R safarova, M. G‘ulomov, M. Inoyatova savod o‘rgatish darslari 1-sinf o‘qituvchilar uchun metodik qo‘llanma



Download 329,09 Kb.
Pdf ko'rish
bet10/12
Sana12.07.2021
Hajmi329,09 Kb.
#117041
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   12
Bog'liq
xrpt fryrmz4o4fflt10i92htruh6d4sn4de0v3p0rinjotx9jvhilp44bbye5gtyjyx7pd68mih3452

Kitobxon.Com


9

Shuningdek, har bir tovush-harf uchun tavsiya qilingan rasmlar osti-

da ularning so‘z andozasi berilgan bo‘lib, ular asosida so‘zlarni tovush – 

bo‘g‘in tahlilini muntazam o‘tkazib borish o‘quvchilarning yangi bilim-

larni mustahkam o‘zlashtirishlariga asos bo‘ladi.

Alifbe davri uchun har bir tovushga ilova sifatida so‘zlarning bo‘g‘inlab 

berilishidan maqsad, avvalo, kelajakda o‘quvchining orfografi k savodxon-

ligini ta’minlashga, to‘g‘ri o‘qish va yozish ko‘nikmalarini tarkib toptirish-

ga, qolaversa, uning lug‘at boyligini, so‘z zaxirasini oshirishga qaratilgan. 

Ushbu materiallar yangi bilim larni mustahkamlashga oid mashg‘ulotlarda 

o‘quvchilar bilimini tekshirib ko‘rishda asqotadi. O‘qituvchilar mazkur 

didaktik materiallarga ijodiy yondashgan holda o‘quvchilarning to‘g‘ri 

yoza olishi, so‘z boyligi, so‘zlarni bo‘g‘inlarga to‘g‘ri ajrata bilishga oid 

bilimlarini tekshirib boradilar. Masalan: B harf-tovushini o‘rganish uchun 

3 ta so‘z andozasi berilgan bo‘lib, ular bobobeshikbaliq rasmlari bilan 

birgalikda taqdim etilgan.

Birinchi andozani o‘quvchilar mustaqil to‘ldira oladilar, chunki bobo 

so‘zidagi barcha harf-tovushlar o‘quvchilarga tanish, beshik va baliq 

so‘zlariga oid andozalarni to‘ldirish emas, balki mazkur so‘zlarni dars-

likdagi andozasiga asoslanib bo‘g‘inlarga ajratishni talab qilish maqsadga 

muvofi q bo‘ladi.

O‘qituvchi:

– Qani, «beshik» so‘zini bo‘g‘inlarga ajrataylik-chi.

O‘quvchilar:

– Be-shik. 

O‘qituvchi:

– «Beshik» so‘zida nechta bo‘g‘in bor ekan?

O‘quvchilar:

– Ikkita.

O‘qituvchi:

– Juda to‘g‘ri.

Yangi o‘rganilgan har bir harf-tovush uchun berilgan rasm asosidagi 

so‘zlarni shu xilda bo‘g‘inlarga bo‘lib talaffuz etish, barcha harf-tovush-

lari o‘rganilgan so‘zlar uchun berilgan andozalarni mustaqil to‘ldirish 

o‘quvchida orfografi k savodxonlikni o‘stirishga yordam beradi.

Hozirgi vaqtda izlanuvchan va tajribali o‘qituvchilar bilish faoliyatini 

jadallashtirishda ta’lim jarayonini didaktik o‘yinlar bilan uyg‘unlashtirib 

samarali natijalarga erishmoqdalar. 

Ma’lumki, o‘qituvchi didaktik o‘yin darslarni o‘tkazish uchun juda 

ko‘p adabiyotlar bilan tanishishi, o‘quvchilarning bilim darajasi, yoshi, 

psixologik xususiyatlari, iqtidorini hisobga olishi zarur.

Kitobxon.Com



10

Didaktik o‘yinli darslar yangi mavzuni bayon qilish, mustahkamlash, 

bolalar bilimini sinab ko‘rish va baholash jarayonida qo‘llanilishi mumkin. 

O‘qituvchi o‘quvchilarni yakkama-yakka, keyinchalik guruhli o‘yinlarga 

tayyorlashi, ular muvaffaqiyatli chiqqanidan so‘ng ommaviy o‘yin darsla-

rini o‘tkazishi kerak. Chunki o‘quvchilar didak tik o‘yin darslarda ishtirok 

etish uchun kerakli bilim, ko‘nikma va malakalarni egallagan bo‘lishlari 

zarur.


Savodga o‘rgatish davrida qo‘llaniladigan ba’zi didaktik o‘yin 

mashg‘ulotlaridan namunalar keltiramiz:

I. Mazkur didaktik o‘yinni alifbegacha davr va alifbe davrida qo‘llash 

mumkin. O‘quvchilarga bir so‘z o‘qib eshittiriladi. Masalan: «Ism» so‘zi. 

Agar o‘quvchilar mazkur so‘zni yoza olsalar, alifbe davrida bu so‘zni sinf 

xattaxtasiga yozib qo‘yish mumkin. So‘ngra so‘zdagi har bir harfga alo-

hida so‘zlar toptiriladi. «Ism» so‘zidagi I, S, M harfl ari uchun o‘quvchilar: 


Download 329,09 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   12




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish