Erkin qo’l skeleti bunga elka suyagi bilak, tirsak va qo’l panja suyaklari
kiradi. Elka suyagi-uzun naysimon bo’lib, o’rta qismi, yuqori va pastki qismi uchlari
bor. Uning yo’g’on tortgan yuqori uchida sharsimon boshchasi bor. Anatomik bo’yni
bor. Shu erda katta-kichik dumboqchalardan iborat. Ularni egatlar bir-biridan ajratib
turadi. Dumboqchalardan pastga qarab 2 ta qirra tushadi. Dumboqchaning ostida
suyakning tor qismi bor. Elka suyagi ko’pincha shu erdan sinadi. Uni xxurugik
bo’yin deb ham atalali. Suyakning distal uchi oldindan orqaga qarab yassilangan va
oddinga sal qiyshaygan. Uning uchini yon tomoniga kengayuvchi qismlarning g’adir-
budir tepachalari bor. Medial tomonida esa medial tanachasi, lateral tomonida lateral
tepachasi bor.
Elka suyagining pastki qismida-suyakning boshchasimon tepachasi va
g’altaksimon qismi mavjud. /altakning ustida oldingi tomonida toj chuqurchasi bor.
Boshchasimon tanachaning ustida elka suyagining yuzasida-bilak chuqurchasi bor.
Bilak suyagiga tirsak va bilak suyaklari kiradi. Tirsak suyagining proksimal
oldingi va ora uchida o’sig’i bor. Yarim oy shaklidagi o’ymasi, uning bo’g’im yuzasi
elka suyagining g’altagiga mos kelib elka-tirsak bo’g’imini hosil kiladi. Toj
o’sig’ining pastrog’ida tirsak suyagining g’adir-budir joylari bor. Suyak diafizi uch
qirrali bo’lib, uchta yuzasi va uchta chekkasi bor. Bilak suyagida ham boshchasi bor,
u tsilindrik shaklda. Boshchaning yuqori qismida chuqurchasi bor, u chuqurcha elka
suyagining boshchasimon tepachasi bilan qo’shilib, elka bilak bo’g’imini tuzadi. Qo’l
panja suyaklari. U uchta bo’limdan iborat:-kaft usti, kaft va barmoqlar. Kaft usti
suyaklari g’ovak suyaklardan iborat bo’lib, ular ikki qator, har qatorida 4 tadan suyak
joylashgan. Bularga qayiqsimon, yarim oysimon, uch qirrali, no’xatsimon,
trapediyasimon katta va kichik suyaklar, boshchali va ilmoqli suyaklar kiradi.
Kaft suyaklari. Naysimon 5 ta suyaklardan iborat bo’lib, ularning har birida
diafiz boshchasi va asosi bor. Kaft suyagining boshchalarida sharsimon bo’g’in
yuzalari mavjud, ular barmoqlarning asosiy falangalari bilan bo’g’im tuzadi. Kaft
suyaklari bosh barmoq tomonidan hisob qilinadi (I-V). Qo’l panjasi barmog’ining
falangalari naysimon bo’lib, birinchi barmoqdan tashqari har birida uchtadan falanga
(asosiy, o’rta va tirnoq falangalari) bor. Bosh barmoqda 2 ta asosiy va tirnoq
falangalari bor. Har bir falangani diafizi distal va proksimal uchlardan iborat.
Do'stlaringiz bilan baham: |