Tayanch so’zlar: osteon, kompakt, havonlar, g’ovak, diafiz, epifiz, fibroz,
endost, ossein, xitin, agyufiz, metafiz, sesamasimon, sinartroz, sindesmoz,
sinxondroz, sinostoz, diartroz, pereferiya, boylam, disk, menisk, sinovial xalta,
tsilindrik, g’altaksimon, ellipssimon, egarsimon, sharsimon, supinatsiya, pronatsiya,
o’sig’i, ravog’i, rudement, atlant, lordoz, kifos, gibus, skolioz, bo’yinturuq, akromal
o’sig’i, medial, laterial, tumshuqsimon o’siq, qayiqsimon, yarim oysimon, uch qirrali,
no’xatsimon, trapeytsiyasimon, boshchali, ilmoqli, falanga, ko’sti, simmetrik.
Oldingi dumbokchasi boshqa buyin umurtqalaridan ko’prok o’sgan usha
dumbokchada uyqu arteriyasi o’tadi. 1-umurtqaning o’tkir qirrali usig’i yo’q II-
umurtqalar ayrili uchli, VII-umurtqa esa usig’i uzun, uchi yug’onlashgan, uni teri
ostidan paypaslab topiladi. I-buyin umurtqasi (Atlant) kalla suyagiga birikkan, uning
tanasi va o’tkir qirrali o’sig’i yo’q. U oldingi va orqa ravoklardan tuzylgan suyak
xalqadir. Uning ravoklarida yon massalar va yuqori bug’im yuzalari chuqurchalari
mavjud. Pastki bo’g’im yuzalari yassi bo’lib, 11-buyin umurtqasi bilan butim tuzadi.
Atlant umurtqa teshigi boshqalardan kattadir. I-buyin umurtqasi uq umurtqa
deyiladi, unda kichkina o’siq bor. U atlant bilan birgalikda kalla ham vertikal uq
tevaragida aylanadi.
PDF created with pdfFactory trial version
www.pdffactory.com
10
Ko’krak umurtqalari 12 ta bo’lib, tanasi va yuqori, pastki bo’g’im o’siqlari
o’tkir qirrali va kundalang o’siqlarga, esa uning tanalarining orqa yon yuzalarida va
kundalang o’siqlarining uchida kichkina qovurg’a chuqurchalarini bo’g’im yuzalari
bor. Ular I-XI-XII-umurtqalarda. Boshqalarida esa tanasida yuqori va past
tomonlarida 2 tadan yarim chuqurchalar bor. Bel umurtqalari 5 ta bo’lib o’tkir qirrali
o’siq, bo’g’im o’siqlari kundalang o’siqlari taraqqiy-etgan. Bel umurtqalarining
kundalang o’siqlari evolyutsiya davridgi qovurg’alarga aylanib ketgan, rudimentlarni
ko’rish mumkin. Dumg’aza umurtqalari 5 ta bo’lib, katta odamlarda ular qo’shilib,
bitta yagona dumg’aza suyagini tashkil etadi.
Dumg’azaning chanoqqa qaragan botiq yuzasida 4 ta ko’ndalang chizig’i bor.
U chiziqlar qushilib ketgan, umurtqa tanalarining chegaralaridir. Dumg’azaning
dorzal yuzasida tikka yo’nalgan o’gkir-bel qirrali o’siqlar ko’rinadi. Dumg’azaning
o’rta va yon qirralari bor, unda dumg’aza kanali va dumg’aza teshiklari bor.
Dumg’azaning asosida 2 ta yuqori bug’im o’sig’i bo’lib, u bel umurtqasining
o’siqlari bilan birlashadi. Dumg’aza suyagining shoxlari 2 ta, u dum suyagi bilan
birlashadi. Dum suyagi 4-5 ta umurtqadan iborat bo’lib, voyaga etgan odamda
qo’shilgan bitta suyakdir. Dum suyagining asosi va pastga qaragan uchi bordir. I-dum
umurtqasining ko’ndalang va yuqori o’siqlari bor. Ular o’zgarib shoxlarga aylangan,
ya’ni dum suyagining mug’uzsimon tuzilmasidir. Umurtqaning bukilmalari qavariq
tomoni bukilmasiga lordoz, qavariq tomoni orqaga qaragan bukilmasiga-kifoz
deyiladi 2 ta lordoz, (buyin va bel bo’limida) 2 ta kifoz (ko’krak va dutmg’aza
bo’limida) bo’ladi. Yon tomonga bukilish-skolioz, qari odamlarda ko’krak kifozi
zurayadi Bukri bulish-gibus deyiladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |