Bozorning yaxshigina xotirasi bor (tarix qaytariladi). Avvalgi
holatning shabloni hozirda ham sodir bo'ladi. Bozorga tasir qiluvchi
qonunlar o'zgarmaydi.
Charls Dow (1851 - 1902) texnik analizning "otasi" deb ataladi. XIX asrning
oxirlarida uning stock marketni kuzatishlari asosidagi ko'plab faktlari berilagn
maqolalar seriyasi chiqarildi. Uning kuzatishlari texnik analizning asoslarini
shakillantirdi. Texnik analiz odamga bozorga kirishning eng foydali bo'lgan
vaqtini bilib olish imkonini beradi. Barcha metodlar savdo miqdori va narxi
ustidagi hisoblashlarga asoslanadi. Qarorlar qabul qilishingizda bir nechta
uskunalar yordam beradi : narxlarning tarixiy malumotlari asosida malumotlarni
grafik usulda tasvirlash (shamlar, bar chartlar, chiziqli diagrammalar va boshqa
kamroq mashxur bo'lganlari) va boshqa texnik indikatorlar. Indikatorlar
tomonidan beriladigan barcha signallar maslahat signallaridir. Ulardan 100 foizli
aniqlikdagi malumot olaman deb o’ylash xatodir. Indikatorlarni boshqa
uskunalar bilan birgalikda ishlatib bozorni analiz qilish ishingizni ancha effektiv
qiladi.
Eng foydali usul esa texnik va fundamental analizlarning ikkovidan ham
birgalikda foydalanishdir. Albatta bu juda qiyin. Ammo bu sizga valyuta
bozoridan doimiy barqaror daromad olishingizni salmoqli darajada
oshirishingizda yordam beradi. Texnik analizdan farqli o'laroq fundamental
analiz sababni izlaydi. Texnik analiz esa sababni izlamaydi, balki valyuta bozorida
nimalar bo'liyotganiga etiborini qaratadi. Ammo, ikkala analizlar ham bir birini
to'ldirishga mo'ljallangan.
Fundamental va texnik analizlarni olib borish har bir Treyder ishining
ajralmas qismi bo'lishi kerak. Bu Treyderning harakatlar ketma-ketligini aniqlashi
va to'g'ri qaror qabul qilishi uchun yagona yo'ldir.
Bu bozorda holatni analiz qilish judayam qiyin. Treyderlar fundamental
analiz olib borishlari uchun qulayliklar yaratish uchun Bozor Yangiliklari, Iqtisodiy
Kalendar va Interest Rates (foiz stafkalari) kabi axborotlar mavjud. MetaTreyder
4 platformasi esa texnik analiz olib borish uchun keng ko'lamli uskunalar
to'plamiga ega.
SWAP
Foreksda savdolar Spot (aylana,davriy qaytariluvchi) davrlarda olib boriladi.
Bu esa barcha haqiyqiy bitimlar ularning bajarilishidan keyingi ish kunida amalga
oshirilishini bildiradi. Ammo, spekulyativ savdoda (spekulyativ savdo bu endi
boshlamoqchi bo'lib turgan faoliyatingiz, yani olib sotish) valyutani xaqiyaiy
yetkazib berishning keragi yo'q. Agar bir ish kuni davomida orderlarni (savdo
pozitsiyalarni) amalga oshirgan bo'lsangiz mablag'ingizni yetkazib berish
qoldiriladi. Bu hech qanday muammolarga sabab bo'lmaydi. Ammo, agar
orderingizni (bitimni) bir kundan ko'proq muddatga ochiq qoldirmoqchi
bolsangizchi?
SWAP deb nomlanuvchi pozitsiyani ochiq qoldirish operatsiyasi huddi
manashu maqsadda o'ylab topilgan. Ushbu operatsiyaning asosi pozitsiyani
kunning oxirida malum narxda "yopish" va xuddi shu narxda qayta ochish
hisoblanadi. Shu bilan bir vaqtda swap o'lchamiga teng miqdorda mablag'
hisobingizga yo qo'shiladi yoki yechib olinadi. Swap o'lchami Markaziy Banklar
foiz stavkasiga yoki boshqa bir qator boshqa faktorlarga bog'liq bo'ladi. Foiz
stavkalari har bir davlatning o'z Markaziy Banklari tomonidan belgilanishi sababli
turli davlatlar foiz stavkalari o'rtasida judayam muhim bo'lgan farqlar kelib
chiqadi. Swap manashu farqlarga asosan hisoblab topiladi.
Swap har savdo kunining oxirida avtomatik hisoblanadi. Chorshanbadan
Payshanbaga o'tishda qoldirish (rollover), swap uchmartalik o'lchamda yechib
olinadi/qo'shiladi (chorshanba, shanba va yakshanba uchun). MetaTreyder 4
savdo platformasida har bir valyuta uchun swap stavkasini ko'rishingiz mumkin
(buni amalda ko'rish uchun, "MarketWatch" dan biror juftlikni tanlang. Paydo
bo'lgan oynadan "Properties" tugmasini bosing. Shunda uzun va qisqa
pozitsiyalar uchun Swap stavkasi/miqdori pipslarda ko'rsatiladi).
Swap miqdorini savdo terminalidan topasiz. Haqiyqiy hisobidan swapni olib
tashlash yoki qo'shish tajriba hisobidagi bilan bir xil amalga oshiriladi.
MARKAZIY BANKLAR
Markziy Banklarning maqsadlari bu o'z davlatlari hukumatni va tijoriy
banklarni moliyaviy xizmatlar bilan taminlash hisoblanadi. Ularning asosiy
funksiyalari:
•pul taminoti va uni almashtirish narxlarini tartibga solish;
•milliy valyuta banknotlrini chiqarilishini nazorat qilish;
•tijoriy banklarga kridit berish va ulardan depozitlar qabul qlish, hamda
ularning harakatlarini nazorat qilish;
•davlat qarzini boshqarish;
•davlat oltin zaxirasini nazorat qilish;
•boshqa markaziy banklar bilan munosabatlar olib borish.
Markaziy banklarning xorijiy valyutala almashtirish bozoriga tasir
ko'rsatishining to'rtta asosiy yo'li bor:
1.
Do'stlaringiz bilan baham: |