3. Qoida. Agar nohaq bo’lsangiz, buni ro’y-rost tan oling. Agar qo’qqisdan nohaq
ekanligingizni sezib qolsangiz, suhbatdoshingiz buni sezmasidan oldinroq buni
o’zingiz tan oling. Suhbatdoshingiz sizni tanqid qilmasidan burun, o’zingizni
o’zingiz tanqid qiling. Suhbatdosh tilida gapirgan xolda o’zingizni
yomonlashingiz ham mumkin. O’z xatolarini astoydil tan olish insonni umumiy
ommadan yuqori qo’yib, uni tantanavor rux bilan to’ldiradi.
4. Qoida. Inson ongiga eng to’g’ri yo’l hech qanday majburlovlarsiz, qistovlarsiz,
bosimlarsiz yoki o’z fikrini boshqalarga majburan o’tkazmasdan amalga
oshiriladi. Agar insonni o’z nuqtai-nazaringizga og’dirmokchi bo’lsangiz,
avvalambor u bilan do’stona usulda muloqot qiling.
349
5. Qoida. Suqrotning siri (insonni «Ha» deyishga majbur qiling). Biror bir inson
bilan suhbatlashayotganda u bilan fikringiz bir xil bo’lmagan mavzularda
gaplashishni boshlamang. Avvalo u bilan bir xil fikrda bo’lgan masalalar haqida
suhbatlashing. Doimo u bilan umumiy maqsadingiz bir ekanligini ta’kidlang,
faqatgina ushbu maqsadlarga etishish usullaridagina fark bo’lishi mumkinligini
unga anglating. Suhbatdoshingizning doimo «Ha, Ha» deyishiga erishing. Uning
«Yo’q» deyishiga aslo imkon bermang. Suhbatni shu tarzda tashkil qilish
asnosida, u bilan kelishuv amalga oshirilishi mumkin bo’ladi.
6.Qoida. Suhbatdoshni o’z fikringizga ishontirish uchun o’zingiz juda ham ko’p
gapirmang. Iloji boricha ko’p vaqt davomida suhbatdoshingiz gapirgani ma’qul
bo’ladi.
7. Qoida. Kollektiv (jamoa) a’zolari orasida nimalargadir qiziqish va intilish
uyg’otish uchun quyidagilarni amalga oshirish lozim bo’ladi:
Jamoa a’zolari sizdan nimalarni kutayotganini bilib oling;
Barcha talab va istaklarni bajarishga va’da bering;
Keyin ulardan nimalar kutish mumkinligini bilib oling;
Bu ish jamoa bilan kelishib olish imkonini beradi va agar siz ularning
talablarini bajarsangiz, ular ham o’z majburiyatlarini bajaradilar.
Insonlar o’z talablarining hisobga olinishini, istaklari ruyobga chiqishini va
maslahatlari inobatga olinishini juda ham yaxshi ko’radilar. Shuning uchun ularni
maslahat va turli xil g’oyalar berishga undang. Kollektiv a’zolarining fikrlariga
xurmat bilan qarang. Agar suhbatdoshingizni biror bir fikrga ishontirmoqchi
bo’lsangiz, bu fikr uning o’ziniki ekanligiga urg’u bering.
8. Qoida. Mo’jizalar yaratishi mumkin bo’lgan formula. Nega suhbatdoshingiz
siz o’ylaganday emas, balki boshqacha fikrlayapti – buni tushunishga harakat
qiling. O’zingizni uning o’rniga qo’yib ko’ring va o’zingizdan o’zingiz
so’rang – siz ushbu holatda nima qilgan bo’lar
350
edingiz? Esingizda tursin – barcha insonlar faqatgina o’z ishlari haqida uylaydilar
va shu bilangina ko’proq qiziqadilar. Kerakli bo’lgan inson bilan uchrashuvdan
avval siz nima haqda gapirishingiz va u nima haqda gapirishi haqida yaxshilab
fikrlab ko’ring. Uning siz bergan savollarga qanday javoblar berishi mumkinligi
va siz undan nimalarni so’rashingiz mumkinligi haqida fikrlab oling. U nimaga
qiziqadi, tajribasi va qiziqishlari qanday, xobbisi nima, bo’sh vaqtini qanday
o’tkazadi kabi ma’lumotlar ham uchrashuvda sizga juda asqotishi mumkin.
9.Qoida. Siz bilan uchrashayotgan insonlarning ko’pchilik qismi nimadandir
xayajonlangan, o’z muammolariga to’la, nimalargadir ishongan, to’g’ri yoki siz
istaganday fikrlashni istamaydigan bo’lishi mumkin. Shuning uchun ham ularni
tushunishga harakat qiling. Ularning o’rniga o’zingizni qo’yib ko’ring, ularning
muammolarini anglashga va hal qilishga harakat qiling. Ularga hamdardlik
bildiring. Shunda ular sizni yaxshi ko’rib qolishadi va natijada siz bilan yaqin
odamlaridek muomala qilib, fikr almashinadilar.
10.Qoida. Odamlarga ta’sir o’tkazish uchun ular haqida yaxshi fikrlang. Agar inson
haqida hech qanday ma’lumotga ega bo’lmasangiz, u xolda uni yaxshi, sofdil,
insofli, madaniyatli, to’g’ri odam deb qabul qiling va lozim bo’lib qolsa, uning
uchun biror narsaga pul to’lab yuboring. Muttaham inson ham agar uni yaxshi va
sofdil inson deb hisoblasangiz, siz bilan ijobiy munosabatda bo’lishga harakat
qiladi. Bu esa unga ta’sir o’tkazish uchun juda qulay imkoniyat yaratadi.
11. Qoida. Hozirgi paytda haqiqatni oddiy qilib tushuntirish kifoya qilmaydi.
Shuning uchun ishonarli va ta’sirchan reklama usullaridan keng foydalanish
maqsadga muvofiq bo’ladi. Agar sizga boshqalar diqqatini qaratish zarur bo’lib
qolsa, siz ham shunday usullarni keng miqyosda qo’llaganingiz ma’qul bo’ladi.
Agar muvaffaqiyatga erishishni istasangiz, dalillarni effektiv (samarali) ravishda
tushuntiring va bunda o’ta topqirlik bilan harakat qiling.
12. Qoida. Rejalashtirilgan ishning amalga oshirilishiga erishish uchun insonlar
orasidagi raqobatni, bir biridan ustun bo’lish uchun harakat qilishga bo’lgan
intilishni qo’llab-quvvatlash maqsadga muvofiq bo’ladi. Insonlarga berilgan
351
bunday imkoniyat ularning rivojlanishiga va samarador ishlashiga turtki bo’lib
xizmat qiladi. Bu ishning natijasi sifatida yaxshi kadrlarni tanlab olish va joy-
joyiga qo’yish mumkin bo’ladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |