Leksemalarning sintaktik tasnifi. Leksemalarning sintaktik tasnifida, asosan,
ularning nutqda boshqa leksemalar bilan bog‗lana olish-olmasligi, gap bo‗lagi
bo‗lib kela olish-olmaslik xususiyati o‗z aksini topadi:
1) gap bo‗lagi bo‗lishga xoslanmagan so‗z: undov, modal, so‗z-gap;
2) gap bo‗lagi bo‗lishga xoslangan so‗z: fe‘l, ot, sifat, son, ravish, taqlid,
olmosh;
3) sintaktik aloqa vositasi bo‗lishga xoslangan so‗z: ko‗makchi, bog‗lovchi,
yuklama.
So‗z-gap boshqa so‗z bilan sintaktik aloqaga kirishmaydi, o‗zi mustaqil gap
bo‗lib kelish qobiliyatiga, ya‘ni ajralganlik xossasiga ega. Mustaqil va yordamchi
so‗z esa bog‗lanish xususiyatiga ega bo‗lib, bulardan yordamchilar gapda alohida
bo‗lak bo‗lib kela olmaydi, balki sintaktik jihatdan bog‗lash vazifasini bajaradi.
Mustaqil leksema esa mustaqil ravishda gap bo‗lagi bo‗lib kela oladi.
O‗zbek tili leksemalarining semantik-morfologik-sintaktik belgilar majmuidan
iborat serqirra mohiyati jadvalda quyidagicha berilgan (4-jadval):
4-jadval
№ Lek-
sema
turla-ri
Ma‘noviy
belgilari
Morfologik
belgilari
Sintaktik
belgilari
Ajralishning
asosiy belgisi
1
Fe‘l
Harakat-holatni
atash mustaqil
leksemalari
Nisbatlanuvchi,
o‗zgalanuvchi,
tarzlanuvchi
Cheklan-
magan gap
bo‗lagi
bo‗lib kela
olish
Morfologik
va
ma‘noviy
2
Ot
Predmet
va
predmetlikni
atash mustaqil
leksemalari
Sonlanuvchi
Cheklanma-
gan
gap
bo‗lagi
bo‗lib kela
olish
Morfologik
va
ma‘noviy
3
Sifat
Belgini
atash Darajalanuvchi
Cheklanma-
Morfologik
21
mustaqil
leksemalari
gan
gap
bo‗lagi
bo‗lib kela
olish
va
ma‘noviy
4
Son
Miqdorni atash
mustaqil
leksemalari
Tartiblanuvchi
Cheklanma-
gan gap bo‗-
lagi bo‗lib
kela olish
Morfologik
va
ma‘noviy
5
Ravish
O‗rin-payt,
tarz-tusni atash
mustaqil
leksemalari
O‗zgarmaslik
Cheklanma-
gan
gap
bo‗lagi
bo‗lib kela
olish
Morfologik
va
sintaktik
6
Taqlid
Tovush
yoki
ko‗rinishga
taqlid mustaqil
leksemalari
O‗zgaruvchi
Cheklanma-
gan
gap
bo‗lagi
bo‗lib kela
olish
Ma‘noviy
7
Olmosh Ishora qiluvchi
mustaqil
leksemalar
O‗zgaruvchi
Cheklanma-
gan
gap
bo‗lagi
bo‗lib kela
olish
Ma‘noviy
8
Кo‗-
makchi
O‗zgarmaslik
So‗zni
so‗zga
bog‗lovchi,
gap bo‗lagi
vazifasida
kela
olmaydigan
Ma‘noviy va
cintaktik
jadvalning davomi
22
so‗zlar
9
Bog‗-
lovchi
O‗zgarmaslik
So‗zni
va
gapni
bog‗lovchi,
gap bo‗lagi
vazifasida
kela
olmaydigan
so‗z
Sintaktik
10 Yuk-
lama
O‗zgarmaslik
Gap bo‗lagi
vazifasida
kela olmay-
digan so‗z
Ma‘noviy
11
So
‗z
-g
ap
lar
Mod
al
Munosaba
tni atash
leksemala
ri
O‗zgarm
aslik
Ajraluvchili
k
(gap
bo‗laklari
bilan
munosa-
batga kirisha
olmaslik)
Ma‘noviy va
sintaktik
Un-
dov
His-
hayajonni
tasvirlash
leksemala
ri
O‗zgarm
aslik
Ajraluvchili
k
(gap
bo‗laklari
bilan
munosa-
batga kirisha
olmaslik)
Ma‘noviy va
sintaktik
Tas-
diq
va
Tasdiq-
inkor
ma‘noli
O‗zgarm
aslik
Ajraluvchili
k
(gap
bo‗laklari
Ma‘noviy va
sintaktik
23
inko
r
so‗z
lar
leksemala
r
bilan
munosa-
batga kirisha
olmaslik)
Takl
if
so‗z
lar
Taklif
ma‘noli
leksemala
r
O‗zgarm
aslik
Ajraluvchili
k
(gap
bo‗laklari
bilan
munosa-
batga kirisha
olmaslik)
Ma‘noviy va
sintaktik
O‗zbek tilida so‗z turkumlari mazkur belgilari asosida quyidagi ko‗rinishda
tartiblanadi:
I. Mustaqil so„zlar
1. Fe‘l.
2. Ot.
3. Sifat.
4. Son.
5. Ravish.
6. Taqlid.
7. Olmosh.
II. Yordamchi so„zlar
8. Кo‗makchi.
9. Bog‗lovchi.
10.Yuklama.
III. Oraliq so„zlar
1. So‗z-gaplar.
24
Bob bo‟yicha xulosa
Tarixiy tilshunoslikda so`z turkumlarini aniqlashning semantik kriteriy -
berilgan so`zni keng ma`noli kategoriyaga belgilash; morfologik kriteriy - moddiy
jihatdan ifodalangan morfologik kategoriyalarning mavjudligi; sintaktik kriteriy -
so`zlashuv zanjirida berilgan so`zning vazifasi; moslashuv kriteriysi - bir so`z
turkumidagi so`zlarning boshqa so`z turkumlaridagi so`zlar bilan moslasha olishi;
so`z yasovchi kriteriy - bir so`z turkumidagi so`zlarning ma`lum tur bo‘yicha
yangi so`z yasay olishi qobiliyatlari xususida qimmatli fikrlar bildirilgan.
Leksema serqirra mohiyatli lisoniy birlik, uning tasnifida bu jihat asosiy diqqat
markazida turishi lozim. Chunki leksemaning har bir qirrasi alohida bir tasnifga
asos bo‗ladi. Uning har biri o‗z o‗rnida ahamiyatli.
So‗z turkumi soni va tarkibini aniqlashda dunyo tilshunosligida bo‗lgani kabi,
o‗zbek tilshunosligida ham, so‗zlarning semantik, morfologik va sintaktik
xususiyatini inobatga olish keng tarqalgan va tasnifning o‘zbekona hamda milliy
guruhlanishi amalga oshirilgan. O‗zbek tili leksemalarining semantik-morfologik-
sintaktik belgilar majmuidan iborat serqirra mohiyatini ifodalovchi tasniflar o‘quv
darsliklaridan o‗rin olgan.
25
2- bob. O`zbek tilida so`z turkumlarining lizoniy tabiati.
1§. Mustaqil so`z turkumlariga xos bo‟lgan grammatik belgilar.
Milliy istiqlol sharofati bilan o'zbek tilshunosligi fani mustaqil taraqqiyot
yo'liga o'tdi. Milliy tilshunosligimizda mustaqil ilmiy yo'nalish — formal-
funksional (shakl-vazifaviy) tahlil usuli shakllandi va oliy ta'limdan umumiy o'rta
ta'limgacha filologiya yo'nalishlarida tadbiq etildi. Bugungi
kunda
o'zbek
tilshunosligida shaxdam qadamlar bilan uch yo'nalish rivojlanmoqda:
formal tahlil yo'nalishi
formal - funksional tahlil yonalishi
semantik - sintaktik tahlil yonalishi.
Har uchala yo'nalish ham sistemaviy, ya'ni tilni sistemada deb tushunadi. Lekin
har bir yo'nalish bu sistemani o'zicha tushunadi va tayanch birliklari o'ziga xosdir.
Har bir yo'nalish tilga, ya'ni til tizimiyligiga turli tomondan yondashadi va ma'lum
bir qirrasini ochishga, tavsiflashga xizmat qiladi. Alisher Navoiy ma'rifat deganda
xuddi mana shuni—bir ma'noga, maqsadga turli yo'llar bilan yondashish
mumkinligini tushunadilar va "Lisonut tayr"da yozadilar:
…Yuz tuman rahrav ko'rarsan beqaror
Har biri bir yo'lni aylab ixtiyor…
O'z borur yolida har kim muftaxir,
Yo'lni aylab o'z yo'liga munhasir.
Darhaqiqat, formal (an'anaviy) yo'nalish fanimizda eng rivojlangan va keng
ommalashgan tahlil usuli bo'lib, u tilimizning barcha sath birliklarini o'rganish
jarayonida ommaviy amaliyotdadir. Zakiy tilshunos professor A.G`ulomov
maktabining tilshunosligini formal tilshunoslik deb atashimiz maqsadga
muvofiqdir. Chunki Moskva tilshunoslik maktabi namoyondalari N.Dmitriyev,
26
A.Borovkov va ularning shogirdi bo`lgan ustoz A. G'ulomov lisoniy va nutqiy
hodisalarni keskin ajratmaganlar. Bu tahlil yo'nalishi tadqiq va tahlilning ilk
bosqichida falsafiy mohiyatga ega bo'lgan shakl (forma), ya'ni tadqiq manbaining
tashqi, moddiy, formal tomoniga tayanib, undan shaklning mazmun va vazifasi
tahliliga o'tganlar. Ustoz va izdoshlari lisoniy (UMIS
1
tabiatli) va nutqiy
(YAHVO
2
tabiatli)
hodisalarni
bir-biridan
ajratib,
o'zaro
bog'lanishda
ko'rmaganlar, xolos. Chunki o'sha davrda taraqqiyot o'zbek tili hodisalarini
Evropa grammatik talqinlari asosida sistemalashtirishni talab qilar edi. Fanimiz
ham shu vazifaga xizmat qildi. Tilimizning sistemaviy tabiatini tavsivlash va
ochishda fanimizda yana bir ilmiy yo'nalish mavjud va bu yo'nalish N.Mahmudov,
A.Nurmonov, A.Berdialiyev, M.Boshmonov, A.Mamajonov kabi olimlar
tomonidan rivojlantirilayotgan semantik - sintaktik tahlil yonalishidir.
Formal-funksional yo'nalish (asoschisi S.Ivanov) oldingi (formal)
yo'nalishning bevosita davomi bo'lib, uning tahlil va tavsif materiallariga tayanib
ish ko'radi. Formal-funksional atamasi tarkibidagi birinchi qism mana shunga
ishora qiladi. Bu yo'nalishning maqsadi sistemalashtirish emas, balki sistemani
yechish, munosabatlarni sharhlashdir. Bu yo'nalish lison va nutq hodisalarini
izchil farqlovchi Praga strukturalizmi bilan yaqinlashadi, lekin lisoniy hodisalarga
dialektikaning umumiylik, mohiyat, imkoniyat, sabab, nutqiy hodisalarga esa
yakkalik, hodisa, voqelik, oqibat kategoriyalari me'yorlari bilan yondashishi
jihatidan undan farq qiladi. Qisqasi, formal tilshunoslik tomonidan qo'lga
kiritilgan yutuqlar formal-funksional tilshunoslik uchun poydevor vazifasini
o'taydi.
Ma‘lumki, nazariy yondashuvda leksemaning atash (denotativ) semasi
deganda borliqdagi harakat/holat, narsa-predmet, miqdor, belgi – xususiyatini
atovchi, nomlovchi sema tushuniladi. Bu semaning har birini mustaqil so‗z
turkumi – fe‘l «harakat/holatni atash» semasi, ot «narsa-predmetni atash», son
«miqdorni atash», sifat va ravish «belgini atash» semasi sifatida bevosita
1
UMIS-umumiylik, mohiyat, imkoniyat, sabab
2
YAHVO-yakkalik, hodisa, voqelik, oqibat
27
xususiylashtiradi. Atash semasi obyektiv borliq parchasiga muvofiq kelgani bois
leksema sememasi tarkibidagi boshqa semalar (vazifa, ifoda)dan muhimroq
ahamiyatga ega. Har bir so‗z turkumining muayyan atash semasi mutlaq va
doimiymi yoki mustaqil so‗z turkumlari orasidagi so‗z turkumlarining bir-biriga
ko‗chish hodisasi (transpozitsiya)ning bunga daxli bormi?
So‗z turkumining ko‗chishi – transpozitsiya deganda, ma‘lum bir turkumga
mansub so‗zning o‗ziga xos bo‗lgan atash, vazifa semasini kuchsizlantirib, boshqa
so‗z turkumiga xos semantik va grammatik belgiga ega bo‗lishi tushuniladi. Turkiy
tillarda so‗z turkumi bir-biridan qat‘iy chegaralanmaydi, ular uzviy aloqada, bir
butun sistemani tashkil etadi. Bu sistema qismlari dialektik mantiqdagi «oraliq
uchinchi» qonuniyatidan kelib chiqqan holda g i b r i d so‗z sifatida
baholanadigan, har ikki siraga xos semantik-grammatik belgini o‗zida saqlovchi,
bir turkumdan ikkinchi turkumga ko‗chish bosqichida turuvchi so‗zlar bilan uzviy
bog‗lanadi.
Mustaqil so‗zlar orasidagi o‗zaro munosabat va ularning bir-biriga ko‗chishi
leksema sememasidagi taraqqiyot natijasida yuzaga kelib, ko‗chishning nutqiy va
lisoniylashgan ko‗rinishi farqlanadi. Nutqiy ko‗chishda nutqiy ko‗chma ma‘no
ifodalanadi. Masalan, Birni ko‘rib fikr qil, birni ko‘rib shukr qil gapida son
turkumiga mansub (bir) so‗zi vaqtincha ot turkumi vazifasida kelmoqda va bu
o‗tkinchi, nutqiy hodisa. Lisoniy ko‗chishda so‗z bir turkumdan boshqa turkumga
butunlay o‗tib ketadi, transpozitsiya hodisasi yuz beradi. Transpozitsiya deyarli
barcha mustaqil so‗z, hatto mustaqil va yordamchi so‗zlar orasida ham kuzatiladi:
1) [odam], [kishi], [inson] otlari (zerikib ketdi odam (men), hayron qolasan
kishi (men), dardimni eshitadigan inson (hech kim) topilmadi), [bir] soni (bir kishi
(kimdir)), [ba’zi] sifati (ba’zilar (allakimlar) unday deydi, ba’zilar bunday)
olmoshga;
2) [yigit], [qiz], [o‘g‘il], [qari], [yer], [xotin], [ko‘r], [issiq-sovuq] (issiq-
sovug‘idan xabar olmoq) sifatlari, [ bordi-keldi] , [ keldi-ketdi] , [ oldi-berdi] , [ ur-
yiqit] juft fe‘llari, [ o‘qish] , [ yozish] , [ o‘tmish] , [ qilmish] , [ qidiruv] harakat nomi
28
shakllari, [ o‘qituvchi] , [ bog‘lovchi] , [ kuzatuvchi] sifatdoshlari, [ uch] , [ yetti] ,
[yigirma], [qirq] sonlari otga;
3) [kelajak], [bo‘lajak] sifatdoshlari, [tilla], [kumush], [taxta] (tilla uzuk, asal
bola) otlari sifatga;
4) [charchamasdan] (ishlaysan), [o‘ylamasdan] (gapirdi), [indamasdan],
[bilinar-bilinmas] sifatdoshlari, [osha], [o‘ta], [ura], [qayta], [qo‘yarda-qo‘ymay],
[ura-sura] ravishdoshlari, [erta], [indin], [kecha], [kech], [kechqurun], [savat-
savat] , [ navbatma-navbat] otlari ravishga;
5) [bir] soni, [yakka], [yolg‘iz] sifatlari yuklamaga;
6) [haqiqatdan], [chamasi], [mazmuni] otlari, [yaxshi], [so‘zsiz], [tuzuk],
[to‘g‘ri], [tabiiy] sifatlari, [qani], [qalay] olmoshlari modal so‗zga;
7) [bir] soni, [ba’zan] ravishi, [ham] yuklamasi, [bilan] ko‗makchisi
bog‗lovchiga;
8) [ost], [ust], [old], [orqa], [tomon], [tag], [tepa], [ich], [ora], [qosh], [lab],
[yoqa], [og‘iz] otlari, [qarab], [boshlab], [ko‘ra], [deya], [deb], [o‘xshab]
ravishdoshlari, [boshqa], [bo‘lak], [o‘zga] sifatlari, [avval], [oldin], [ilgari],
[keyin], [so‘ng] ravishlari ko‗makchiga ko‗chganligi tegishli adabiyotlarda qayd
etilgan. Sanalganlarning ayrimi bugungi kunda lisoniylashgan, ayrimi hali o‗tish
bosqichida – nutqiy hodisa sifatida qaralmoqda. Masalan, mavjud grammatikalarda
son turkumining tasnifiy belgilari sanalar ekan, predmetning sanog‗i, tartibini
bildirishi, (qancha), (nechta), (nechanchi) so‗rog‗idan biriga javob bo‗lishi, ot
turkumiga mansub so‗z bilan erkin aloqada bo‗lishi va gapda, asosan, sifatlovchi-
aniqlovchi vazifasida kelishi ta‘kidlanadi. Son lug‗aviy mazmun guruhiga kiruvchi
jamlovchi son shaklida son umumiy grammatik ma‘nosidan chetlashish kuzatiladi.
Ayni paytda jamlovchi sonning [-ov], [-ala], [-ovlon], [-ovlab], [-ovlashib]
shakllari ajratiladi. Qayd etilganlardan [-ovlab], [-ovlashib] shakllari jamlovchi
son shakli emas, balki jamlovchi son o‗zagidan yasalgan ravishdosh shakli:
ikki+ov+lash+ib sifatida qaralmoqda.
Demak, so‗nggi ikki shakl jamlovchi son shakllari sirasidan chiqariladi. Asosiy
shakl sifatida [-ov], [-ala], [-ovlon] ko‗rsatkichi ajratilishi mumkin. Ma‘lumki,
29
bundan [- ov] , [ -ala] shakli boshqa son ma‘no turidan farqlanib, deyarli har doim
egalik shakli bilan qo‗llanadi. [-ovlon] shaklli jamlovchi son atash semasi bugungi
kunda miqdor emas, balki «qanchadir miqdordagi shaxs» deb qaraladi: Oltovlon
ola bo‘lsa, og‘zidagin oldirar. [-ov], [-ovlon] shaklli son ot bilan birikmaydi,
gapda sifatlovchi aniqlovchi vazifasida kelmaydi, sonning so‗roqlariga javob
bo‗lmaydi, hatto mazkur shakl hosil bo‗ladigan qolip ham nihoyatda unumsiz
bo‗lib, barcha son o‗zaklaridan jamlovchi son shakli hosil qilinmaydi. Ular
ko‗proq otga xos tasnifiy belgini o‗ziga qabul qilmoqda. [-ala] shakli esa sonlik
belgicini ham o‗zida birmuncha saqlab turibdi: Uchala bola ham qo‘shni
qishloqdan ekan. Jamlovchi son shakllaridagi semik taraqqiyotni chizmada
quyidagicha aks ettiramiz:
[-ala] - [-ov] - [-ovlon]
Кo‗rib o‗tilganidek, ushbu shakllar orasida [-ala] shaklida sonlik belgilari
birmuncha saqlangan, [-ovlon] shaklida otlik belgisi yaqqol, [-ov] shaklida har ikki
jihat uyg‗un bo‗lib, mazkur shakllarga gibrid birlik sifatida qarash mumkin. [-ov]
shakli jamlovchi son shakli orasida, jamlovchi son shaklli so‗z esa ot va son so‗z
turkumi orasida «oraliq uchinchi» maqomiga ega bo‗ladi.
Demak, aytish mumkinki, so‗z turkumi orasida muntazam aloqa mavjud, bu
aloqa til tizimining doimiy o‗zgarish, taraqqiyotdagi jonli jarayon ekanligidan
dalolat beradi. Shu boisdan ayrim so‗zlarning qaysi turkumga mansubligi ularning
semantik, morfologik va sintaktik xususiyatlarini tegishli tadqiq usullari bilan
tadqiq qilish asosida belgilanishi lozim. Bu tilshunosligimiz oldida turgan dolzarb
vazifalardan hisoblanadi.
Do'stlaringiz bilan baham: |