Tadbirkorlik shakllari:
xususiy (shaxsiy) tadbirkorlik;
yollanma mehnatni jalb qilib amalga oshiriladigan tad birkorlik;
bir necha fuqarolar va yuridik shaxslar tomonidan amalga oshiriladigan jamoa yoki
qo'shma tadbirkorlik.
Respublikada ko'chmas mulk bozori tashkil etilib, kimoshdi savdolari va tanlovlar
( Word Converter - Unregistered )
http://www.word-converter.net
asosida kichik korxonalar fuqarolarga sotildi.
1995-yil 5-yanvarda e'lon qilingan ,,Xususiy tadbirkorlikda tashabbus ko'rsatish va
uni rag'batlantiiish to'g'risida"gi Prezident farmoni mulkni davlat tasarrufidan chiqarish va
xususiylashtirishga, mulkdorlar tabaqasini shakllantirishga yangi turtki berdi. Farmonga
binoan davlat mulkini xususiylashtirishdan tushayotgan mablagMarning 50 foizi kichik
biznesni rivojlantirishgayo'naltirildi.
1995- yil 21- dekabrda qabul qilingan O'zbekiston Respublikasining ,,Kichik va
xususiy tadbirkorlikni rivojlantirish to'g'-risida" gi Qonuni iqtisodiyotning mazkur sektoriga
davlat va mintaqaviy darajada rag'batlantirishning asosiy yo'nalishlarini belgilab berdi.
Davlat darajasida xususiy tadbirkorlik faoliyati uchun huquqiy-normativ asoslar, zarur
infratuzilma va shart-sharoitlar yaratildi. Mintaqaviy (viloyat, shahar, tuman) dara jada esa
tadbirkorlarga mahalliy soliq va yig'imlar solishda yengilliklar berildi, bu sektorni
rivojlantirish uchun hududiy dasturlar ishlab chiqildi va amalga oshirish tadbirlari
ko'rildi.1995- yil iyulda Xususiy tadbirkorlik va kichik biznesni qo'llab-quvvatlash fondi
(Biznes-fond), 1996-yil martda O'zbekiston tovar ishlab chiqaruvchilar va tadbirkorlar
palatasi, ularning hududiy bo'limlari tashkil etildi. Kichik biznesni qo'llab-quvvatlash uchun
faqat Biznes-fond tomonidan 10 mlrd so'm miqdorida moliyaviy yordam ko'rsatildi,
tadbirkortarning malakasini oshirish kurslari tashkil etildi. O'rta va kichik biznesning
rivojlanishiga dehqon va fermer xo'jaliklari assotsiatsiyasi, ,,Hunarmand" assotsiatsiyasi,
Tadbirkor ayollar assotsiatsiyasi ham ko'maklashmoqda.
Kichik biznesni rivojlantirishga chet ellik investorlarning va dunyodagi nufuzli
banklarning, jumladan, Yevropa tiklanish va taraqqiyot banki, Germaniya tiklanish banki,
Osiyo taraqqiyot banki, Xalqaro moliya korporatsiyasi va boshqa Xalqaro moliya
tashkilotlarining kredit resurslari jalb etilmoqda. Tadbirkorlar va biznesmenlarga
maslahatlar bilan ko'maklashish maqsadida nemis texnikaviy ko'maklashuv jamiyati
O'zbekistonda kichik biznesni qo'llab-quvvatlash markazini, Yev ropa hamjamiyati
komissiyasi esa amaliy aloqalar markazini ochdilar. Markaziy Osiyodagi Amerika
tadbirkorlik fondi va Markaziy Osiyodagi Buyuk Britaniya investitsiya fondi o'zbekistonlik
tadbirkorlarga zarur maslahatlar bilan ko'maklashdilar. 2003-yil 1-yanvar holatiga ko'ra,
o'tgan yillarda kichik biznesni rivojlantirish uchun jalb etilgan xorijiy kredit resurslari hajmi
450 mln AQSH dollarini tashkil etdi, ular-dan 345,8 mln (shu jumladan, 2002-yilda 87
mln) AQSH dollari o'zlashtirildi.
Kichik va o'rta biznesni qo'llab-quvvatlash borasida ko'rilgan tadbirlar natijasida
ularning soni yildan yilga ko'payib bordi.1992—1996-yillarda 85 mingga yaqin kichik
biznes korxonalari ro'yxatga olingan bo'lsa, 2001-yil boshlarida ularning soni 190 mingdan
ortdi, shu jumladan, faoliyat yuritayotganlari soni 149,3 mingtani tashkil etdi, ularning 63
foizi ishlab chiqarish bilan band bo'ldi. O'zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi
2001-yil 22-avgustda ,,Tadbirkorlik subyektlarini davlat ro'yxatidan o'tkazish va hisobga
qo'yish tizimini takomillashtirish to'g'risida" qaror
qabul qildi. Qarorga binoan kichik va xususiy tadbirkorlikni rivojlantirishni
rag'batlantirish bo'yicha respublika muvofiqlashtiruvchi kengash tashkil etildi. Tadbirkorlik
subyektlarini bir joyda davlat ro'yxatidan o'tkazish va hisobga olishning soddalashtirilgan
yangi tartibi joriy etildi. Shahar va tumanlarda tadbirkorlik subyektlarini davlat ro'yxatidan
o'tkazish bo'yicha bo'limlar tashkil etildi, ular alohida binolar, kerakli jihozlar bilan
ta'minlandi. Tijorat banklari o'z mablag'lari hisobiga faqat 2001-yilda kichik va o'rta biznes
( Word Converter - Unregistered )
http://www.word-converter.net
subyektlariga 144,3 mlrd so'm kredit berdilar. Ularga Respublika tovar-xomashyo birjasi,
Agrosanoat birjasi, ,,Oszulgurjisavdo" orqali 106 mlid. so'mlik moddiy-texnika resurslari
sotildi. Tadbirkorlarning qonuniy huquq va manfaat-larini himoya qilish maqsadida xo'jalik
subyektlarida ,,Tekshirish-larni ro'yxatga olish daftari" joriy etildi. Kichik biznes
subyektlarining tashqi iqtisodiy faoliyati erkinlashtirildi, ular o'zi ishlab chiqarayotgan
mahsulotlarni naqd xorijiy valutaga eksport qilishga ruxsat berildi. 2001— 2002- yillarda
kichik biznes subyektlari faoliyatiga noqonuniy aralashish hollarini bartaraf etish, ularning
buzilgan huquqlarini tiklash va aybdor shaxslarni sud javobgarligiga tortish choralarini
qo'llash mexanizmi yaratildi. Tadbirkorlarga yetkazilgan moddiy va ma'naviy zararlar
aybdor bo'lgan mansabdor shaxslarning cho'ntagidan undirilib berilmoqda. Respublika
Adliya vazirligi, uning joylardagi adliya idoralari tomonidan 2002- yilda kiritilgan 8
mingdan ortiq da'vo arizalariga muvofiq sudlar tomonidan tadbirkorlarga 9 milliard so'm
undirib berildi. 2300 mansabdor shaxsga nisbatan intizomiy chora ko'rildi, ulardan 290
nafari egallab turgan lavozimidan bo'shatildi. Natijada xo'jalik yurituvchi subyektlarni
noqonuniy tekshirishlar va aralashishlar soni keskin kamaydi. Agar 2001-yilda noqonuniy
tekshirishlar bo'yicha 1450 ta holat aniqlangan bo'lsa, 2002- yilda ularning soni 157 tani
tashkil etdi yoki 10 barobar kamaydi. Bu tadbirlar kichik biznes va xususiy tadbirkorlik
rivojiga yangi turtki bo'ldi. 2001-yilda 34200 ta kichik va o'rta biznes subyektlari ro'yxatga
olindi, bular hisobiga 372 mingta yangi ish o'rinlari tashkil etildi. 2001-yilda kichik va o'rta
biznes subyektlari tomonidan ishlab chiqarilgan 65,5 milliard so'mlik mahsulot sotildi.
2002- yilda 38 mingga yaqin mikrofirma, kichik va o'rta biznes korxonalari tashkil etildi.
2004- yil 1- yanvar holatiga ko'ra, respublika bo'yicha tashkil topgan va faoliyat
ko'rsatayotgan kichik biznes korxonalar soni 277 mingtadan oshdi, ulardan 168,6 mingtasi
mikrotizimlardir.
2004- yilda kichik va xususiy tadbirkorlikni rivojlantirish hisobiga 427,6 ming
yangi ish o'rni tashkil etildi. 2005-yilda kichik biznes obyektlari soni 310 mingtadan ortdi.
Kichik biznes va xususiy tadbirkorlikning mamlakat yalpi ichki mahsulotidagi salmog'i
1991-yilda 1,5 foizni, 2000- yilda 30 foizni tashkil etgan bo'lsa, 2009-yilda 50 foizga yetdi.
Mamlakat iqtisodiyotida band bo’lgan aholining 65,5 foizi yoki 6,4 mln kishi kichik biznes
va xususiy tadbirkorlik sohasida mehnat qildi. Bu soha aholi bandligini ta'minlaydigan va
uning asosiy daromad manbayi bo'lgan muhim bo'ginga aylandi.
O'zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasining 53- moddasiga ko'ra, bozor
munosabatlarini rivojlantirishga qaratilgan O'zbekiston iqtisodiyotining negizini xilma-xil
shakllardagi mulk tashkil etadi. Davlat iste'molchilarning huquqi ustunligini hisobga olib,
iqtisodiy faoliyat, tadbirkorlik va mehnat qilish erkinligini, barcha mulk shakllarining teng
huquqliligini va huquqiy jihatdan bab-baravar muhofaza etilishini kafolatlaydi.
Agrar islohotlar
Agrar islohotlarga ustuvorlikberildi. Negaki, respublika aholisining 62 foizi
qishloqda yashaydi, mamlakat yalpi ichki mahsulotning 30 foizi, valuta tushumlarining 55
foizi qishloq xo'jaligida shakllanadi. Agrar islohotlar natijasida davlat tasarmfidagi qishloq
xo'jalik mulklari xususiylashtirildi. Bugungi kunda qishloq xo'jaligida nodavlat sektorining
ulushi 99 foizni tashkil qilmoqda.
Islohot yillarida odamlarga shaxsiy tomorqa uchun qo'shimcha ravishda 550 ming
gektar sug'oriladigan yer ajratildi va shaxsiy tomorqa uchun berilgan yer maydoni 700 ming
( Word Converter - Unregistered )
http://www.word-converter.net
gektarga yetdi, 9 milliondan ortiq qisliloq aholisi ana shu yer hosilidan foy-dalanmoqda.
1992—1995- yillarda davlat tasarrufidagi qishloq xo'jalik korxonalari va
tashkilotlarini xususiylashtirish, asosan, tugallandi. 1150 ta sovxoz va 1200 ta fermalar
xususiylashtirildi.
Qishloqda xo'jalik yuritishning maqbul shakllarini yaratishga alohida e'tibor berildi.
Agrar islohotlarning dastlabki yillarida sovxoz va kolxozlar jamoa xo'jaliklariga
aylantirilgan edi. Ammo xo'jalik yuritishda o'zlarini to'la-to'kis oqlamaganliklari tufayli
ularni qayta tuzish zaruriyati vujudga keldi. 1998-yil aprelda ,,Qishloq xo'jalik kooperativi
(shirkat) to'g'risida" Qonun qabul qilindi. Qonunda shirkat xo'jaligini tuzish va uning
faoliyat yuritish tartiblari, shirkatga a'zolik, yer uchastkalari ajratish va boshqarish
masalalarining huquqiy asoslari belgilab berildi. Shirkatning iqtisodiy asosini ishlab
chiqarish vositalari va ishlab chiqarilgan mahsulotlarga jamoa kooperativ mulkchilik tashkil
etadi. Shirkatning har bir a'zosiga mulk va yer paylari shaklida hissa ajratiladi.
Jamoa xo'jaliklari 1998-yildan boshlab yer va mulk paylari asosida qishloq xo'jalik
shirkatlariga aylantirila boshlandi, 1999-yilda 898 ta, 2000- yilda 856 ta, 2001- yilda 112 ta
qishloq xo'jaligi korxonalari shirkatlarga aylantinldi. Shirkatlarning umumiy soni 2002-
yilning 1 - yanvarigacha respublika bo'yicha 1900 taga yetdi. Shu tariqa agrar munosabatlar
tizimida oila pudratiga keng o'rin berildi, har bir a'zo o'z payiga ega bo'ldi. Mahsulot
yetishtiruvchi shirkat a'zosi bilan shirkat xo'jaligi o'rtasida pudrat shartnoma munosabatlari
joriy etildi. Har bir oila pudratiga 5 gektar ekin maydonlari, bog'lar, uzumzorlar birkitilgan,
shartnomalar tuzilgan, o'zaro hisob-kitob yurituvchi chek daftarchalari bilan ta'minlandi.
2000-yilning 1-iyul holatiga ko'ra, respublikarnizdagi qishloq xo'jalik shirkatlari tarkibida
598,5 mingta oilaviy pudrat faoliyat ko'rsatdi. 2002-yil boshlariga kelib 1 mln 400 ming
kishi shirkat a'zosi sifatida mehnat qildi. Biroq shirkat xo'jaliklari o'zini oqlamadi, ular
tugatila boshlandi.
Fermer va dehqon xo'jaliklarini shakllantirishga alohida e'tibor berildi. 2002- yil
o'rtalarida respublikamizda 55,4 mln fermer xo'jaligi, 1,5 mln dan ortiq dehqon xo'jaligi
tadbirkorlik bilan shug'ullandi.
O'zbekiston Respublikasi Prezidentining 2003- yil 24-martdagi ,,Qishloq xo'jaligida
islohotlarni chuqurlashtirishning eng muhim yo'nalishlari to'g'risida"gi farmonida agrar
islohotlarning yangi yo'nalishlari belgilab berildi. 2007-yilda shirkat xo'jaliklarini tugatish
ishlari nihoyasiga yetdi, ularning negizida fermer xo'jaliklari tashkil etildi. 2007—2008-
yillarda paxtachilik, g'allachilik, sabzavotchilik, chorvachilikka ixtisoslashgan fermer
xo'jaliklarining yer maydonlari qariyb 2,5 baravarga kengaytirildi. Fermer xo'jaliklari
qishloq xo'jaligi ishlab chiqarishining asosiy shakliga aylandi.
Qishloqda shaxsiy yordamchi xo'jaliklar dehqon xo'jaliklari sifatida qayta
shakllandi. Dehqon xo'jaligi — bu oilaviy mayda tovar xo'jaligi bo'lib, tomorqa yer
uchastkasi oila boshlig'iga umrbod meros qilib beriladi, mahsulotlar oila a'zolarining shax-
siy mehnati asosida yetishtiriladi va sotiladi, 2004- yil boshlariga kelib mamlakatimizda 3,5
mln. ga yaqin dehqon xo'jaliklari yuridik va jismoniy shaxs maqomida faoliyat yuritdi,
ularda 8 mln. dan ortiq ishga yaroqli kishilar tnehnat qilmoqda. Dehqon xo'jaliklarining yer
maydoni 667 ming gektami tashkil etadi. Hozirgi kunda dehqon xo'jaliklari
mamlakatimizda yetishtirila-yotgan qishloq xo'jaligi mahsulotlarining 66 foizini, shu
jumladan, yetishtirilayotgan kartoshkaning 89 foizini, chorvachilik mahsulotlarining 89
foizini, meva va uzumning 45—50 foizini ishlab chiqarmoqda. Dehqon xo'jaliklarining
( Word Converter - Unregistered )
http://www.word-converter.net
yerdan foyda-lanish samarasi yuqori bo'lmoqda.
Qishloq xo'jaligida nodavlat sektorining ulushi qariyb 100 foizga yetdi. Dehqon va
fermer xo'jaliklari asosiy ishlab chiqarish subyektlariga aylandi. 2009- yilda qishloq
xo'jaligida ishlab chiqarilgan yalpi mahsulotning qariyb 100 foizi dehqon va fermer
xo'jaliklarida yetishtirildi. 2009- yilda paxtaning 100%i, g'allaning 100%i fermer
xo'jaliklarida yetishtirildi.
Mustaqillik yillarida amalga oshirilgan agrar islohotlar natijasida qishloq hayoti
yangilandi, dehqon va fermerning mehnatga munosabati, dunyoqarashi o'zgardi. Ular
yerning haqiqiy egasiga, o'z mehnati evaziga yetishtirgan mahsulotning egasiga
aylanmoqda.
Shu tariqa respublika xalq xo'jaligining barcha tarmoqlarida mulk shakllari o'zgardi,
nodavlat mulkchiligi rivojlandi. Xulosa qilib aytganda, mustaqillik yillarida amalga
oshirilgan iqtisodiy islohotlar tufayli mulkchilik shakllari bo'yicha iqtisodiyot tuzilmalari
tubdan o'zgardi. Mulkchilikning davlat shakli ustunlik qilgan, davlatlashtirilgan iqtisodiyot
tugatildi. Mulk dav lat tasarrufidan chiqarildi va xususiylashtirildi. Iqtisodiyotdagi
institutsional o'zgarishlar tufayli nodavlat mulk shakllari— ak-siyadorlik korxonalari,
uyushmalar, konsernlar, korporatsiya va kompaniyalar, o'rta va kichik korxonalar vujudga
keldi. Qishloq xo'jaligida nodavlat mulk shakllari — dehqon va fermer xo'jaliklari asosiy
ishlab chiqarish subyektlariga aylandi. 1991-yilda respublika iqtisodiyotida mulkning 90
foizi davlat tasarrufida bo'lgan bo'lsa, 2009-yilga kelib bu ko'rsatkich atigi 10 foizni tashkii
etdi. Mulkning 90 foizi nodavlat mulk shakllariga tegishli bo'lib, ularda ish bilan band
bo'lgan jami aholining 77 foizi mehnat qilmoqda.
O'zbekistonda ko'p ukladli iqtisodiyot shakllandi. O'rta mulkdorlar tabaqasi vujudga
keldi.
13- §. O'zbekiston iqtisodiyotining barqarorlashuvi va taraqqiyoti
Iqtisodiyotni barqarorlashtirish va o’shini ta'minlash yo'li
Davlat mustaqilligini qo'lga olgan O'zbekistonga sobiq tuzumdan barbod bo'lgan
iqtisodiy va moliyaviy tizim,izdan chiqqan iqtisodiy boshqaruv mexanizmi va iqtisodiy
munosabatlar meros bo'lib qolgan edi. Respublika korxonalari sobiq Ittifoqning boshqa
mintaqalaridagi korxonalar bilan bog'langan bo'lib, Ittifoq parchalangach, ular o'rtasidagi
aloqalar uzildi. Mustaqil Respublikalardagi islohotlar jarayonida korxonalar
xususiylashtirildi, mulk egaligi, mahsulot ishlab chiqarish yo'nalishlari o'zgardi. Natijada
korxonalarning bir-biriga xomashyo, asbob-uskunalar yetkazib berish jarayoni to'xtab
qoldi. Bu barcha respublikalar, jumladan, O'zbekiston iqtisodiyotiga ham salbiy ta'sir
ko'rsatdi, albatta.
O'zbekistonning sanoat korxonalarida xomashyo va asbob-uskunalar taqchilligi
vujudga kelib, xo'jalik yuritish murakkablashib qoldi. Masalan, O'zbekiston qishloq
xo'jaligi mashinasozligi zavodlari, to'qimachilik va kimyo sanoati korxonalari, Toshkent
aviatsiya ishlab chiqarish birlashmasi va boshqa korxonalarda mahsulot ishlab chiqarish
keskin pasaydi. Natijada respublika bo'yicha sanoat va qishloq xo'jaligi mahsulotlari ishlab
chiqarish ko'rsatkichlari pasaydi. Agar 1990-yilda yaratilgan yalpi ichki mahsulot hajmini
100 foiz deb olsak, keyingi yillarda u pasayib, 1995- yilda 81,2 foizga tushdi.
O'zbekiston oldida iqtisodiyotdagi tanglik holatlarini oldini olish, inqirozga yo'l
qo'ymaslik, makroiqtisodiyotni barqaror-lashtirish vazifasi ko'ndalang boMib turdi. Shu
boisdan iqtisodi-yotni barqarorlashtirish O'zbekiston iqtisodiy siyosatining us tuvor
( Word Converter - Unregistered )
http://www.word-converter.net
vazifalaridan biri deb belgilandi.,,Barqarorlashtirish siyosati — eng avvalo, bu
makro-iqtisodiyotda muvozanatni saqlash, ishlab chiqarishning keskin darajada pasayishiga
va ommaviy ishsizlikka yo'l qo'ymaslikdir... Barqarorlashtirish siyosatining maqsadi
boshqarib bolmaydigan, iqtisodiy pasayishga olib kelishi mumkin bo'lgan ichki va tashqi
muvozanatsizlikni chetlab o'tishdan, zarur bo'lgan taqdirda esa uni to'g'rilashdan iborat". I.
A. Karimov. O'zbekiston iqtisodiy islohotlarni chuqurlashti-rish yolida. T., O'zbekiston,
1995, 197-bet
Jahon tajribasida barqarorlashtirish siyosatini amalga oshirishda bir necha xil
yondashuvlardan foydalanilgan.
Do'stlaringiz bilan baham: |