O'zbek xalqining davlat qurilishidagi tarixiy tajribasi va tarkib topgan boy an'analari



Download 1,01 Mb.
Pdf ko'rish
bet84/93
Sana09.07.2021
Hajmi1,01 Mb.
#114160
1   ...   80   81   82   83   84   85   86   87   ...   93
Bog'liq
Qamariddin 2- qism


partiyaviylik, 
sinfiylik 
yondashuvlaridan, 
hukmron 
kommunistik 
mafkuraga
xizmatkorbo'lishdan  xalos  etildi.  Necha  10  yillar  davomida  buzib  ko'rsatilgan  yoki  so'z
ochilmay  kelgan  tarixiy  voqealarni  xolislik,  tarixiylik,  haqqoniylik  tamoyillari  asosida
yoritilgan qator ilmiy asarlar, darsliklar va o'quv adabiyotlari yaratildi.
Mamlakatimiz Xitoy, Hindiston, Eron, Misr kabi qadimiy davlatlar qatorida turadi.
Milliy  davlatchiligimiz  qadimiy,  diyorimiz  yirik  davlat  arboblari  bilan  mashhur.  Bobomiz
Amir  Temur  mamlakatimizni  jahondagi  eng  qudratli  davlat  darajasiga  ko'targan.  Sobiq
Ittifoq davrida ko'hna tariximizning ana shu qirralari berkitilgan bo'lsa, mustaqillik davrida
o'zining  asl  bahosini  oldi.  Milliy  davlatchiligimiz  tajribasi,  ,,Amir  Temur  tuzuklari",
Forobiy,  Alisher  Navoiylarning  odil  davlat  qurish  haqidagi  dono  fikr-mulohazalari
mustaqillik  davrida  demokratik  huquqiy  davlat  qurilishida  katta  madad  berdi.  Prezident
Farmoni bilan 1996-yiI ,,Amir Temur yili" deb e'lon qilindi. Shu yili mashliur davlat arbobi
va  sarkarda  Amir  Temur  tavalludining  660  yilligi  mamlakatimizda  va  jahon  miqyosida
,,Amir  Temur  yili"  sifatida  keng  nishonlandi.  UNESCO  qarori  bilan  1996-yil  aprelda
Parijda  mashhur  davlat  arbobi  Amir  Temur  tavalludining  660  yilligiga  bag'ishlangan  bir
haftalik xalqaro tantanalar bo'lib o'tdi. Toshkent shahrida Amir Temurga haykal o'rnatildi,
Temu riylar  tarixi  davlat  muzeyi  tashkil  etildi.  Amir  Temurning  shaxsi  butun  ma'rifiy
insoniyatning boyligi ekanligi tan olindi.
Amir  Temur  yubileyi  munosabati  bilan  Samarqand  va  Shahrisabzda  o'nlab  tarixiy


 
( Word Converter - Unregistered )
http://www.word-converter.net
obidalar ta'mirlanib, qayta tiklandi, yangi inshootlar qurildi, bog'lar yaratildi. Samarqand va
Shahrisabz  shaharlari  markazida  ko'rkam  Amir  Temur  maydoni  barpo  etildi  va  ulug'vor
haykal o'rnatildi. Bu shaharlarga ,,Amir Temur" ordeni topshirildi.
1997-  yilda  Buxoro  va  Xiva  shaharlarining  2500  yilligi,  1999-yilda  vatanparvar
siymo,  xalq  qahramoni  Jaloliddin  Manguberdi  tavalludining  800  yilligi  nishonlandi.
Urganch  shahrida  Jaloliddin  Manguberdi  xotirasini  abadiylashtiruvchi  yodgorlik  majmuyi
barpo  etildi.  2002-yilda  Termiz  shahrining  2500  yilligi, 2003-yilda  Shahrisabz  shahrining
2700 yilligi nishonlandi.
Vatanimiz ozodligi yo'lida shahid ketgan Abdulla Qodiriy, Cho'lpon, Fitrat, Usmon
Nosir  va  boshqa  xalq  jigarbandlarining  nomi,  izzat-ikromi,  hurmati  o'z  joyiga  qo'yildi,
asarlari  nashr  etildi.  Prezident  Islom  Karimov  tashabbusi  bilan  Toshkent  shahrining
Bo'zsuv  kanali  bo'yida  qatag'on  davri  qurbonlari  xotirasini  abadiylashtirish  maqsadida
,,Shahidlar xotirasi" yodgorlik majmuyi bunyod etildi va uning ochilish marosimi 2000-yil
12-may kuni bo'lib o'tdi. Mazkur majmua qoshida ,,Qatag’on qurbonlari xotirasi" muzeyi
qurilib, 2002-yil 27-avgust kuni foydalanishga topshirildi.
,,Qatag’on  qurbonlari  xotirasi"  muzeyining  mustamlakachilik  davrining  ayanchli
sahifalari  aks  ettirilgan  lavhalar  bilan  tanishib,  ,,quloqlashtirish"  oqibatida  60  mingdan
ziyod  hamyurtimiz  Ukraina,  Shimoliy  Kavkaz  va  olis  Sibirga  surgun  qilinganini,  XX  asr
boshidan  40-yillarigacha  450  ming  vatandoshimizga  nisbatan  ,,jinoiy  ish"  ochilganini,
,,paxta ishi" davrida esa 25 ming kishi hibsga olinib, 4,5 mingi javobgarlikka tortilganini
bilib olisb mum kin.
,,Shahidlar  xotirasi1'  yodgorlik  majmuyi,  ,,Qatag'on  qurbon lari  xotirasi"
muzeyining  tarixiy,  siyosiy  ahamiyati  shundaki,  u  bugungi  va  kelgusi  avlodlar  uchun
qaramlik  davrida  xalqimiz  qanday  ayanchli  kunlarni  boshidan  kechirgani,  mustaqillik
tufayli  yunimizda  adolat,  shahid  ketganlarning  xotirasi  tiklanganligi  to'g'risida  tarixiy
xotira, saboq bo'lib xizmat qiladi.
1999-  yilda  Toshkent  shahrida  Ikkinchi  jahon  urushi  yillarida  fashizmga  qarshi
Vatan  ozodligi  uchun  jon  fido  etgan  xalqimizning  farzandlari  xotirasini  abadiylashtirish
maqsadida ,,Xotira maydoni" majmuasi barpo etildi va shu yili 9- May kuni uning ochilish
marosimi bo'lib o'tdi. Respublika ,,Nuroniy" jamg'armasi tashabbusi bilan janglarda halok
bo'lgan 400 mingga yaqin vatandoshlarimiz haqida 34 jildlik ,,Xotira" kitobi tayyorlandi va
nashr etildi. Har yili 9- May kuni ,,Xotira va qadrlash kuni" sifatida nishonlanmoqda.
1997-yilda  Buxoro  va  Xiva  shaharlarining  2500  yilligi,  2004-yilda  Qarshi
(Naxshab)  shahrining  2700  yilligi,  2007-  yilda  Samarqand  shahrining  2750  yilligi  va
Marg'ilon shahrining 2000 yilligi nishonlandi.
Mustaqillik  yillarida  amalga  oshirilgan  bu  tadbirlar  xalqimizning  o'zligini
anglashiga, tarixiy xotirasini tiklashga xizmat qilmoqda.
Buyuk  ajdodlarimiz  xotirasiga  bag'ishlab  barpo  etilgan  yodgorlik  majmualari
jamiyat  ma'naviyatini  yuksaltirishga,  milliy  ong  va  milliy  g'ururni  ko'tarishga  hamda
xalqimiz,  ayniqsa,  yoshlar  ongida  milliy  istiqlol  g'oyalarini  shakllantirishga
ko'rnaklashmoqda.
Milliy qadriyatlarning tiklanishi
O'zbek xalqining o'ziga xos milliy qadriyatlari bor. Milliy qadriyat deganda millat
uchun muhim ahamiyatga ega bo'lgan xususiyatlari, an'analari, marosimlarini tushunamiz.


 
( Word Converter - Unregistered )
http://www.word-converter.net
O'zbek  xalqining  shakllanishi  qancha  uzoq  tarixiy  jarayonda  sodir  bo'lgan  bo'lsa,  uning
milliy qadriyatlari ham shuncha uzoq tarixiy jarayon davomida shakllangan.
Qadriyatlar  dastlab  mahalliy  mazmunda,  ya'ni  Xorazm,  Surxondaryo,  Buxoro,
Samarqand, Toshkent, Farg'ona va hokazo hududlarda yashovchi elatlarga xos urf-odatlar,
rasm-rusumlar,  marosimlar  tarzida  shakllanadi.  So'ngra  ularning  eng  yaxshilari  asrlar
davomida saralanib, umummilliy qadriyatlar darajasiga ko'tariladi. Turli mamlakatlarga xos
eng yaxshi qadriyatlar saralanib umuminsoniy qadriyatlarga aylanadi. Shu boisdan ham har
bir inson uchun o'z milliy qadriyatlarini, shuningdek, umuminsoniy qadriyatlarni bilish ham
farz, ham qarzdir.
O'zbek xalqiga xos quyidagi jihatlar uning milliy qadriyatlari sifatida boshqa xalqlar
tomonidan e'tirof etilgan:
· tug'ilgan makon va ona yurtiga ehtirorn;
· avlodlar xotirasiga sadoqat;
· kattalarga hurmat, kichiklarga izzat;
· mehmondo'stlik;
· bolajonlik;
· ma'naviyat-axloq-odob-ma'rifat;
· muomalada mulozamat, hayo, andishalilik;
· og'ir kunlarda vazminlik, sabr-toqat va hokazo
Mustaqillik yillarida xalqimizning milliy qadriyatlarini tiklash, yangi ma'no-mazmun bilan
boyitish yo'lida bir qator xayrli ishlar amalga oshirildi.
Xalqimizning  azaliy  qadriyatlaridan  biri  ,,Navro'z"  bayramidir.  Qaramlik  davrida
mana  shu  ardoqli  bayramni  nishonlash  ham  taqiqlangan  edi.  1990-  yildan  boshlab
O'zbekiston  hukumatining  qarori  bilan  21-  Mart  ,,Navro'z"  milliy  xalq  bayrami  kuni
sifatida belgilanib, dam olish kuni deb e'lon qilindi. Xalqimiz Navro'z kunlarida hasharlar
uyushtirib,  dalalarga  ko'chatlar  ekish,  ko'chalarni  tozalash  tadbirlarini,  turli  ommaviy
o'yinlar,  poyga  musobaqalari,  sayillar  uyushtiradilar,  yetim-yesirlarga  va  nogironlarga
yordam berib, marhumlar qabrlarini ziyorat qiladilar.
1994-  yil  23-  apreldagi  Prezident  farmoni  asosida  tashkil  etilgan  Respublika
,,Ma’naviyat  va  ma'rifat"  jamoatchilik  markazi  o'zbek  xalqining  ma'naviy-madaniy
merosini  tiklash,  millat  kelajagini  belgilaydigan  g'oyalarni  yuzaga  chiqarish,  yuksak
iste'dod va tafakkur sohiblarining aqliy-ijodiy salohiyatini Vatan ravnaqi sari yo'naltirishga
qaratilgan muhim tadbirlar, anjumanlar, ko'rgazmalar tashkil etishni yo'lga qo'ydi. Markaz
tomonidan  aholi  orasida  o'tkazilgan  sotsiologik  tadqiqotlar,  so'rovlar  asosida  ishlab
chiqilgan  ma'naviy-ma'rifiy  ishlarni  tashkil  etish  bo'yicha  tavsiyalar  jamoat  birlashmalari,
ilmiy-ijodiy muassasa va tashkilotlar, ommaviy-axborot vositalarining ma'naviy-tarbiyaviy
faoliyati  saviyasini  yaxshilashda  muhim  ahamiyat  kasb  etdi.  1996-yil  9-  sentabrda  qabul
qilingan  ,,Ma'naviyat  va  ma'rifat"  jamoatchilik  markazi  ishini  yanada  takomillashtirish
to'g'risida" gi Prezident farmoni jamiyat ma'naviyatini yuksaltirishga xizmat qilmoqda.
1996-yil  yanvarda  Respublika  ,,Ma'naviyat  va  ma'rifat"  ja moatchilik  markazi
huzurida  ,,Oltin  meros"  xalqaro  xayriya  jamg'armasi  tuzildi.  1996-yil  27-sentabrda
Respublika  Vazirlar  Mahkamasining  ,,Oltin  meros"  xayriya  jamg'armasini  qo'llab
quvvatlash  to'g'risida"  gi  qaroriga  binoan  mazkur  jamg'arma  davlat  tomonidan  moddiy
jihatdan qo'llab-quvvatlandi.
,,Oltin meros" xayriya jamg'armasi ,,Xalq merosi durdonalari" ilmiy anjumanlarini,


 
( Word Converter - Unregistered )
http://www.word-converter.net
xorijdan izlab topilgan qo’lyozmalar, tarixiy hujjatlar, xalq hunarmandchiligi amaliy san'at
namunalari,  yodgorliklarini  tahlil  qilish,  ko'rik  tanlovlar  o'tkazish  bilan  shug'ullanmoqda.
1996—2002-  yillarda  ,,Oltin  meros"  jamg'armasi  sa'y-harakatlari  natijasida  buyuk
allomalarimiz  yaratgan  ko'plab  madamy-ma'naviy  meros  namunalari  mamlakatimizdan  va
xorijiy davlatlardan izlab topildi, jamlandi hamda kutubxona va muzeylarga joylashtirildi.
Shuningdek,  u  xalqimizning  rasm-rusumlarini,  urf-odatlarini,  marosimlarini  o'rganish,
tiklash, xalqimizga qaytarish, ularning ma'no-mohiyatini, hozirgi kundagi ahamiyatini keng
ommaga tushuntirish ishiga katta hissa qo'shmoqda.
Diniy qadriyatlarning     tiklanishi
Qadim  zarnonlardayoq  yurtimizda  din  erkinligi  mavjud  bo'lgan.  Zardushtiylar,
buddiylar,  moniylar,  musulmoniar  va  boshqa  diniy  e'tiqoddagilar  inoqlikda  yashagan,
tenglik,  erkinlik  g'oyalariga  amal  qilingan.  Xalqimiz  ma'naviy  jihatdan  ko'pgina
afzalliklarga  ega  bo'lgan  is lom  dinini  qadrlaydi.  Abu  Abdulloh  Muhammad  ibn  Ismoil
al-Buxoriy  islom  dini  ta'limotida  Qur'oni  Karimdan  keying!  asosiy  manba  hisoblanuvchi
,,AI-Jomi' as-Sahih" nomli asar yaratib, islom dinini boyitdi. Bobokalonlarimiz Imom Abu
Mansur  al-Moturidiy,  shayxulislom  Burhoniddin  al-Marg'inoniy,  Bahouddin  Naqshband,
Imom at-Termiziy, Xo'ja Ahmad Yassaviylar insonni ma'naviy yetuklikka chorlovchi diniy,
axloqiy  va  huquqiy  hikmatlarning  ijodkoridirlar.Qaramlik  davrida  tahqirlangan  diniy
qadriyatlarimiz  mustaqillik  nuri  bilan  qayta  tiklandi,  islomshunos  allomalarimizning  ulug'
nomi o'z o'rniga qo'yildi.
1993-yil  sentabrda  Buxoroda  mashhur  shayx  Bahouddin  Naqshband  tavalludining
675 yilligi tantanalari bo'lib o'tdi. Yubiley munosabati bilan Buxorodagi Naqshband nomi
bilan  bog'liq  bo'lgan  tarixiy  yodgorliklar  qaytadan  tiklandi,  uning  ijodiga  bag'ishlangan
qator risolalar chop etildi.
1998-yil  23-oktabrda  Samarqandda  buyuk  mutafakkir  Imom  al-Buxoriy
tavalludining  hijriy-qamariy  taqvim  bo'yicha  1225  yilligi  nishonlandi.  Shu  kuni  Xartang
qishlog'ida  Imom  al-Buxo riy  yodgorlik  majmuyi  ochildi.  Yubiley  munosabati  bilan  Abu
Abdulloh  Muhammad  ibn  Ismoil  al-Buxoriyning  4  jildlik  ,,A1-Jomi'  as-Sahih" kitobining
ko'p ming nusxadagi nashri o'zbek kitobxonlariga taqdim etildi.
2000-yil  16—17-noyabr  kunlari  Marg'ilonda  islom  huquqining  asoschilaridan  bin
Burhoniddin  al-Marg'inomy  tavalludining  910  yilligi,  Samarqandda  islomshunos  olim
Imom  Abu  Mansur  al-Moturidiy  tavalludining  1130  yilligi  nishonlandi  va  ular  xotirasiga
bag'ishlab  barpo  etilgan  yodgorlik  majmualari  ochildi.  Burhoniddin  al-Marg'inoniyning
islom  huquqiga  bag'ishlangan  ,,Hidoya"  kitobi  nashr  etildi.  Shuningdek,  islom  olamining
taniqli  allomalari  Imom  Abu  Iso  at-Termiziyning  1200  yilligi,  Mahmud
az-Zamaxshariyning  920  yilligi,  Abduxoliq  G'ijduvoniyning  900  yilligi,  Najmiddin
Kubroning  850  yilligi,  Xoja  Ahrori  Valiy  tavalludining  600  yilligi  keng  ko'lamda
nishonlandi.
O'zbekiston  Prezidentining  1992-  yil  27-  martdagi  farmoni  bilan  Ro'za-Ramazon
hayitining birinchi kuni dam olish kuni deb e'lon qilindi. Respublika musulmonlarini istak
va  xohishlariga  ko'ra  Qurbon  hayiti  ham  tiklandi,  dam  olish,  bayram  kuni  bo'lib  qoldi.
O'zbekiston Prezidentining 1990- yil 2- iyundagi ,,Musulmonlarning Saudiya Arabistoniga
Haj qilish to'g'risida"gi farmoniga binoan O'zbekiston xalqi tarixida birinchi marta bevosita
hukumat  homiyligida  har  yili  Haj  va  Umra  amallarini  ado  etish  imkoniyatlariga  ega
bo'ldilar. Mustaqillik yillarida 32 ming o'zbekistonliklar Makka va Madinada Haj safarida


 
( Word Converter - Unregistered )
http://www.word-converter.net
bo'ldilar.  Yuzlab  masjidlar  musulmonlarga  qaytarildi,  yangilari  barpo  etildi.  ,,Islom  nuri"
gazetasi chiqmoqda. Qur'oni Karim sakkiz marta 1 mln nusxada nashr etildi. Bu tadbirlar
faqat  dindorlar  uchun  qilingan  marhamatgina  emas,  ular  aslida  xalqimizning  qadimiy
rasm-rusum  va  udumlarining,  qadriyatlarining  tiklanishi,  ajdodlar  ruhining  qayta
uyg'onishidir.
Prezidentning  1992-yil  7-martdagi  farmoni  bilan  islom  dini  omihdan,  uning
ma'naviy  imkoniyatlaridan  keng  foydalanish  maqsadida  Respublika  Vazirlar  Mahkamasi
huzurida  din  ishlari  bo'yicha  qo'mita  tashkil  etildi.  Uning  tasarrufida  Xalqaro
islom-tadqiqot  instituti  va  10  ta  madrasa  faoliyat  ko'rsatmoqda.  Ularda  1000  dan  ortiq
talaba-yoshlar  ta'h'm  olmoqdalar.  1999-yilda  tashkil  etilgan  Toshkent  Islom  universitetida
750  talaba  o'qimoqda.  O'zbekiston  Respublikasining  Konstitutsiyasida  va  1998-  yil
30-aprelda yangi tahrirda qabul qilingan ,,Vijdon erkinligi va diniy tashkilotlar to'g’risida"
gi  Qonunda  davlatning  din  va  dindorlar  vakillariga  munosabati  huquqiy  jihatdan  aniq
belgilab berildi.
Hamma uchun vijdon erkinligi kafolatlanadi. Har bir inson xohlagan dinga e'tiqod
qilish  yoki  hech  qaysi  dinga  e'tiqod  qilmaslik  huquqiga  ega.  Diniy  qarashlarni  majburan
singdirishga yo'l qo'yilmaydi. O'zbekiston Respublikasining Konstitutsiyasi, 31- modda.
O'zbekistonda davlat va din o'rtasidagi munosabatlarda quyidagi tamoyillarga amal
qilinmoqda:
· dindorlarning diniy tuyg'ularini himoya qilish;
· diniy  e'tiqodlarni  fuqarolarning  yoki  ular  uyushmalarining  xususiy  ishi  deb
tan olish;
· diniy 
qarashlarga 
amal 
qiluvchi 
fuqarolarning 
ham, 
ularga
amal  qilmaydigan  fuqarolarning  ham  huquqlarini  teng  kafolatlash  hamda
ularni ta'qib qilishga yo'l qo'ymaslik;
· ma'naviy 
tiklanish, 
umuminsoniy-axloqiy 
qadriyatlarni
qaror toptirish ishida diniy uyushmalar bilan muloqot qilish;
· dindan 
buzg'unchilik 
maqsadlarida 
foydalanishga 
yo'l
qo'yib bo'lmasligini e'tirof etish;
· din 
va 
e'tiqodga 
sig'inish 
erkiga 
qonun 
bilan 
belgilangan
cheklashlar orqaligina daxl qilish mumkin;
· diniy 
da'vatlar 
bilan 
hokimiyat 
uchun 
kurashga, 
siyosat,
iqtisodiyot, qonunchilikka aralashishga yo'l qo'yilmaydi,
Muxtasar qilib aytganda, mustaqillik yillarida din, eng avvalo, islom dinining ham
milliy,  ham  umuminsoniy  qadriyat  sifatidagi  mavqeyi  tiklandi,  diniy  ulamolarning
qadr-qimmati o'zjoyiga qo'yildi.
O'zbek till mavqeyining mustahkamlamshi
Mamlakatimizda o'zbek tilining xalq va daмlat turmushidagi asosiy ahamiyati yana
qayta  tiklandi  Q'zbekiston  Respublikasi  Oliy  Majlisining  TV  sessiyasi  1995-yil
21-dekabrda yangi tahrirda ,,Davlat tili to'g'risida" gi Qonunni qabul qildi. Qonunda o'zbek
tili  o'zbek  xalqining  ma'naviy  mulki  ekanligi,  uning  ravnaqi,  qo'llanilishi  va  muhofazasi
davlat  tomonidan  ta'minlanishi  belgilab  qo'yilgan.  O'zbekistonda  Oliy  davlat  hokimiyati,
mahalliy  hokimiyat  va  boshqaruv  organlarining  faoliyati,  korxonalar,  muassasalar  va
tashkilotlarning  hisob-kitobi,  statistika  va  moliya  ishlari  o'zbek  tilida  yuritilmoqda.


 
( Word Converter - Unregistered )
http://www.word-converter.net
Respublikaning ma'muriy-hududiy birliklari, maydonlari, ko'chalari, geografik o'rinlarining
nomlariga  yagona  milliy  shakl  berildi  va  o'zbek  tilida  yozib  qo'yildi.  Natijada  o'zbek
xalqining  milliy  qadr-qimmati,  mustaqil  davlatimizning  qadr-qimmati  qayta  tiklandi  va
mustahkamlandi.  Shuningdek,  O'zbekistonda  istiqomat  qilayotgan  barcha  millatlarning
tillari, qadr-qimmati o'z o'rniga qo'yildi.
1993-yil  sentabrda  O'zbekiston  Respublikasining ,,Lotin  yozuviga  asoslangan

Download 1,01 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   80   81   82   83   84   85   86   87   ...   93




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish