Kuz soqqasining yordamchi apparatlari-Oldingi tomonda ko’z soqqasi teri
burmalari-yuqori va pastki qovoqlar bilan, ko’z qovoqlarining pastki yuzasi yupqa
teri bilan qoplangan. Ko’z qovoqlarining ichki yuzasi qo’shuvchi to’qima pardasi-
kon’yunktiva bilan qoplangan. Ko’z qovoqlarining bakrida o’z konsistensiyasi bilan
tog’ayni eslatuvchi qo’shuvchi to’qima plastinkalari-qovoq tog’aylari bor. Bularning
ichida esa Meybom bezlari bor. Bu bezlarning chiqarish yo’llari qovoqlarning bo’sh
chekkasiga ochiladi va yog’li sekret chiqaradi. Ko’z qovoqlarning bo’sh chekkalarida
kipriklar, yuqori qovoq bilan peshona terisining chegarasida esa qosh bor.
Do'stlaringiz bilan baham: |