Yangi Zellandiya Zaxira Banki (RBNZ) 1934 - yilda tashkil etilgan. To'liq davlat
tomonidan boshqariladi. Bankning o'ziga hos xususiyati bu bank harakatlari
ustidan juda qattiq nazorat o'rnatilgandir. Qaltis vaziyatlarda bank direktori
o'zgartirilishi mumkin.
Boshqaruvchi Kominitet : bank direktori pul munosabatlar ustidan asosiy
qarorlar qabul qiladi.
Maqsadlari : narxlar barqarorligini va foiz stavkasi, katirovkalar, iqtisodiyot
barqarorligini taminlash, shuningdek, infilyatsiyani 1.5% darajada ushlab turish.
Yig'ilishlari : yiliga sakkiz marta.
SAVDO PSIXALOGIYASI
Yaxshi, doimiy natijalarga erishishingizda savdo psixalogiyasi juda muhim
ahamiyatga ega. Foreksda savdo prosesini endigina boshlagan beginnerlar
Forexni o'rganish oson deb hisoblashadi. Ammo, bu to'g'ri emas. Boshlanishida
biroz miqdorda mablag' ishlab olib xursand bo'lib ketishadi va etibori kamayadi.
Natijada butunlay barcha narsani yo'qotishadi. Savdoning birinchi kuni davomida
bajargan barcha harakatlaringizni yozib qo'yishingiz mumkin. Bir qancha vaqtda,
ko'p foyda bo'lmayotganligini sezib qolishingiz mumkin. Savdo strategiyangizni
analiz qilishni boshlaysiz va unchalik yomon emasligini ko'rasiz. Ammo, keyin
etiboringiz komentariylarga tushadi: "juda erta yopilgan", "juda ko'p vaqtga
pozitsiya ochiq qoldirilgan", vhk. Shu kabi holatlarning sababi tayyormaslik va
aniqlik, intizomning yo'qligi. Deyarli barcha Treyderlar, hech bo’lmasa bir necha
bor bo’lsa ham bitimlar tuzib ko’rganlar shuni takidlashadiki shaxsiy intizom,
hissiyotlarni qo'lga olish va adekvat qarorlar qabul qilish savdo sharoitida eng
zaruriy narsalardir.
Bozorda oldindan aytib bo'lmaydigan juda ko'plab o'zgarishlar bo'ladi. Agar
hamma narsani oldindan bilganingizda edi mukammal savdo mashinasi bo'lgan
bo'lardingiz. Ammo odamlarning mukammal emasligini tushunishingiz juda
muhumdir. Sizni bezovta qiluvchi psixologik holatlarni yengishingiz kerak.
Foreksda ishlashingiz davomida o'z strategiyangizdan yoki boshqa
birovnikidan foydalanishingiz ham mumkin. Orderni qo'ydingiz va hamma narsa
rejadagidek ketmayotganini ko'rdingiz. Judayam ko'pchilik vahimaga tushishni
boshlashadi va zararni qisqartirish uchun orderni yopishadi, yani savdo
strategiyasini o'zgartirishadi. Biroq, order yopilishi bilanoq diagramma kutilgan
yo'nalishga og'ganligini ko'rasiz. Ammo, bu vaqtda endi yutqizgan bo'lasiz.
Mazkur misol psixalogik qatiymaslikka misol bo'ladi. Agar mayda o'zgarishlarni
yoqtirmasangiz qochib ketishga tayyor bo'lasiz. Savdo jarayonida faqatgina uchta
natija bo'lishi mumkin : foyda, zarar va nol natija. Manashu uchta holatdan
faqatgina bittasi ijobiy hissiyotlarni uyg'otadi. Qolgan ikkitasi esa salbiy
hissiyotlarni chaqiradi. Shunday ekan, agar har bir salbiy hissiyotga vahima,
xafalik va qo'rquv bilan yondoshsangiz tezda savdo uchun umuman energiyangiz
qolmaydi. O'zingizni va hissiyotlaringizni boshqarishni o'rganishingiz lozim va har
bir muvaffaqqiyatsizlikni oxirgi zamon deb hisoblamasligingiz kerak. Savdo
faqatgina pul keltirishi emas balki hursandchilik ham keltirishi lozim. Keraksiz
hissiyotlarga energiyangizni sarflagandan ko'ra yangi strategiyalarni o'rganishga
va hayot daqiqalaridan lazzatlanishga sarflash lozim.
Levarage Treyderni chalkashtirishi, unga katta muammolar tug'dirishi
mumkin. Leverage o'zingiz investitsiya qilgandan katta miqdordagi pul bilan
savdo qilishingizga imkon beradi. Biroq, levarage ham sizning foydangizga ham
zararingizga ishlashi mumkin. Bazi Treyderlar kattaroq summada pul bilan ishlash
uchun katta miqdordagi levarageni tanlashadi. Bu narsa esa "hech qanday
tavakkallarsiz cheksiz imkoniyatlar " kabi illuziyalarni yaratadi. Aslida esa, doim
ham bunday emas. Katta miqdorda savdo qilingan mablag' Levarage sababli
katta miqdordagi foyda keltirishi mumkin. Ammo, shuni haechqachon
unutmangki, foyda bilan bir qatorda barcha depozitingizni yo'qotishingiz
extimolligi juda katta. Tajribali Treyderlar yuqori darajali tavakkaldan saqlanish
uchun levarage o'lchamini diqqat bilan analiz qilish va sharoitingiz va tajribangiz
uchun eng optimalini tanlashingizni maslahat berishadi.
Bozorda ishlashning uchta asosiy fenomenlarini aniqlashishimiz mumkin:
Do'stlaringiz bilan baham: