„ldi.
Natijada pul muomalasida ham o„zgarishlar yuz berdi.
Shunday qilib, kumush bilan oltin pul muomalasining asosiy unsurlari
bo„lib qoldi. Biroq Yevropada XVIII-XIX asrlarga keliboq oltin va
kumush tangalar bilan bir qatorda qog„oz pullar ham muomalada bo„la
boshladi. Qog„oz pullarni qadimgi Xitoy savdogarlari ixtiro qilgan.
Dastlab saqlash uchun tovar qabul qilingani, soliqlar to„langani va kredit
56
berilgani to„g„risidagi tilxatlar qo„shimcha ayirboshlash vositalari
vazifasini bajargan. Bunday tilxatlarni, ya‟ni qog„oz pullarning «qadimiy
ajdodlari»ni zargar ustalar berishgan. Zargar oltinni qabul qilgach, qoida
tariqasida patta (kvitansiya) bergan. Ana shu hujjat qog„oz pullarning
dastlabki vakillari, shuningdek, birinchi shakli bo„lgan.
1501-yilda Dashti Qipchoq ko„chmanchi o„zbek qabilalari boshlig„i
Muhammad Shayboniyxon Samarqandni zabt etdi. Garchi u hukmronlik
qila boshlagan dastlabki davrda temuriylarning kumush va mis tangalari
muomalada bo„lsa-da, 1507-yilga keliboq to„la-to„kis pul islohoti
o„tkazildi.
Oltin tangalar ashrafiy yoki tillo deyilar, kumushlari tanga, tangacha,
misligi dinori, fulus deb atalardi. Eng mayda tanganing nomi «pul» edi.
Shuningdek, yirik nominaldagi tangalarning qismlari, masalan, dinorning
uchdan ikkisi va hatto oltidan biri ham zarb etilgan. Kumush tanga og„irli-
gi 5,2 gramm bo„lib, rasmiy kurs bo„yicha u shunday vazndagi 36 mis
dinorga almashtirilgan. Tangalar ulkan davlatning ko„plab shaharlarida,
masalan, Samarqand, Buxoro, Hirot, Mashhad, Balx, Nishopur, Saraxs va
boshqa joylarda chiqarilgan.
[42]. «O„zbekiston Respublikasining Markaziy banki to„g„risida»gi
Qonunning «Pul tizimi hamda pul muomalasini tashkil etish» nomli
beshinchi bo„limining etti moddasi pul muomalasini tashkil qilishni
o„zida aks ettiradi.
Do'stlaringiz bilan baham: |