Ўзбекистон республикаси олий ва ўрта



Download 4,68 Mb.
Pdf ko'rish
bet3/511
Sana13.07.2021
Hajmi4,68 Mb.
#117751
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   511
Bog'liq
bank ishi

 

 


 



Iqtisodiy islohotlarni amalga oshirishda bank  



tizimi lokomotiv vazifasini bajarishi kerak. 

 

Islom Karimov 

 

KIRISH 

 

Dastlab, shuni ta‟kidlash lozimki, O„zbekiston Respublikasining ho-



zirgi bank tizimi mustaqillikka erishgunga qadar bo„lgan davrdagi bank 

tizimidan  tubdan  farq  qiladi.  Ma‟lumki,  o„sha  davrda  bank  tizimining 

o„zagini: 

 



  Sobiq Ittifoq davlat banki; 

 



  Qurilish banki; 

  Davlat mehnat jamg„arma kassalari tashkil etar edi.  



Ittifoqdosh  respublikalarda  esa  ushbu  banklarning  respublika,  vi-

loyat  kontoralari  va  tuman  (tashqi  iqtisodiy  faoliyat  bankidan  tashqari) 

bo„limlari  faoliyat  ko„rsatardi,  xolos.  Bu  banklarning  joylardagi  bo„-

limlari faqatgina ko„chiruvchi operator rolini bajarar edi. Butun bank tiz-

imi markazdan boshqarilib, kreditlash limitlari ham, naqd pul chi-qarish 

limitlari ham markazning ruxsati bilangina amalga oshirilar, hamma ma-

salalar yuqoridan hal qilinardi. 

Qisqasi,  joylarda  mustaqil  ijodiy  ishlashning  o„zi  yo„q  edi  hisob. 

Bozor  munosabatlari  xususida umuman  gap  bo„lishi  mumkin  emas  edi. 

Respublika  aholisiga  faqat  bir  narsa  ma‟lum  bo„lib,  u  ham  bo„lsa,  o„z 

qo„lida bo„sh  pullarni  Davlat  mehnat  jamg„arma  kassalarida  qat‟iy  bel-

gilangan  foizlar  olish  sharti  bilan  saqlashlari  mumkin  edi.  Boz  ustiga, 

bank tizimini ommaviy axborot vositalarida yoritishga ruxsat yo„q, bino-

barin,  bank  faoliyati  to„g„risida  birorta  ma‟lumot  matbuotda  yoritil-

masdi.  

Faqatgina  1987-yilning  ikkinchi  yarmidan  boshlab,  asosan  Davlat 

banki  negizida  «Agrosanoatbank»,  «Uyjoy  ijtimoiybank»,  «Sanoat-qu-

rilishbank»  va boshqa  tarmoq banklari  tashkil  etila boshlandi.  Biroq bu 

o„zgarishlar  ham  kutilgan  natijalarni  bermadi.  Chunki  markazlashgan 

boshqaruv tizimi hali davom etar va o„z izmini o„tkazar edi. 

O„zbekiston Respublikasining mustaqillikka erishishi iqtisodiy mus-

taqillik sari qo„yilgan ilk qadam bo„ldi. Mustaqil davlatimiz siyosatining 

eng muhim yo„nalishlaridan biri bank tizimini isloh qilish va uni tubdan 

o„zgartirishga qaratildi. Bank tizimini isloh qilish hukumatimizning bo-

zor  iqtisodiyotiga  bosqichma-bosqich  o„tish  dasturiga  muvofiq  amal-ga 

oshirila boshlandi.  




 

Bank tizimini isloh qilishning dastlabki bosqichida 1991-yilda qabul 



qilingan  «Banklar  va  bank  faoliyati  to„g„risida»gi  O„zbekiston Respub-

likasi  qonuni  bozor  sharoitlariga  mos  banklar  institutini  vujudga  kelti-

rishning asosiy yo„nalishlarini belgilab berdi. Mazkur qonunga muvofiq 

SSSR  davlat  bankining  hududiy  bo„limi  O„zbekiston  Respublikasining 

Markaziy  bankiga  aylantirildi  va  u  bevosita  davlat  boshchiligida  bank 

tizimini isloh qilishni boshladi.  

Juda qisqa muddat ichida ikki pog„onali bank tizimini vujudga kel-

tirish  borasida  birinchi  qadamlar  qo„yildi.  Markaziy  bankning  tashkiliy 

strukturasi va ish uslublari qayta qurilib, tijorat banklari aksiyalashtirildi 

va bugungi kunda ularning soni 29 taga yetdi.  

Bundan tashqari, O„zbekiston Respublikasi Markaziy banki, va tijo-

rat  banklaridan  tashqari  yuzlab  nobank kredit  tashkilotlari  ham  faoliyat 

yuritmoqda.  2008-yilda  yuzaga  kelgan  va  barcha  rivojlangan  mamla-

katlar  moliya-kredit  tizimi  hamda  iqtisodiyotini  larzaga  keltirgan  jahon 

moliyaviy-iqtisodiy  inqiroz  moliya-bank  tizimida  izchil  islohotlar  doi-

miy ravishda olib borilishi  lozimligini yana bir bor isbotlamoqda. 

Prezidentimiz  I.A.  Karimov  ta‟kidlaganlaridek,  “Jahon  moliyaviy 

inqirozining  har  bir  mamlakatga  ta‟siri,  undan  ko„riladigan  zararning 

darajasi va ko„lami birinchi navbatda shu davlatning moliyaviy-iqtisodiy 

va bank tizimlarining nechog„liq barqaror va ishonchli ekaniga, ularning 

himoya mexanizmlari qanchalik kuchli ekaniga bog„liqligini isbotlashga 

hojat yo„q...”

1

 

Mazkur o„quv qo„llanmaning o„ziga xos xususiyati shundan iborat-



ki,  undan bank  ishining nazariy  asoslari naqt pulsiz  hisob-kitoblar,  xal-

qaro valuta-kredit munosabatlari va pul muomalasiga oid savollarga ham 

javob topasiz. 

Qo„llanmaning  oxirida  keltirilgan  masalalar  to„plamini  tuzishda 

dots. X.K. Kashapovning “Bank ishi” fanidan tayyorlangan to„plamidan 

foydalanildi. 

Mualliflar  o„quvchilarni  bugungi  kunda  bank  tizimida  bo„layotgan 

islohotlar  ko„lami,  shuningdek,  «Bank  ishi»  fani  dasturiga  binoan  o„z-

lashtirilishi  lozim  bo„lgan  nazariy  va  amaliy  masalalar  bilan  tanishti-

rishni o„z oldilariga maqsad qilib qo„yganlar. O„quv materiallari jamlan-

gan ushbu o„quv qo„llanma o„quvchilar bilimini oshirishga xizmat qilsa, 

barcha sa‟y-harakatlarimiz bekor ketmagan bo„lardi.  

                     

1

  Karimov  I.A.  Jahon  moliyaviy-iqtisodiy  inqirozi,  O„zbekiston  sharoitida  uni  bartaraf  etish 



yo„llari va choralari. – T.: “O„zbekiston”, 2009, 7-bet. 


 




Download 4,68 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   511




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish