Uchinchi uslub, ya’ni masofadan turib muloqotga kirishish muhim ahamiyatga
ega. Pedagog bilan oʻquvchi oʻrtasida ma’lum bir masofa boʻlishi kerak. Masofa
juda uzoq boʻlmasligi lozim. Aks holda rasmiyatchilik kuchayib, ijodiylik muhiti
shakllanmaydi. Pedagog masofani saqlasa obroʻ-e’tibori ortadi.
To‘rtinchi uslub-qo‘rqitish asosidagi muloqot boʻlib, bu uslub muloqotning
negativ shaklidir. Ba’zi pedagoglar oʻquvchilarni qo‘rqitish orqali muloqotda
boʻladilar. Chunki ularda pedagogik mahorat yaxshi shakllanmagan boʻladi.
Ayniqsa, katta auditoriyada ma’ruza o‘qiydigan ma’ruzachilar auditoriyani shu
uslub asosida boshqaradilar. Juda qattiq turib, tinglovchilarni qo‘rqitib pedagogik
muloqotni muvaffaqiyatli amalga oshiraman deb hisoblovchilar yanglishadi. Bu
oʽzaro tushunishga to‘sqinlik qiladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |