XVII
Birinchi muovin
O, how this spring of love ressembleth
The uncertain glory of an April day,
Which now shows all the beauty of the sun,
And by and by a cloud takes all away!
Two gentlemen of Verona.
10
Bir kuni kechga yaqin kunbotar payti bog‘ning ovloq yerida,
shilqim odamlarning nazaridan uzoqda ma’shuqasining yonida o‘tirar
ekan, Jyulen qattiq xayolga cho‘mdi. «Qanday baxtiyor damlar! – deya
o‘ylardi u. – Yana qancha vaqt shunday huzur-halovatda yasharkin-
man?» Uning fikr-xayoli qandaydir qarorga kelishdek og‘ir vazifa
bilan band edi. Yo‘qsil odamning bolalik davrini muqarrar ravishda
yakunlab, yoshlik pallasining birinchi yillarini zaharlovchi baxtsizlikin
anglash tuyg‘usi uni ezayotgan edi.
– Eh, – deb yubordi u beixtiyor, – ochig‘ini aytganda, Napoleonni
yosh fransuzlarga Xudoning o‘zi yetkazgan edi! Kim bosadi endi uning
o‘rnini, barcha bu baxtsiz yoshlar usiz nima qilishadi endi! Ularning
hatto mendan badavlatroq bo‘lganlarining ham mablag‘i faqat o‘qish
uchun arang yetadi. Yigirma yoshda biror vazifani egallab, hayotda
o‘ziga yo‘l ochmoq uchun kerakli odamlarga pora berishga esa pullari
yo‘q! Nimaiki qilmaylik, – deya qo‘shimcha qildi u chuqur xo‘rsinib, –
10
Ishq bahori bamisoli aprеl ayyomi
Har lahzasi o‘zgaruvchan, qarab tursangiz.
Gohi oftob nuri ichra balqiydi chunon,
Goh samoni qoplab olar qop-qora bulut.
Shеkspir. «Ikki vеronalik».
105
bu mash’um xotira bizni umrbod ta’qib etadi va biz o‘zimizni hech
qachon baxtiyor his etmaymiz.
Birdan u de Renal xonimning qovog‘i solinib, yuzida sovuq va
kibrli bir ifoda paydo bo‘lganini sezib qoldi, – xonimning nazarida
bunday fikr yuritish faqat xizmatkorlargagina yarashardi. Unga bo-
laligidanoq, sen juda boysan, deya uqtirishgan edi, shuning uchun u
Jyulenni ham xuddi o‘zidek badavlat ekanligi o‘z-o‘zidan ma’lum-ku,
deb o‘ylardi. Ayol Jyulenni jonidan ham ko‘proq sevardi, hatto yigit
ko‘rnamak va yolg‘onchi bo‘lib chiqqan taqdirda ham uni yaxshi
ko‘raverardi, pul esa uning nazarida pista po‘chog‘idek bir narsa edi.
Biroq Jyulen, turgan gap, buning fahmiga bormasdi. U birdan
xonimning qoshlari chimirilganini ko‘rib, osmon-u falakdan yerga
qulagandek bo‘ldi. Ammo u har qalay dovdirab qolmadi va shu zahoti
qandaydir bahona o‘ylab topdi-da, shundoq yonginasida, chim sunada
o‘tirgan asilzoda xonimga hozir o‘zi ataylab takrorlagan bu gaplarning
barini tog‘dagi o‘sha taxtafurush do‘stining oldiga borganida eshit-
ganini shama qildi.
– Bunaqa odamlar bilan oshnachilik qilmang bo‘lmasam, – dedi
de Renal xonim hozirgina mehr barq urib turgan chehrasida hamon
sovuq ijirg‘anish ifodasini saqlab.
De Renal xonimning bunday chimirilishi yoki to‘g‘rirog‘i, o‘zining
ehtiyotsizligidan pushaymon bo‘lishi Jyulenning puch xayollariga bi-
rinchi zarba bo‘ldi. «U juda mehribon va dilbar ayol, – derdi u o‘ziga-o‘zi,
– va u chindan ham meni sevadi, biroq u dushman lagerida o‘sib voyaga
yetgan. Albatta, ular yaxshi ma’lumot olgan, biroq mablag‘i bo‘lmagani
tufayli durustroq ishga o‘rnasholmagan shunday jasur va halol kishilar-
dan qo‘rqmoqlari kerak. Agar bizga ular bilan tengma-teng olishuvga
imkon berganlarida, barcha bu dvoryanchalarning holiga maymun
yig‘lagan bo‘lardi! Mana, meni Verrer shahrining meri deb faraz qilaylik,
niyati xolis, halol odamman, axir janob de Renal ham aslida shunday-ku.
Lekin eh, ularning rosa tanobini tortgan bo‘lardim-da, o‘ziyam, o‘sha
vikariyniyam, o‘sha janob Valenoniyam barcha hiyla-nayranglarini fosh
etgan bo‘lardim! Verrerda adolat qaror topishini ko‘rardingiz o‘shanda!
Ularning iste’dodi xalal bermasdi-ku menga. Aql bobida ularning bari
ko‘zi ochilmagan mushuk bolasiga o‘xshaydi axir».
Jyulenning baxti o‘sha kuni chindan ham mustahkam bir narsaga
aylanishi mumkin edi. Biroq oxirigacha samimiy bo‘lishga qahra-
monimizning yuragi dov bermadi. U butun jasoratini to‘plab jangga
106
otilmog‘i, otilganda ham darhol otilmog‘i lozim edi. De Renal xonim
Jyulenning so‘zlarini eshitib hayratga tushgan edi, chunki uning atro-
fida odamlar tinmay, yangi Robesperning paydo bo‘lishidan qo‘rqmoq
kerak, bunaqa odam past tabaqadan bo‘lgan ma’lumotli yoshlar
orasidan chiqishi mumkin, deya ta’kidlashardi. De Renal xonim yana
anchaga dovur qovog‘ini solib o‘tirdi. Jyulenning nazarida u jo‘rttaga
shunday qilayotgandek edi. Xonim esa qiziq ustida bunday o‘rinsiz
gaplardan g‘azablanganini aytib qo‘yib, endi faqat beixtiyor uni ran-
jitadigan biror gap aytmadimmikin, deya o‘ylamoqda edi. Uning har
xil shilqim odamlardan yiroqda bo‘lib, o‘zini baxtiyor his etadigan
paytlari g‘oyatda pokiza va sofdil ko‘rinadigan yuzida hozir ana shu
dilsiyohlik aks etmoqda edi.
Jyulen endi o‘z orzu-istaklarini ovoz chiqarib aytmaydigan bo‘ldi.
U birmuncha vazmin tortdi va ilgarigidek es-hushini yo‘qotar dara-
jada oshiqi beqaror bo‘lmagani tufayli, endi de Renal xonim bilan
uchrashmoq uchun uning xonasiga borish chindan ham ehtiyotsizlik
bo‘ladi, deya o‘ylab qoldi. Yaxshisi, xonimning o‘zi unikiga kelsin, agar
xizmatkorlardan birontasi uni yo‘lakda ko‘rib qolsa, u doim biror ba-
honani ro‘kach qilishi mumkin, axir bekaning o‘z uyida yurishi uchun
bahonadan ko‘pi bormi.
Biroq buning ham o‘z noqulay tomonlari bor edi. Jyulen do‘sti
Fuke orqali kitob do‘konida o‘zi yosh ruhoniy sifatida hatto og‘izga
olishga yuragi dov bermaydigan ba’zi kitoblarni toptirgan edi. Bu
kitoblarni u faqat kechasi o‘qishga jur’at etardi. Shu boisdan ham
u ba’zan tunda kelib xalal berishlarini istamay qolgandi. Holbuki
yaqingacha, bog‘dagi o‘sha suhbatga qadar u xonim bilan uchrashuv
haqida o‘ylasa, kitob o‘qish ko‘ngliga sig‘may qolardi.
De Renal xonimning sharofati bilan endi u kitoblardan ko‘pgina
narsalarni kashf eta boshladi. Kiborlar jamiyatiga mansub bo‘lmagan
yosh yigit tabiatan qanchalar iste’dodli bo‘lmasin, har turli may-
da-chuyda narsalarni bilmasa, aqli boshi berk ko‘chaga kirib qoladi.
Jyulen ana shunday mayda-chuyda narsalarni tortinmay xonimdan
surishtirib bilib olardi.
O‘zi ham ko‘pgina sohalardan bexabar bo‘lgan ayolning sevgi
vositasida olib borayotgan bu tarbiyasi uning uchun chinakam baxt
edi. Jyulen jamiyatni o‘sha paytda qanday bo‘lsa shu holicha tasavvur
qilish imkoniga ega bo‘ldi. Uning aqli bu jamiyatning qadim zamon-
larda, bundan ikki ming yil muqaddam yoki hatto oltmish yil ilgari,
107
Lyudovik XV va Volterlar zamonida qanday bo‘lgani haqidagi hiko-
yalar bilan bo‘lg‘anmadi. Yigitning ko‘zidagi parda ochilgandek bo‘ldi.
Shundan so‘ng uning naqadar xursand bo‘lganini bir ko‘rsangiz edi!
Nihoyat, Verrerda sodir bo‘layotgan barcha voqealar unga tushunarli
bo‘ldi-qo‘ydi.
Birinchi navbatda unga bundan ikki yil muqaddam Bezanson
prefekti atrofida boshlangan g‘oyatda chalkash fitnalar namoyon
bo‘ldi. Bu fitnalarni Parijdan, juda nufuzli kishilardan kelayotgan
maktublar qo‘llab-quvvatlab turmoqda edi. Bu harakatlarning bari
shu atrofdagi eng xudojo‘y odam janob de Muaroni Verrer shahrida
merning ikkinchi emas, balki birinchi muovini qilib tayinlashga qa-
ratilgan edi.
Janob de Muaroning raqibi allaqanday juda badavlat fabrikant
bo‘lib, uni har nima qilib bo‘lsa-da, ikkinchi muovin darajasiga surib
qo‘ymoq lozim bo‘lardi.
Nihoyat, Jyulenga ilgari janob de Renalnikida barcha mahalliy
oqsuyaklar yig‘iladigan ziyofatlar payti uni hayratga solib yurgan
hamma ivir-shivir gaplar ayon bo‘ldi. Bu mumtoz jamiyat birinchi
muovinlik lavozimiga xuddi ana shu odamning tayinlanishidan g‘oyat
manfaatdor edi. Bu nomzodni shaharda ularning o‘zlaridan bo‘lak
hech kim bilmasdi. Xususan, liberallar mutlaqo bexabar edilar. Bunga
katta ahamiyat berilishining boisi Verrerning eng katta ko‘chasini
uch qulochga kengaytirish lozimligida edi, chunki bu ko‘cha bundan
buyon qirol o‘tadigan yo‘l bo‘lib qolgandi.
Shunday qilib, buzilishi lozim bo‘lgan shu ko‘chada uchta uyi
bo‘lgan janob de Muaro avvaliga birinchi muovin, keyinchalik esa
mer lavozimini egallashga muvaffaq bo‘lsa (janob de Renalni tez
orada deputatlikka o‘tkazishadi, degan gap bor edi), u zarur bo‘lgan
paytda ko‘z yumib qo‘ya qolar, natijada, jamoat yo‘liga tushgan uylar
xiyol qayta qurilib, yana yuz yil turaverishi mumkin bo‘lardi. Janob
de Muaroning g‘oyat xudojo‘y va, shubhasiz, halol odam ekanligiga
qaramay barcha uning gapga unashiga ishonardi. Chunki janob de
Muaro jo‘jabirdek jon edi. Buzilishi lozim bo‘lgan anavi uylardan
to‘qqiztasi esa Verrerning eng kazo-kazo odamlariga qarashli edi.
Jyulenning nazarida, bu fitna Fontenua bo‘sag‘asidagi jangdan
ham kattaroq ahamiyatga molik edi. Bu jang haqida esa u birinchi
marta Fuke yuborgan kitoblardan birida o‘qigandi. Jyulen kechqurun-
lari kyurening oldiga borib shug‘ullana boshlaganidan buyon o‘tgan
108
shu besh yil ichida uni ko‘pgina narsalar hayratga solgandi. Ammo
hayotini ilohiyotni o‘rganishga bag‘ishlagan, birinchi fazilati kamtarlik
va itoat bo‘lgan yigit keksa kyurega biror savol bilan murojaat qilishni
noqulay deb hisoblardi.
Kunlardan birida de Renal xonim erining malayiga qandaydir ish
buyurdi. Bu Jyulenni yomon ko‘radigan o‘sha xizmatkor edi.
– Lekin bugun juma-ku, xonim, shu oydagi oxirgi juma, – deya
ma’nodor ohangda javob qildi bekaga xizmatkor.
– Xo‘p yaxshi, boravering, – dedi de Renal xonim.
– Demak, bugun u anavi pichanxonaga borar ekan-da, bir vaqtlar
u yer cherkov bo‘lgan ekan, yaqinda uni qaytadan ochishibdi, – dedi
Jyulen. – U yerda ular nima qilishadi o‘zi? Shu sirning tagiga sira
yetolmadim-da.
– Qandaydir savobli tashkilot deyishadi, lekin u juda boshqacha
emish, – deya javob qildi de Renal xonim. – Ayollarni u yerga kiritish-
maydi. Men faqat u yerda ularning bir-birlarini «sensirab» gapirish-
larini bilaman xolos. Mana, masalan, anavi malayimiz u yerda janob
Valenoni uchratib qolib, u bilan «sensirab» gaplashsa, bu kekkaygan
ahmoqning Sen-jan uny sensiraganidan sira jahli chiqmaydi, aksincha,
javoban o‘zi ham uni sensiraydi. Agar ularning u yerda nima ish qilish-
larini batafsilroq bilishni istasangiz, men o‘rni kelganda, Mojiron bilan
Valenodan bu haqda so‘rab olishim mumkin. Biz har bir xizmatkorimiz
uchun u yerga yigirma frankdan a’zolik badali to‘laymiz, – chamasi,
bir kun kelib to‘qson uchinchi yildagi kabi terror boshlansa, ular bizni
bo‘g‘izlab ketmasliklari uchun shunday qilinsa kerak.
Vaqt asta-sekin o‘tib bormoqda edi. Jyulen xom xayollarga berilib
yuragi siqilgan paytlari o‘z ma’shuqasining go‘zalligini eslardi-da,
ko‘ngli joyiga tushardi. Ular dushman lagerlarga mansub bo‘lganlari
sababli ma’nodor va zerikarli suhbatlardan o‘zini tiyishga majbur
bo‘lgan Jyulen, o‘zi ham sezmagan holda, xonim uni qanchalar baxti-
yor etayotganini kuchliroq his etardi va borgan sayin uning ta’siriga
berilardi.
Ba’zan ular endi ko‘pgina narsalarni tushunadigan bo‘lib qolgan
bolalar oldida xotirjam va andishali suhbat chegarasidan chiqmay
o‘tirishga majbur bo‘lgan kezlari, Jyulen sevgidan chaqnab turgan
ko‘zlarini xonimga tikib ajoyib bir itoatkorlik bilan uning dunyoni
qanday tuzilganligi haqidagi hikoyalarini tinglab o‘tirardi. Gohida
shunday ham bo‘lardiki, yo‘l qurilishi yoki yirik pudrat ishlari bilan
109
bog‘liq bo‘lgan biror mohirona qalloblik to‘g‘risida hikoya qilar ekan,
de Renal xonim taajjublanib o‘tirgan Jyulenning yuziga qarab turib,
birdan yolg‘iz emasliklarini unutib qo‘yardi, shunda Jyulen uni tergab
qo‘yishga majbur bo‘lardi. Chunki xonim parishonlik bilan unga xuddi
o‘z bolalaridek tortinmay, oddiygina muomala qila boshlardi. Darvoqe,
ayolga ba’zan Jyulenni xuddi o‘z bolasi kabi sevadigandek tuyulardi.
Chindan ham u yigitning bolalarcha soddalik bilan bergan yuzlab
savollariga tinimsiz javob bermasmidi axir? Holbuki, yaxshi oiladan
chiqqan bola bunday narsalarni o‘n besh yoshidayoq juda yaxshi bilib
olgan bo‘lardi. Biroq oradan bir zum o‘tmasdanoq u yana yigitga o‘z
hukmdori yanglig‘ zavq-shavq bilan tikilardi. Xonim uning aql-zakovati-
ga shu qadar qoyil qolardiki, ba’zan hatto vahimaga tushib qolardi, bu
yosh abbatchaning bir kun kelib ulug‘ odam bo‘lajagiga u kundan-kun
qattiqroq ishonch hosil qilmoqda edi. Ayol ba’zan uni salkam papa
deb, ba’zan esa Rishelye kabi bosh ministr sifatida tasavvur qilardi.
– Sen mashhur bo‘lib ketadigan paytinggacha o‘lmay yurarmikin-
man? – derdi u Jyulenga. – Katta odamga hozir yo‘l ochiq: qirol ham,
cherkov ham buyuk odamlarga muhtoj, bizning salonlarda har kuni
shu haqda gapirishadi axir. Agar Rishelyega o‘xshagan biror odam
paydo bo‘lib, barcha bu nifoq va fitnalar to‘foniga chek qo‘ymasa,
halokatga uchrashimiz muqarrar.
Do'stlaringiz bilan baham: |