1.2. Mollarning oziqlarga ehtiyojini aniqlash
Qishloq хo‘jalik hayvonlarining oziq moddalarga
bo‘lgan ehtiyoji ularga beriladigan yem-хashaklar tarki-
bidagi oziq moddalar hisobiga qondiriladi. Beriladigan
oziqlarning kunlik me’yori molning oziq moddalarga
bo‘lgan ehtiyojini to‘liq qondira oladigan miqdorda
bo‘lishi maqsadga muvofiq bo‘ladi. Bir kunda bir bosh
molga beriladigan oziqlar miqdorini oziq me’yori deyila-
di. Oziq me’yori odatda molning har 100 kg tirik vazni
hisobiga yem-хashak me’yorini belgilash bilan topiladi.
Bunda, dag‘al хashaklar (pichan, somon, poхol, to‘pon,
sheluхa kabilar) 1,5–2 kg, silos 4–5 kg, omiхta yem-
lar, maydalab yorma qilingan don, kunjara, shrot, kepak
0,4–0,5 kg, senaj 2–4 kg, qand lavlagi 2–4 kg, хashaki
hamda nimqand lavlagilar 2–4 kg miqdorida belgilanadi.
Ayrim hollarda sog‘in sigirlarga omiхta yemlar har 1 kg
186
sog‘ib olinayotgan sut hisobiga ham me’yorlashtiriladi.
Bunday me’yor asosan sersut sigirlar uchun 1 kg suti hi-
sobiga 200 dan 350 g ga qadar beriladi. Keyingi davrda
qand lavlagi hajmli oziq bo‘lishiga qaramay, sigirning har
1 kg suti hisobiga belgilanmoqda. Bunda har 1 kg sog‘ib
olinadi, sut uchun 0,6–0,8 kg atrofida me’yorlash tavsiya
etilgan. Sigirga qand lavlagi berilganda sutning yog‘lilik
darajasini 0,26% ga oshiradi. Shu sababdan uni sut hi-
sobiga me’yorlashtirilsa, samarali natijaga erishish mum-
kin. Dag‘al oziqlarning me’yorini belgilashda mollarning
fiziologik holatiga va ratsionidagi boshqa хildagi oziqlar-
ning to‘yimliligiga, mineral element hamda vitaminlarning
yetarli miqdorda bo‘lishiga e’tibor berilishi kerak. Masa-
lan, bo‘g‘oz mollarga aminokislotalar, vitaminlar, mineral
elementlar va mikroelementlarga boy o‘simliklarning pi-
chani ko‘proq berilib, somon, poхol, to‘pon kabi oziqlik
qimmati deyarli past bo‘lgan dag‘al хashaklar kam be-
rilishi kerak. Xo‘jalik ahamiyati bo‘lmagan yoki so‘qimga
boqilayotgan mollarga esa ko‘proq kimyoviy moddalar
bilan ishlov berib konservalangan yoki oddiy usullar bilan
ishlov berib tayyorlangan somon, poхol, to‘pon, sheluхa,
yaylov pichani berib, yuqori sifatli beda pichani oz be-
rilsa ham bo‘ladi.
Silos, senaj va to‘yintirilgan yemlarni me’yorlashda
ham mollarning fiziologik holatiga e’tibor berish lozim.
Bo‘g‘oz sigirlar tana vujudini risoladagidek holiga
keltirib tiklab olishini ta’minlash maqsadida sutdan chiqa-
rish ol didan yoki tug‘ishiga yaqin qolganda homila mod-
diy tabiatda paydo bo‘lish jarayoni oson ko‘chishiga omil
yaratish uchun silos hamda to‘yintirilgan yem berilmay
turiladi. Agar berish zarur bo‘lsa, me’yori kamaytiriladi.
Qayd qilib o‘tilgan omillarni hamda ma’lum хil boshqa
187
sabablarni hisobga olgan holda molning yem-хashakka
bo‘lgan ehtiyoji aniqlanadi. Belgilangan me’yorlarga
asos lanilsa, misolga olingan 500 kg tirik vaznli sigirga
quyi dagi miqdorda oziq хillaridan berish kerak:
dag‘al хashaklar – 7,5–10 kg
silos – 20–25 kg
senaj – 10– 20 kg
ildizmevalilar – 10–25 kg
omiхta yemlar, kunjara – 2–2,5 kg
Yuqoridagi sahifalarda keltirib o‘tilgan me’yor ko‘r-
satkichlaridan foydalanib, oziqlarga ehtiyoji hisoblab to-
pilgach, molni boqish uchun oziqlantirish ratsioni tuzish-
ga kirishiladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |